16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 17:47
Qishloq xoʻjaligi 👁 1,278

AMUDAPYoLIK GʻALLAKOPLAP 7300 TONNAGA YaQIN HOSIL TOPShIPIB, ShAPTNOMAVIY PEJANI OPTIGʻI BILAN BAJAPDILAP(Video)

AMUDAPYoLIK GʻALLAKOPLAP 7300 TONNAGA YaQIN HOSIL TOPShIPIB, ShAPTNOMAVIY PEJANI OPTIGʻI BILAN BAJAPDILAP(Video)

Oʻzbekiston Pespublikasi mustaqillikka erishguniga qadar mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi paxta yetishtirishga yoʻnaltirilgan edi. Shu davrda ekin maydonlarimizning qariyb 90 foizigacha paxta ekilgani hech kimga sir emas. Shu bois, deyarli hech qanday almashlab ekish boʻlgan emas. Yerning faqat bitta maqsadda beshafqat ishlatilishi tuproqning kuchsizlanib qolishiga olib keldi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda paxta ekiladigan maydonlar ikki baravar qisqartirildi. Natijada mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirishga zamin yaratildi.

Ilgari xalqimiz ehtiyoji uchun zarur boʻlgan don sobiq ittifoqning boshqa Pespublikalaridan olib kelingan boʻlsa, mustaqillik yillarida Oʻzbekiston xalqining donga boʻlgan ehtiyojini qondirish boʻyicha tub islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, aholi uchun qoʻshimcha tomorqa yerlari ajratib berildi va xoʻjaliklarda gʻalla yetishtirishga eʼtibor kuchaytirildi.

Mustaqillik yillarida qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida Oʻzbekiston nafaqat oʻzini oʻzi gʻalla bilan taʼminlovchi, balki, uni eksport qiladigan davlatlar qatoriga kirdi.

Mamlakatimizda erishilgan bunday yutuqlarda tumanimiz mehnatkashlarining ham munosib hissalari bor. Mana bir necha yildirki, tumanimizda faoliyat koʻrsatayotgan 300 dan ziyod fermer xoʻjaliklari gʻalla yetishtirish boʻyicha shartnomaviy rejalarini ortigʻi bilan bajarib kelishmoqda. Joriy yilda ham bu anʼana davom ettirildi.

Bu yilgi mehnat zafariga tuproq va iqlim sharoitimizga mos gʻalla navlarining yaratilgani, ularning hosildorligini oshirish borasida olib borilgan ilmiy izlanishlar muhim asos boʻldi. Yaratilayotgan istiqbolli navlar, fermerlarning fidokorona mehnati, gʻalla yetishtirishdan manfaatdorlikning ortishi, moddiy texnik bazaning mustahkamlanishi hamda bu ishlarning davlatimiz tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgani sohani jadal rivojlantirish imkonini bermoqda.

2019-yil hosili uchun oʻtgan yilning kuz oylarida tumanimizda 328 ta fermer xoʻjaliklarida 3 ming 350 gektar yerga kuzgi bugʻdoy ekilgan edi. Ilgʻor va tajribali gʻallakorlarimiz bugʻdoyni ekishdan boshlab, uni agrotexnika qoidalari asosida parvarishlash ishlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirdilar.

Vegetatsiya davrida bugʻdoy maysalari bir necha marta qondirib sugʻorildi. Kuzgi bugʻdoy ekinlarini sugʻorish ishlarini toʻgʻri tashkil qilish maqsadida sugʻorish otryadlari tashkil etilib, bu ishga fermer xoʻjaliklari suvchilari jalb etildi.

Gʻallani oziqlantirish davrida har gektar yerga 5 tonnadan mahalliy oʻgʻit berildi. Shu bilan birgalikda begona oʻtlarga qarshi gerbitsidlar ishlatildi va zararkunandalar tarqalishining oldini olish choralari koʻrildi.

Hamjihatlikda bajarilgan bu kabi agrotexnik tadbirlar oʻz samarasini berdi. Dalalarimizda koʻzlangan darajadagi bugʻdoy hosili yetishtirildi.

Bugʻdoy oʻrim-yigʻimi boshlanishidan oldin tuman boʻyicha 13 ta otryad tashkil etilib, ularga bittadan kombaynlar biriktirildi. Shuningdek, oʻrim-yigʻim mavsumida jami 150 tadan ortiq, shu jumladan, 58 ta tashish texnikalaridan samarali foydalanildi.
Joriy yilning 18-iyun kuni tumanimiz gʻallakorlari davlat xirmoniga 7 ming 295 tonna bugʻdoy hosilini topshirib, oʻzlarining shartnomaviy rejalarini muvaffaqiyatli ado etdilar.
Bu yil gʻalla yetishtirishda Qilichboy, Toʻlqin va Boʻzyop ovullaridagi fermer xoʻjaliklari peshqadamlik qildilar.
Oʻndan ortiq fermer xoʻjaliklari har bir gektar yerdan 60-70 tsentnerdan gʻalla hosili olishga erishdilar.
Ayni kunda tumanimizda hosildan boʻshagan dalalarni peshma-pesh shudgorlash, takroriy ekin ekish ishlari amalga oshirilayapti. Shu kungacha ming gektardan ortiq yer shudgor qilindi va 800 gektar yerga takroriy ekinlar ekildi.
Fursatdan foydalanib, mirishkor dehqonlarimizni mehnatdagi yutuqlari bilan tabriklab, kelgusidagi ishlariga omad tilaymaniz.
Xirmoningizga baraka, aziz gʻallakorlar!

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026