16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:25
Qishloq xoʻjaligi 👁 773

Veterinariya xizmatlari sifatini yanada yaxshilash maqsadida koʻrgazmali seminar tashkil qilindi

Veterinariya xizmatlari sifatini yanada yaxshilash maqsadida koʻrgazmali seminar tashkil qilindi

Bugungi kunda tumanimiz boʻyicha 11 ta zooveterinariya punktlari mavjud. Ularda koʻrsatilayotgan veterinariya xizmati sifatini yanada yaxshilash maqsadida tuman Veterinariya boʻlimi tomonidan koʻrgazmali seminarlar tashkil qilinmoqda. Dastlabki seminar 4-fevral kuni Bobur nomli ovuldagi Jumur ovul mahallasida joylashgan zooveterinariya punktida tashkil qilindi.

Aytish kerakki, hududlardagi 11 ta zooveterinariya punktlariga qarashli sunʼiy urugʻlantirish shohobchalari, hududiy “Nasl xizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan tuman boʻyicha 8 ta sunʼiy urugʻlantirish nuqtalari tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda ular toʻliq faoliyat yuritib kelmoqdalar va 2018-yil davomida tuman boʻyicha 26 ming 812 bosh sigirlar sunʼiy urugʻlantirildi.

Tuman veterinariya boʻlimi tomonidan qishloq xoʻjalik va uy xayvonlarini kasaliklardan himoya qilish, aholini odam va xayvonlar uchun umumiy boʻlgan kasaliklardan muhofaza qilish, tuman hududini boshqa hududlardan xayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan muhofaza qilish, yagona davlat veterinariya nazoratini amalga oshirish, atrof muhitni himoya qilishning veterinariya-sanitariya muammmolarini xal etish, veterinariya xodimlarini tayyorlash va ularining malakalarini oshirish kabi ishlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda tuman hududidagi fermer hoʻjaliklari va aholi qaromogʻida 143 ming 427 bosh yirik shoxli mol, 39 ming 491 bosh sigirlar, 94 ming 358 bosh qoʻy va echkilar, 861 ming 153 bosh parranda, 578 bosh ot, 8 ming 900 bosh itlar roʻyxatga olingan boʻlib, ularga veterinariya xizmatlari koʻrsatilmoqda.

Veterinariya boʻlimida 29 nafar mutaxassis faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Shundan 9 nafari oliy, 20 nafari oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislardir. Sohani rivojlantirish va veterinariya xizmati koʻrsatish darajasini yaxshilash maqsadida tuman veterinariya boʻlimi mutaxassislarini ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor berilayapti. Shu maqsadda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya qoʻmitasi va tuman hokimligi tomonidan veterinariya sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarga 2 ta xizmat mototsikli, 15 ta maxsus kiyim, 14 ta termojamlama, 25 ta veterinariya sumkasi va 19 ta xizmat velosipedlari berildi.

Oʻz navbatida boʻlim xodimlari ham zimmalariga yuklatilgan vazifalarni aʼlo darajada ado qilish yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilmoqdalar.

Seminarda zooveterinariya punktlarida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish, ular orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash boʻyicha tavsiyalar berildi va tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bahodir Bekchanov, tuman Veterinariya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019