16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:09
Adabiyot 👁 865

EZGULIKNI MADH ETUVChI ASAR

EZGULIKNI MADH ETUVChI ASAR

“Mahoratli jurnalist Robiya Yoʻldoshevaning yangi kitobi chiqibdi. Taniqli pedagog J.Chorshamov haqida ekan”, degan xabarni eshitganimdan keyin kitobni varaqlab koʻrganimga qadar “Robiyani bu inson haqida kitob yozishga nima undagan ekan”, degan savolga javob topishga urindim. Javob esa kitobning dastlabki sahifalaridanoq topila qoldi: “Biz fidoyilik haqida juda koʻp gapiramiz. Baʼzan zimmasidagi vazifasini qoyilmaqom qilib uddalagan insonlarni hamisha “fidoyi” deb ardoqlaymiz. Albatta, har qanday fidoyilikning bahosi hurmat va eʼzozda, xalq eʼtirofida. Lekin shunday fidoyilar boʻladiki, umrining biror lahzasini oʻzi yoki oilasi uchun sarflash haqida hatto oʻylab ham koʻrmaydilar.

Bundaylar butun ongli hayotini xalq manfaati yoʻlidagi xayrli ishlar uchun sarflaydi. Agar taʼbir joiz boʻlsa, Jumamurod Chorshamov hali oʻsmir yoshidayoq oʻz “men”ini unutgan, butun umrini xalq xizmatiga bagʻishlagan edilar”.

Bu satrlarni javob deb bilganim va undan qoniqqanimning sababi shundaki, Robiya Yoʻldoshevaning oʻzi  ham shunday insonlar  sirasiga kirishini yaxshi bilaman. Masalan, Robiyadan necha kitob nashr qildirdingiz, deb soʻralsa, maʼlum bir sonni aytishi mumkin, lekin koʻplab ijodkorlarning kitoblari uning koʻz nuri, qalb qoʻridan bahra olib dunyo yuzini koʻrganini hisobga olsak, bu sonlar salmogʻini hisob-kitob qilish qiyin boʻlar edi. Oʻz vazifasi va oila tashvishlaridan ortib, ijodkorlarga bunday beminnat yordam koʻrsata bilishning oʻzi ham ana shunday fidoyilikka mansub ekanligi aniq va ravshandir.

“Ezgulik yoʻlidagi matonat” kitobining yozilishiga ham asar qahramoni bilan muallifning qalban yaqinligi turtki boʻlgan deb bilaman. Oʻz hayoti va ish faoliyati davomida fidoyilikning yuksak namunasini koʻrsatib ketgan Jumamurod Chorshamovday shaxslar oʻzlari bilan bir davrda xizmat qilgan insonlar qalbida hamisha yashaydi. Chunki muallif taʼkidlaganiday, “javohirot sandiqlari ochilib, minglab insonlar qalblarini ilm nurlari ila yoritganda, minglab insonlar hayotiga ziynat bagʻishlaganda xalqning minnatdor nigohlarida bu insonlar suvrati mangu muhrlanib qoldi, siyratlari esa xalqning mehr rishtalari ila tutashdi”.

Muallif asar qahramonining kasb tanlashida ota-onasining maslahatlari alohida ahamiyat kasb etganini ham koʻrsatib oʻtadi:

“Oʻqituvchi – kelajakka daxldor kasb egasi. Mamlakatning qanday rivojlanishi koʻp jihatdan taʼlim-tarbiyaga, oʻqituvchi shaxsiga bogʻliq, deyishdi ular”. Ota-onasining qanchalik dono fikr bildirganlarini hozirda iqtisodi eng rivojlangan davlatlar qatorida boʻlgan Singapurning sobiq bosh vaziri Li Kuan Yunning ushbu soʻzlari isbotlaydi: “Men Singapurda moʻʼjiza yaratmadim. Men faqat Vatanim oldidagi burchimni bajardim, xolos. Davlat byudjetini taʼlimga yoʻnaltirdim. Muallimni eng quyi tabaqadan Singapurdagi eng yuqori martabaga koʻtardim. Davlatdagi “moʻʼjiza”larni qilgan insonlar – muallimlardir. Ular ilm, axloq, mehnat va haqiqatni sevadigan, kamtar avlodni yetishtirib chiqardilar. Buning uchun ulardan minnatdormiz”.

Kitobni oʻqir ekanman, J.Chorshamovning ana shunday moʻʼjizakor muallimlarimizning dastlabki avlodiga mansub ekanligiga amin boʻldim.

Kitobning muvaffaqiyatli chiqishiga muallifning asar qahramoni umri boʻyi yozib borgan “Hayotnoma”si va doʻsti Kamol Niyozovning “Kundaliklar”ini sinchiklab oʻrganib chiqishi ham salmoqli hissa boʻlib qoʻshilgan. Chunki kundalik yurituvchi inson uni boshqalar oʻqishi uchun moʻljallamagani tufayli, fikr-mulohazalarini yozib qoldiradi va nasib etib oʻqigan kishida kundalik yurituvchining qanday inson ekanligi haqida taassurot uygʻotadi.

Men oʻzim J.Chorshamov bilan shaxsan tanish boʻlmaganman, lekin 1979-80-yillarda jamoa xoʻjaligining yoshlar tashkilotida kotib boʻlib ishlaganim sababli firqa tashkilotiga aʼzolikka nomzodlarni u kishi rais boʻlgan firqa komissiyasiga olib borishimga toʻgʻri kelardi. Ana shunda Jumamurod Chorshamovning qattiqqoʻl, oʻta ishchan, intizomli, lekin adolatparvar inson ekanligiga koʻp bora guvoh boʻlganman. Kitobni oʻqib, bu insonning maktabdagi rahbarlik tashvishidan ortib, jamoatchilik asosida komissiya raisligidan tashqari, xalq sudi raisi, byuro aʼzosi sifatida ham faoliyat yuritganini bilganimdan keyin uning oʻz ishiga fidoyi, balki vaqtdan naqadar unumli foydalana olishi va qanchalik kuchli iroda egasi boʻlganiga guvoh boʻldim.

Maʼlum bir joyda muallif shunday bir savol qoʻyadi va unga javob topishga urinadi: “hozirgi paytda maktablarimizda shunday fidoyi oʻqituvchilar bormikan?”

Bu savolga shunday javob  bergim keladi: “bilmadim, bilmadim, borlari ham... borlari ham Jumamurod Chorshamovchalik emasdir-ov...”

Albatta, sholi kurmaksiz boʻlmaganiday, tashvish koʻpligini bahona qilib nomiga dars oʻtadigan muallimlar ham topiladi. Lekin tumanimiz maktablarida darsdan tashqari darslar, mashgʻulotlar oʻtkazib, shogirdlarini kamolot sari yoʻllayotgan oʻqituvchilar ham borligiga aminman.

“Ezgulik yoʻlidagi matonat” kitobini oʻqigan pedagoglar orasida ularning safini toʻldiruvchi ustozlar boʻlishiga imonim komil.

Bu esa buyuk faylasuf Aristotelning ushbu soʻzlariga toʻla mos keladi:

“Bolalarni toʻgʻri tarbiyalaganlar ularni dunyoga keltirganlardan koʻra koʻproq faxrlansalar arziydi”.

Kitobni oʻqish jarayonida shu narsaga amin boʻldimki, muallif oʻz kitobida, hurmatli hokimimiz S.Yoʻldashev kitobga yozgan kirish soʻzida taʼkidlaganiday: “oʻzining  sinmas qatʼiyati, iroda kuchi bilan oʻz burchini yurakdan his etib, ezgu maqsadlari roʻyobi uchun intilib yashagan Jumamurod Chorshamov hayoti davomida bunga erishgani va zimmasidagi burchini sharaf bilan ado eta olgan”ini faktlar hamda ravon til bilan ifodalab bera olgan.
Kitobning yosh pedagoglar uchun chinakam ibrat maktabi boʻla olishi ham ayni haqiqat.

Yana bir durdona asar paydo boʻlganligi bilan barcha kitobxonlarni muborakbod qilaman!

Ahmad NAFASOV,
“Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019