16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:30
Adabiyot 👁 3,932

Bahodir Xudoyberganov: «Men Sizlarni yaxshi koʻraman»

Bahodir Xudoyberganov: «Men Sizlarni yaxshi koʻraman»

Hayot – murakkab, shu bilan birga sir-sinoatlarga toʻla. Bu hayot boʻstonida turfa xulq-atvorli insonlar turfa xilda yashaydilar. Kim uchundir hayot – mol-u mulk, shohona turmush kechirish uchun berilgan imkoniyat. Yana kim uchundir el-yurt, ona Vatan kelajagi, baxt-saodati uchun halol va fidoyi mehnat, xayrli tashvishlar bilan yashash maydoni. Oqil insonlar hamisha ikkinchi yoʻlni – halollik va fidoyilikni, mehnatsevarlikni tanlaydilar. Ana shu yoʻlda oʻz baxt-saodat koshonasini tiklaydilar. Bu –xalqqa yaqinlik, yaxshilar hurmat va ehtiromiga sazovor boʻlish degani.

Taʼbir joiz boʻlsa, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli yozuvchi va shoir, hamyurtimiz Bahodir Xudoyberganov betakror isteʼdodi, halolligi va fidoyiligi, ayni damda mehnatkashligi bilan oʻz xulqini ziynatlagan inson. Nafaqat oʻzi tugʻilib oʻsgan yurt, balki butun mamlakatimiz, hatto qoʻshni davlatlar miqyosida oʻz asarlari bilan ming-minglab muxlislari qalbidan joy olib, minglab insonlar hurmat-eʼtiborini qozongan adib. Taniqli yozuvchi bugun tahririyatimizning aziz mehmoni.

- Bahodir ogʻa, avvalo, tahririyatimizga xush kelibsiz.

- Rahmat, xush koʻrdik.

- Oʻz elingiz, eldoshlaringiz bilan "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi orqali uchrashish, dildan suhbatlashish Sizda qanday taassurot uygʻotganini bilishni istardim.

- (Mamnuniyat bilan) Juda zoʻr! Men azim Qilichboy zaminida tugʻilib, oʻsganman. Bu qadim goʻsha – mening ota makonim. Kindik qonim tomgan aziz tuproq. Har gal Toshkentdan yurtimga oshiqib kelishimning sabablari juda koʻp boʻladi. Avvalo, Qoratov bilan Jumurtovga koʻzim tushishi bilanoq oʻsmirlik va yoshlik damlarimga guvoh boʻlgan  ona qishlogʻimning har bitta giyohini sogʻinib ketaman. Amudaryoning koʻprigidan oʻtayotib ayricha hayajon chulgʻaydi dilimni. Chunki shu koʻprikdan oʻtsam bas, har  bir odamning qiyofasida otamni, onamni koʻrganday, tugʻishganlarimning nazarlarini his qilib turaman. Nima qilay, men Amudaryo zaminini, unga qoʻshib har bir amudaryolikni yurak-yuragimdan yaxshi koʻraman. Koʻpchilik doʻstlarim havas bilan: "Bahodir, senga mazza, poytaxtda yashaysan, hurmat-eʼtiboring joyida. Biz yuribmiz, qishloqning urpongli yoʻllarida”, - deyishadi.

Qarang-a, "qishloqning urpongli yoʻllari...” Axir bu yoʻllar Vatanning aziz soʻqmoqlari-ku! Mening tomirlarimga tutashgan-ku bu yoʻllar!

- Bilsangiz, ana shu urpongli dala yoʻllari meni ulgʻaytirdi. Xalqimni sevishni, uning uchun fidoyilik bilan mehnat qilishni oʻrgatdi, shu yoʻllar mening yuragimga maʼnaviyatning yorqin nurlarini olib kirdi, joʻralar! – deyman.

Bu – Vatan tuygʻusi. Bu tuygʻu aziz, qadrli. "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi orqali men oʻzim sevgan, oʻzim talpingan xalqim bilan suhbatga chogʻlanishim esa – Baxt!

- Bahodir ogʻa, koʻpchilik yozuvchi yoki shoir deganda adabiyot sohasida oʻqib, ijod olamiga kirganlarni koʻz oldiga keltirishadi. Siz esa...

- Tushundim, "Siz adabiyot yoʻnalishi boʻyicha tahsil olmagansiz?” – demoqchisiz. Toʻgʻri, men 1980-1986-yillarda Toshkent politexnika institutida oʻqib, muhandislik diplomini olganman. Lekin ijodkor uchun uning qaysi sohada tahsil olishi emas, balki umummanfaatlari yoʻlida qiladigan maʼnaviy-maʼrifiy ishlari muhimroq, deb oʻylayman. Qolaversa, qonida yozuvchilik, shoirlik iqtidori gupirib turgan odam uchun hech qachon ijod maydoni begona emas.

- Adabiy davralarda Sizga oʻta sermahsul yozuvchi sifatida baho berishmoqda. Tinimsiz  ijod bilan shugʻullanish Sizni charchatib qoʻyayotgani yoʻqmi?

- Mening ijodimga ozgina eʼtibordan ham oʻzimni oʻta baxtiyor his qilaman. Agar meni sermahsul ijodkor, deyishsalar, bundan quvonaman. Albatta, yozganlarim kitobxonlarga manzur boʻlsa. Boshqalar qanday, bilmadim-u men uchun ijod qilishdan toʻxtash – faqirlik. Faqir odamning imkoniyatlari chegaralangan boʻladi. Agar u ijodkor boʻlsa, yanayam yomon. Qaynab turgan buloqning toʻxtab qolishi - eng avvalo buloq atrofidagi nabotot olamiga, qolaversa, shu buloqdan suv ichguvchi odamlarga ziyon. Suvsizlikdan qovjiragan giyoh bilan choʻllagan odamning holatini bir tasavvur qiling-a! Suvsizlik tabiat uchun ham, inson uchun ham fojia. Aytmoqchimanki, ijodkor – kishi ruhiyatini ezgulik nurlari bilan toʻldirsa, adabiyot tom maʼnoda xalqni tarbiyalovchi, dunyoni goʻzallikka boshlovchi qudratga ega. Inson maʼnaviyatining tolmas qanoti ham shu – Adabiyot. Shuni bilib turib, yurak-yuragidan his etib turib ham yozuvchi ijod qilmasligi, unga jon  qulogʻini tutib, kitoblarini uy toʻridagi javonda ardoqlab turgan eliga ezgu soʻzi bilan xizmat qilmasligi mumkin emas. Xulosa shuki, men ijod maydonida faqir boʻlib qolmaslik uchun oʻz ustimda tinmay izlanaman, mehnat qilaman, xolos.

- Hozirgi paytda 10-15 yashar shoir-u shoiralar, yozuvchi-yu adiblar koʻpayib ketgan. Bu adabiyotga eʼtiborsizlikni yoki yoshlar  ijodiga eʼtibormi bildiradimi?

- Menimcha, har ikkalasi ham. Xalqimizda: "guruch kurmaksiz boʻlmas”, degan  ajoyib hikmat bor. Yaxshi pazanda guruchni kurmaklardan tozalamay turib oshga unnamaydi, toʻgʻrimi?  Agar eʼtibor bergan boʻlsangiz, yaxshi kitoblar hech qachon kitob rastalarida chang bosib turib qolmaydi. Oʻsha siz aytayotgan ijodkorlarning kitoblariga kelsak, ularning koʻpchiligi har xil koʻrik-tanlovlar uchun "maxsus tayyorlangan kitoblar”. Sezishimcha, bunday kitoblarni tayyorlashda hammollik qilayotganlar ham yoʻq emas. Lekin adabiyot halollik va fidoyilik maydoni. Bu maydonda ot surmoq uchun mohir, kuchli  chavandoz boʻlmoq joiz. Qolaversa, kuch va mahoratdan, halollik  va fidoyilikdan tashqari, ijodkorda bilim va qatʼiyat boʻlmasa, sinchkov Adabiyot uni aslo tan olmaydi. Demak, yoshmi, qarimi – oʻzini ijodkor deb bilganlar yozaverishsin. Adabiyot esa oʻzi tanlab, chertib-chertib olaveradi. Axir Adabiyot maydonida adabiy tahlil, adabiy tanqid degan oʻta murosasiz chigʻiriqlar, imtihonlar bor-ku!

- Sizning "Oy nurlari soʻnmaydi” romaningiz kitobxonlar tomonidan ham, adabiyot ahli tomonidan ham yaxshi kutib olinganini bilamiz. Yaqinda shu romaningizning  ikkinchi nashri sotuvga chiqarildi, oradan hech qancha vaqt oʻtmay, ketma-ket "Qoʻynimdagi qotil” va "Ayol armoni” romanlaringiz nashr etildi, bu adabiyot olamidagi biznesmi yoki shaxsiy reklamami?

- Hech qaysisi emas! Agar men ijodda biznes yoki shaxsiy reklama haqida oʻylaganimda edi, allaqachon milliarder boyvachcha boʻlib ketardim, bu qoʻlimdan kelardi. Ijodkor uchun xalqning, zukko kitobxonlarning eʼtirofi, hurmat-ehtiromi har qanday boylikdan ham muhimroq. "Oy nurlari soʻnmaydi” romanim kitobxonlar talabidan kelib chiqib qayta nashr etildi. Undan tashqari, "Oqibat”, "Sogʻinch”, "Asrangan oltin”, "Taqdir oʻyinlari”, "Lafz”, "Oʻqilmagan maktub” kabi 10 ta kitobim nashr etilgan boʻlsa, ularning barchasi sotilib ketdi. Xalqqa manzur boʻlgandirki, kitob doʻkonlari peshtaxtalarida turib qolgani yoʻq. Ana shuning oʻzi menga boylik. Tunlari uxlamay, oʻz asarlaring qahramonlari bilan hamnafas yashab, azob-uqubat chekib kitobni tartib etsang-u unga kitobxon qayrilib qaramasa, yozuvchiligingdan ne naf?

- Kitoblaringizga qancha gonorar (qalam haqi)  olasiz?

- (Kulib) Mehnatimga yarasha-da!

- Masalan, "Qoʻynimdagi qotil” romaningiz 5000 nusxada chop etilgan ekan...

- Bunday koʻp nusxada chop etilgan asarlarim uchun 5-6 million atrofida qalam haqi berishadi. Nima desam ekan, bu qalam haqi yozuvchining mehnati qoshida hech narsa emas. Tinimsiz oʻqish, izlanish, tunlarni bedor oʻtkazish, matn terish..., to kitob holiga keltirguncha qilinadigan mayda-chuyda sarf-xarajatlarni jamlaganda, bu gonorar hech qanday tosh bosmaydi. Yuqorida aytganimday, yozuvchida moddiy manfaatdorlik hissi ustun boʻlsa, u yozuvchi emas. Bunday ijodkor xalq diliga kira olmaydi. Kemtik koʻngillarga malham boʻlgulik soʻz topa olmaydi u. Hayotdagi maʼnaviy boʻshliqlarni toʻldirish tugul, oʻzi maʼnan bemor boʻladi uning. Yozuvchi – hayotning sanitari, kishi ruhiyatining muhandisi.

- Shuning uchun ham asarlaringizda nur bilan zulmat oraligʻidagi kurashlar, jaholat va razolat botqogʻiga botgan kimsalar bilan halollik va haqiqat sari intilgan insonlar oʻrtasidagi toʻqnashuvlar hayotdagiday aks ettirilgan ekan-da! Qahramonlaringizning hayotda prototiplari bormi?

- Toʻgʻri, mening qahramonlarimning barchasi maʼlum maʼnoda biz bilan hamnafas yashagan, yashayotgan insonlar. Maqsadim, asarlarimni oʻqigan insonlar hayotdan toʻgʻri xulosa chiqarsalar, bu hayotning qadr-qimmatini bilsalar, yaxshilik tomon hech boʻlmasa, birgina ezgu qadam qoʻysalar. Ustozlarimiz aytardilar: "Sen elingga mingta soʻz aytib, boshini qotirma. Birgina, atigi bittagina soʻz ayt – shu soʻz elni ezgulik sari tebratsin!”.

Men takror va takror aytaman: men yozuvchiman, qurolim ham, boyligim ham oddiy Soʻz! Agar muxlislarim mening asarlarimni oʻqib, ulardan hayotiy xulosalar chiqarsalar, undan ibrat olsalar, demak, mening mehnatim oʻz qadrini topibdi. Ezgu Soʻzning elni tebratgani shu!

- Amu elidan yetishib chiqqan taniqli yozuvchining oilaviy hayoti barchani qiziqtiradi.

- Nima desam ekan, barcha qatori oddiy oʻzbek oilasining baxtli sohibiman. Vafodor umr yoʻldoshim, ikki nafar farzandim bor. Toshkent shahrining Sirgʻali tumanida yashayman. "Qadriyat” gazetasi tahririyatida bosh muharrir oʻrinbosari lavozimida ishlayman. Gʻurur bilan aytamanki, men aziz Amudaryo elimning Qilichboy qishlogʻi bolasiman!

- Ijodiy rejalaringiz, "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi mushtariylariga tilaklaringiz.

- Ijodkorning rejasi ham, orzulari ham koʻp boʻladi. Men  shunday bir asar yozsamki, uning har bir satrida Amu boʻylarining, Qilichboy bogʻlarining ajib harorati ufurib tursa, Istiqloldan nur emgan dalalar, taraqqiyot manzaralari bor boʻyi bilan qad rostlasa...

- Gazeta muxlislariga, aziz el-doshlarimga dilimdagi eng ezgu tilaklarimni baxsh etib, ularni, aziz xalqimni bagʻrimga bosib qolaman:

- Men Sizlarni juda yaxshi koʻraman!

- Mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur.

- Minnatdorman.

Suhbatdosh Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019