16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:23
Qishloq xoʻjaligi 👁 1,009

YeRGA MEHR BERING, XAZINA TOPASIZ

YeRGA MEHR BERING, XAZINA TOPASIZ

Tomorqam – xazinam, deb bejiz aytilmagan. Shuning uchun ham xazinaki, tomorqa yer egasi xonadon hududida erkin mehnat qiladi, oʻzi istagan dehqonchilik turi bilan shugʻullanadi, koʻnglidagi hosilni yetishtiradi, ehtiyojidan ortganini bozorga olib chiqadi. Yer egasi – tomorqa xoʻjaligi – bozor strukturasi har kimning oilasiga daromad keltiradi, daromadi oshgan sari oila byudjeti barqarorlashib boraveradi, farovon turmush tarzi shakllanadi. Shuning uchun ham Prezidentimiz bu haqda deyarli har kuni gapirayapti, jon kuydirayapti. Xalqimiz boy boʻlsin, turmush sharoiti yaxshilansin, degan maqsadda har bir viloyatga borganlarida, eng avvalo aholining tomorqa yerlaridan qanday foydalanayotganlariga alohida eʼtibor qaratayotir.

Tumanimizda ham yer bilan tillashib, uning har bir qarichidan unumli foydalanib, tomorqa xoʻjaligini moʻl-koʻl daromad manbai – xazinaga aylantirayotgan dehqonlar talaygina. Ularning tomorqa yerlarida rejali ish yuritishlari, vaqtida ekin ekib, yetishtirgan mahsulotlarini oʻz muddatlarida yigʻishtirib olishlari, hatto takroriy ekin ekib, koʻngildagiday hosil olishlari uchun, albatta, eng avvalo yetarli shart-sharoitlar zarur.

Bu haqda gap ketganida, davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan huquqiy asoslar, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, berilayotgan yoʻl-yoʻriqlar muhim ahamiyat kasb etayotganini taʼkidlash joiz.

Tuman hokimining 2019-yil 20-fevraldagi farmoyishi bilan aholi tomorqa yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi tuzildi. Ishchi guruhi tuman boʻyicha xatlov oʻtkazib, dehqon xoʻjaliklari, aholi tomorqalari holatini oʻrgandi. Oʻrganishlar jarayonida kam taʼminlangan xonadonlar yer egalarining talab va istaklari, hududning iqlim, yer, suv sharoitlaridan kelib chiqib, aholi tomorqa yerlarida bahorgi ekin ekish ishlarini tashkil etish boʻyicha rejaviy jadval ishlab chiqildi. Unga koʻra, 2019-yil bahor mavsumida aholi tomorqa yerlarida 496 gektar ertagi sabzi, 210 gektar piyoz, 152 gektar sarimsoq piyoz, 450 gektar bodring, 30 gektar har xil koʻkatlar, 596 gektar ertagi kartoshka, 1250 gektar poliz ekinlari, 550 gektar pomidor va 565 gektar boshqa zaruriy ekinlar ekish belgilandi. Shuningdek, OFY va MFYlar kesimida aholi tomorqalarida bogʻlar tashkil etish maqsadida 14223 ta xonadonga 157184 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini joylashtirish rejalashtirildi. OFY va MFYlar kesimida tuzilgan ishchi guruhlari xonadonma-xonadon kirib, tomorqa yerlaridan foydalanishning ayni kunlardagi holati bilan yaqindan tanishdilar. 11-mart kunigacha 31277 ta xonadonda ekin ekish, koʻchat oʻtqazish ishlarining borishi kuzatilganda, ayrim hududlarda kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Yaʼni, 3740 gektar tomorqa yerlari ekishga tayyorlangan. Koʻpchilik xonadonlar ertagi poliz va sabzavot ekinlari ekish, koʻchatlar oʻtqazish ishlarini koʻngildagiday tashkil etishgan. 1591 gektar yerga ertagi sabzavotlar ekilib, 135178 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazilgan. Lekin 560 ta xonadonda tomorqa yerlarini ekishga tayyorlash boʻyicha birorta ham ish qilinmagan. Bu boradagi ishlarning borishini hududlar kesimida koʻradigan boʻlsak, birinchi sektor boʻyicha 218 ta xonadon tomorqa egalariga, ikkinchi sektor hududi boʻyicha 292 xonadon tomorqa egasiga, uchinchi sektor hududi boʻyicha 233 ta, toʻrtinchi sektor hududi boʻyicha 137 ta, tuman boʻyicha jami 879 ta xonadon tomorqa yer egalariga yerga nisbatan loqayd munosabatda boʻlganliklari uchun ogohlantirishlar berildi.

Tomorqa xoʻjaligi iqtisodiy barqarorligini taʼminlashda issiqxonalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, tumanimizda tadbirkorlarni jalb qilgan holda issiqxonalar tashkil etish boʻyicha loyihalar ishlab chiqildi. Xususan, mazkur yilda Qilichboy ovulidagi “Amirxon” fermer xoʻjaligida 2 gektar, Qipchoq ovulidagi “Amudaryo meva-sabzavotchilik ilmiy-tajriba klasteri” MChJda 10 gektar, Oʻrta qalʼa ovulidagi “Ermanov Oʻrozboy” fermer xoʻjaligida 2 gektar, Qilichboy ovulidagi “Rajapov Omonboy” fermer xoʻjaligida 2 gektar, Toshyop ovulidagi “Ozodov Musabek” fermer xoʻjaligida 1 gektar, Nazarxon ovulidagi “Xudoyberganova Amangul” fermer xoʻjaligida 1 gektar, Qilichboy ovulidagi “Erkinboy Qoʻziboyevich” fermer xoʻjaligida 1 gektar, Oʻrta qalʼa ovulidagi “Mangʻit teplitsa” fermer xoʻjaligida 1 gektar, tuman boʻyicha jami 20 gektar maydonda tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari va bank kredit mablagʻlari hisobidan issiqxonalar tashkil etilishi rejalashtirildi. Shunisi eʼtiborliki, mazkur issiqxonalarning 6 tasi limonchilikka ixtisoslashtirilgan boʻlib, umumiy yer maydoni 10 gektarni tashkil etadi.

Ayni kunlarda tumanimizdagi mohir tomorqa yer egalari bahorgi ekish-tikish ishlarini allaqachon nihoyasiga yetkazdilar.

Biz ijodiy guruhimiz bilan Xolimbeg ovulida boʻlganimizda Erkinboy ogʻa Qoʻshayevning tomorqasida barcha yumushlar risoladagiday amalga oshirilganini koʻrib, koʻzimiz quvondi.

Erkinboy Qoʻshayevning tomorqa yer maydoni 42 sotix ekan. Ekin ekib, undan moʻl hosil yetishtirishning hadisini olgan Erkinboy ogʻa hisob-kitobga ham juda puxta ekanlar. Biz, toʻgʻrisi, mohir tomorqachining uch yil davomida oʻz yeridan undirgan hosili-yu olgan daromadi hisob-kitobi bilan tanishib, havasimiz keldi. Siz ham bir eʼtibor bering-a!

Erkinboy Qoʻshayev 2016-yilda 20 sotix yerdan 3 tonna kartoshka va piyoz olgan. Sof foyda 5 mln. soʻm! Pomidor va bodringdan esa 5,4 mln. soʻm sof foyda koʻrgan! 2017-yilda qoʻshimcha yer olib, 35 sotix maydonda faqat kartoshka va piyozning oʻzidan 8,5 mln. soʻm daromad olgan, sof foyda 7 mln. soʻmni tashkil etgan. Atigi 0,5 sotix pomidordan salkam 4 mln. soʻm, 0,3 sotix yerdagi bodring hosilidan 4,7 mln. soʻm sof foyda olganlar.

Xalqimiz “bogʻni boqsang, bor boʻladi, botmon dahsar yogʻ boʻladi”, degan hikmatli iborani bilib aytgan. Erkinboy Qoʻshayevning 2018-yilda tomorqa yeridan olgan daromadi yanada oshdi. Faqat kartoshka va piyozning oʻzidan 11 mln, pomidordan 5,2 mln, bodring yetishtirishdan 6 mln. soʻm sof daromad olgan boʻlsa, bogʻdorchilikdan kelgan foyda yanada yuqori boʻldi. Oʻrik, gilos, uzum, nok va olma yetishtirishdan Erkinboy ogʻaning xonadoniga jami 12,75 mln. soʻm sof daromad kirib turganini koʻrsangiz, tomorqa – bu xonadon uchun haqiqiy xazinaga aylanib ketganiga ishonishingiz tabiiy.

Bu yogʻini soʻrasangiz, Erkinboy Qoʻshayevning qoʻrasida 5 bosh qoramol, shundan 2 bosh qoramol sogʻin sigir, 35 bosh quyon, 50 ta xonaki parranda, 15 bosh zotdor kurka parvarishlanayotganini hisobga olsak, Xolimbegday tumanimizning chekka qishlogʻida yashab ham yer bilan tillashib, boy-badavlat boʻlish, avvalo insonning oʻziga, tadbirkorligiga, fidoyiligiga bogʻliq ekanligini anglab yetasiz.

Demak, azizlar, eshigingiz oldidagi kaftdek yer – shunchaki yer emas, agar mehr bersangiz, ixlos bilan yer tabiatiga monand ish yuritsangiz – u Sizning haqiqiy xazinangizga aylanadi. Buni unutmang va yerga mehr bering, mehr koʻrasiz, xazina topasiz, boy boʻlasiz!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019