16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 19:50
Fan va taʼlim 👁 3,785

ChET TILLARNI OʻQITISh JARAYoNIDA TAʼLIM TEXNOLOGIYaLARIDAN FOYDALANISh

ChET TILLARNI OʻQITISh JARAYoNIDA TAʼLIM TEXNOLOGIYaLARIDAN FOYDALANISh

Prezidentimiz I.A.Karimovning 2012-yil 12-dekabrdagi «Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori asosida 2013-2014 oʻquv yilidan boshlab barcha umumtaʼlim maktablarning 1-sinfida  chet  tillarni oʻqitish yoʻlga qoʻyildi.

Zamonaviy texnologiyalarni  chet tillarni oʻqitish jarayonida tatbiq etishdan maqsad – oʻquvchilarni chet tillarni chuqur oʻrganishga, erkin, mustaqil,   mantiqiy fikrlay olishga, oʻz fikrlarini asoslay olishga oʻrgatishdan iborat.

Chet tillarni oʻrgatish jarayonida samarali taʼlim metodlaridan foydalanish sifatli taʼlim berishning muhim omilidir. Oʻqitish jarayonining samarali va natijali boʻlishini taʼminlash oʻqituvchidan yuksak metodik mahorat va mehnat talab qiladi. Chunki darsning qiziqarli va samarali boʻlishi oʻqituvchining darsga qanday tayyorgarligiga bogʻliq. Oʻqituvchi oʻquvchilarning yoshiga va qiziqishiga mos usul tanlashi kerak.

Bundan tashqari oʻquvchi dars jarayonining asosiy ishtirokchisiga aylanishi zarur.

Chet tillarni oʻqitish jarayonida turli xil noanʼanaviy usullardan foydalaniladi. Bu usullarning barchasi nutq faoliyati turlari, yaʼni tinglab-tushunish, gapirish, oʻqish va yozish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Mazkur usullarning yana bir maqsadi taʼlim jarayoniga barcha oʻquvchilarni jalb qilishdir.

Taʼlim jarayonining samarali va natijali boʻlishi oʻqituvchining oʻquvchilarni darsga qiziqtira olishiga bogʻliq. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, biz birinchi navbatda oʻquvchilarning qiziqishlarini aniqlab olishimiz zarur.

Ayniqsa,  endigina maktab ostonasiga qadam qoʻygan  1-sinf oʻquvchilarida hali oʻqish, yozish koʻnikmalari rivojlanmagan. Shuning uchun ham ularda tinglab-tushunish, gapirish koʻnikmalarini rivojlantirish muhimdir.

Shu sababli birinchi navbatda oʻquvchilarning  chet tillarni tez oʻzlashtirishi uchun ularning tilga boʻlgan qiziqishini orttirish zarur.

Chet tillarni oʻrgatishda musiqadan foydalanish oʻquvchilarning til oʻrganishga qiziqishini yanada oshiradi. Chunki musiqani sevmaydigan inson boʻlmasa kerak. Shoʻx, goʻzal musiqalar oʻquvchilarning diqqatini jalb qiladi.

Tilni musiqa orqali oʻrgatish jarayonida musiqa matnidagi soʻzlar, jestlar (harakatlar) orqali oʻquvchilarga tushuntiriladi. Oʻquvchilar soʻzlar maʼnosini harakatlar orqali tez tushunib olish imkoniga ega boʻladilar.

Shu va shu kabi usullardan foydalanib, dars jarayonini tashkil qilsak, biz til oʻrgatishda oldimizga qoʻygan maqsadimizga erishishga muyassar boʻlamiz

 

Malika ShOMURODOVA, 

13-sonli maktabning frantsuz tili fani oʻqituvchisi.

(Foto - http://daxshat.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026