16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:14
Fan va taʼlim 👁 625

OʻQITUVChILAR DAVLAT VA JAMIYaT EʼTIBORIDA

OʻQITUVChILAR DAVLAT VA JAMIYaT EʼTIBORIDA

Jadal surʼatlarda oʻzgarib, yangilanib borayotgan hayot biri-biridan dolzarb masalalarni hal qilishning eng muhim yechimi aynan taʼlim-tarbiya bilan, yoshlarning dunyoqarashini zamonaviy bilim, yuksak maʼnaviyat va maʼrifat asosida shakllantirish bilan bogʻliq ekanligini koʻrsatmoqda. Shu boisdan ham bugungi kunda yoshlarni ezgu ideallar ruhida kamol toptirish, zamonaviy bilim asoslari, ilm-fan yutuqlari bilan qurollantirish hamda ota-onasiga, yurtiga mehr-oqibat, sadoqat tuygʻularini singdirish Xalq taʼlimining asosiy faoliyat mezoniga aylandi.

Buningdek koʻlamdor vazifalar tumanimizda qanday amalga oshirilmoqda? Muxbirimiz 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Otabek Yoʻldoshov bilan uchrashib, shu haqda suhbatlashdi.

– Joriy yilning 29-aprel kuni Yurtboshimiz “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonini imzoladi. Ushbu Farmon bilan Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi va uni amalga oshirish uchun “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi. Mazkur kontseptsiyada taʼlim tizimini rivojlantirishning bir qancha yoʻnalishlari belgilab berildi. Shu asosda oʻz faoliyatini olib borayotgan tumanimiz maktablarida oʻqitish samaradorligi tobora yuksalmoqda.

Jamiyatning buguni va ertasi, uning maʼrifiy-maʼnaviy salohiyati taʼlim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar muvaffaqiyati esa tom maʼnoda oʻqituvchi va murabbiylar mehnatiga bogʻliqdir. Bugungi kunda taʼlim sohasiga qaratilayotgan eʼtibor, oʻqituvchi va murabbiylarning mavqei oshirilib, moddiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlanayotgani boisi ham shundandir.

Biz kim boʻlmaylik, oldida doimo oʻzimizni qarzdorday sezadigan, xizmatlari oldida doimo boshimizni egib taʼzim qilishga tayyor turadigan insonlarimiz bor. Ularning yosh avlod kamolidagi beqiyos xizmatlarini hech narsa bilan oʻlchab boʻlmaydi. Ular – onamizday mehribon, otamizday gʻamxoʻr, har birimiz uchun aziz va moʻʼtabar insonlar – ustoz va murabbiylar.

Ustoz va murabbiylarga azal-azaldan hurmat-ehtirom koʻrsatib, otaday ulugʻ sanalgan. Alloma bobolarimiz adabiy merosida bu haqda juda koʻp oʻgit-nasihatlar oʻrin olgan.

Mamlakatimizda 1997-yildan boshlab, 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanayotgani ham soha xodimlari mehnatiga eʼtibor va eʼtirof namunasidir.

“Odamlarga bir yil yaxshilik qilmoqchi boʻlsang, bugʻdoy ek, umrbod yaxshilik qilmoqchi boʻlsang, taʼlim-tarbiya ber”, degan xalqimiz naqlida juda teran maʼno bor.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning shu yil 23-avgustdagi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda oʻqituvchi mavqeini oshirish yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda “Har bir islohot oʻzimizdan boshlanadi, oʻzimiz oʻzgarmasak, hech kimni oʻzgartira olmaymiz” degan soʻzlarini oʻzlariga dasturilamal qilib olib, koʻtarinki ruhda 2019-2020 oʻquv yilini boshlagan tumanimiz oʻqituvchi va murabbiylari sohaga qaratilayotgan gʻamxoʻrliklarga munosib mehnat qilishga intilishmoqda. Taʼlim-tarbiya samaradorligi, oʻquvchilarning oʻzlashtirishlari boʻyicha respublikada joriy yilda oldingilar qatoridan joy olishga harakat qilishmoqda.

Yangi oʻquv yili oldidan tumanimizdagi ehtiyoj mavjud maktablarda 18 mlrd. soʻmga yaqin mablagʻ evaziga qurilish-taʼmirlash ishlari bajarilib, zamonaviy, shinam holga keltirilib, barcha qulayliklar yaratilgani soha xodimlari uchun ham, oʻquvchilar uchun ham munosib tuhfa boʻldi.

Taʼlimdagi oʻzgarishlar, innovatsion texnologiyalar, yangiliklarni oʻz faoliyatlariga tatbiq etib, darslar samaradorligiga intilib, ezgu maqsadlar yoʻlida mehnat qilayotgan hazrati insonlar – tumanimizning barcha oʻqituvchi va murabbiylarini kasb bayramlari bilan qizgʻin qutlayman, mehnatlarining rohatlarini koʻrib uzoq umr koʻrishlarini tilayman.

Suhbatdosh Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019