16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:07
Siyosat 👁 748

Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashevning mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi

Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashevning mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi

Bugun biz xalqimiz hayotidagi unutilmas tarixiy voqea – Vatanimiz mustaqillikka erishgan kunning yigirma sakkiz yilligini katta shodu-xurramlik bilan nishonlamoqdamiz.

Avvalo, tumanimiz ahlini, qolaversa butun xalqimizni eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz – Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Bundan 28-yil muqaddam biz uchun yangi davr, erkin va ozod hayotni boshlab bergan shu qutlugʻ kundan buyon xalqimiz qanday mashaqqatli va ayni vaqtda sharafli yoʻlni bosib oʻtganini yana bir bor yuragimizdan chuqur his etamiz.

Istiqlolni ato etgani, xalqimizni turli balo-qazolardan omon saqlab, bugungidek yorugʻ kunlarga yetkazgani uchun har birimiz Yaratganga shukronalar aytishimiz ham qarz, ham farz, deb oʻylayman.

Eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz yaqinlashishi bilan oʻtgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlarimizni sarhisob qilib, oʻzimizga yangi-yangi marralarni belgilab olishga odatlanganmiz.

Bugungi kunda yurtimizda faol investitsiya siyosati yuritilmoqda, zamonaviy korxonalar barpo etilmoqda, soliq tizimi tubdan isloh qilinib, tadbirkorlik va xususiy mulkni rivojlantirish, barcha soha va tarmoqlarda innovatsiya, ilm-fan yutuqlari, yangicha va ijodiy yondoshuvlarni joriy etishga alohida eʼtibor berilmoqda. Qishloq xoʻjaligida zamonaviy, istiqbolli tarmoqlarga asos solish, klaster tizimini yoʻlga qoʻyish, fermer xoʻjaliklarining natijadorligini kuchaytirish boʻyicha quvonarli ishlar olib borilmoqda.

Tumanimizda joriy yilda 5 ta yoʻnalish boʻyicha jami qiymati 286 mlrd. soʻmlik 203 ta loyihani ishga tushirish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Investitsion muhitni yaxshilash va kichik biznes hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga qaratilayotgan eʼtibor natijasida joriy yilning oʻtgan 8 oyi davomida tuman iqtisodiyotiga salkam 1,5 mln. AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. Yil yakunigacha qoʻshimcha yana 4 ta loyihaga salkam 7 mln. AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi kutilmoqda.

Ayniqsa, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari mamlakatimizning eng chekka hududlariga ham yangilanish nafasini, bunyodkorlik ruhini olib kirmoqda. Odamlarning fikri, dunyoqarashi oʻzgarib, qishloqlarimizda turmush madaniyati oshib bormoqda. Birgina bizning tumanimizda dastur doirasida joriy yilda Qilichboy, Choykoʻl ovullarida va Beshtom  mahallasida jami 29 mlrd. soʻmdan ortiq ishlarni bajarish rejalashtirilgan boʻlib, ayni kunlarda qurilish va bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari qizgʻin davom ettirilmoqda.

Aholining turmush farovonligini yanada yaxshilash maqsadida yangi ish oʻrinlarini tashkil qilish, namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish, muhandislikkommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma bilan taʼminlash, ijtimoiy soha obʼektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish borasida ham keng koʻlamli ishlar qilinmoqda.

Shuningdek, kam taʼminlangan, nogironligi boʻlgan insonlarga alohida gʻamxoʻrlik koʻrsatish, fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish, jamiyatning himoyaga muhtoj qatlamlarini, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bu kabi izchil islohotlar, yuksalishlarning tom maʼnoda yangi bosqichga koʻtarilishi  xalqimizning bugunidan rozi boʻlib yashab, oʻz yurtining kelajagiga, oʻzining ertangi kuniga ishonchini, Vatan taqdiriga daxldorlik tuygʻularini mustahkamlamoqda.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 20-21-avgust kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga qilgan tashrifi davomida tumanimizni boshqa hududlar bilan bogʻlovchi ponton koʻprigi oʻrniga uzunligi 600 metr boʻlgan zamonaviy avtomobil va temir yoʻl koʻprigini qurish ishlarini kelgusi yildanoq boshlash boʻyicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar bergani, tumanimizning oʻziga xos xususiyatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib, uni bogʻdorchilik, toʻqimachilik va pillachilikka ixtisoslashtirish boʻyicha tavsiyalar bergani tumanimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ulkan yangilik boʻldi. Fursatdan foydalanib, muhtaram Yurtboshimizga bu eʼtibori va gʻamxoʻrligi uchun tumanimiz ahli nomidan chuqur minnatdorchilik izhor etaman!

Bugun yurtimizning har bir goʻshasida katta shodiyona – mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi keng nishonlanmoqda. Joylarda “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” shiori ostida bayram tadbirlari koʻtarinki ruhda davom etmoqda. Shu fursatdan foydalanib, butun tumanimiz ahlini yana bir bora eng ulugʻ, eng aziz ayyom – mustaqilligimizning 28 yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, turmushimiz farovon, mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

Sultonboy YOʻLDAShEV, Amudaryo tumani hokimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019