16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:29
Salomatlik 👁 1,153

Jigar tsirroziga olib keladigan kasalliklarni bilasizmi?

Jigar tsirroziga olib keladigan kasalliklarni bilasizmi?

Jigar tsirroziga olib keladigan kasalliklardan biri bu virusli gepatit V kasalligidir!

Oʻtkir virusli gepatit “V” antroponoz kasallik boʻlib, tabiiy va sunʼiy yoʻl bilan yuqadigan, davomli virusemiya va tsiklik kechadigan surunkali gepatitga, jigar tserroziga olib keladigan kasallikdir. Virusli gepatit V virusining xarakterli xususiyati shundaki, tashqi muhit omillariga oʻta chidamli, yuquvchanligi juda yuqori. Virusning kasallik keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan dozasi, yaʼni tarkibida virus boʻlgan 0.0000001ml zardob sogʻlom odam organizmiga tushsa, kasallik keltirib chiqaradi.

Infektsiya manbai kimlar?

oʻtkir virusli gepatit V bilan kasallangan bemorlar;

surunkali virusli gepatit Vga chalingan bemorlar;

organizmida 6 oy va undan ortiq virus tashuvchi odamlardir.

Kasallik bemorlarning 90-99 foizida sariqsiz, klinik belgilarsiz yashirin oʻtadi. Hozirgi kunda bitta klinik belgilari bor bemorga 100 ta klinik belgilarsiz, yaʼni sariqsiz bemor toʻgʻri keladi. Bu esa kasallikning sogʻlom odamlar oʻrtasida tarqalish xavfini oshiradi. Gepatit V bilan ogʻrigan bemorlarda holsizlik,tez charchab qolishga moyillik, bosh ogʻrishi, suyak boʻgʻimlarining ogʻrishi, ovqat hazm boʻlmasligi, ishtaha pastligi, kekirish, 1-10 foiz bemorlarda esa teri, koʻz oqining sargʻayishi, siydik qizarishi, najasning oqarishi, jigar va epigastral sohada ogʻriq kuzatiladi.

Virusli gepatit V qanday yuqadi?

ishlatilgan shprits, igna, skarifikator va boshqa tibbiy asboblardan notoʻgʻri foydalanganda;

giyohvand moddalarni umumiy shpritsdan tomir orqali qabul qilganda;

betartib jinsiy aloqalar orqali;

virusli gepatit V bilan kasallangan yoki virus tashuvchi onadan bolaga homiladorlik vaqtida va tugʻish jarayonida;

zararsizlantirilmagan soch-soqol, tirnoq olish asboblari, tatuirovka, pirsing ignalari orqali;

maishiy muloqot orqali, yaʼni shaxsiy gigiyena anjomlaridan umumiy foydalanganda, uy sharoitida har xil ochiq jarohatlar olganda zararsizlantirish qoidalariga rioya qilinmaganda sogʻlom odamga yuqishi mumkin.

Kasallikni yuqtirishning oldini olish uchun nimalarga ahamiyat berish lozim?

tibbiy muolajalar olayotganingizda zararsizlantirilgan asboblarning ishlatilishiga ahamiyat bering;

bir martalik shprits, igna va boshqa inʼektsiya asboblari va dori vositalarini oldingizda ochishlarini talab qiling. Agar shubhangiz boʻlsa, bu muolajadan voz keching;

shaxsiy tish choʻtka, ustara, tirnoq tozalash va olish asboblaridan foydalanishga odatlaning;

sartaroshxonalarda ustara, qaychi va boshqa manikyur asboblarining zararsizlantirilishiga ahamiyat bering, bir martalik yoki shaxsiy asboblaringizdan foydalaning;

giyohvandlik kabi illatlardan voz keching;

oʻz juftingizga sodiq yashang.

Virusli gepatit V kasalligidan saqlanishning eng samarali usuli –

kasallikka qarshi profilaktik emlatishdir

Mamlakatimizda 2001-yildan boshlab virusli gepatit Vga qarshi chaqaloq tugʻilgan kunidan boshlab rejali, 4 bosqichda profilaktik emlash oʻtkazilmoqda. Shu sababli soʻnggi yillarda 17 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida virusli gepatit V bilan kasallanganlar qayd qilinmadi.

Kasallikni yuqtirish ehtimoli yuqori boʻlgan xavfli guruhga kiruvchi tibbiyot xodimlari, ish faoliyatida har xil jarohatlar olish mumkin boʻlgan mutaxassislar (quruvchilar, stanoklar bilan ishlovchilar, sartaroshlar va h.) oʻz hisobidan 3 bosqichda virusli gepatitga qarshi profilaktik emlash muolajasini olishlari maqsadga muvofiq. Ayrim sabablar bilan kasallikni yuqtiradigan boʻlsangiz, kasallik yashirin oʻtishi mumkin, oqibatda oʻzingizda surunkali gepatit V, jigar tsirrozi, jigar raki kabi kasalliklarni orttirib olasiz.

UNUTMANG, taqdiringiz, salomatligingiz oʻz qoʻlingizda.

Gulshoda TAJIBAYeVA, tuman DSENM

epidemiologiya boʻlimi mudirasi

toifali epidemiolog.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019