16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:54
Qishloq xoʻjaligi 👁 5,620

Fermer dalasida chet el traktorlari

Fermer dalasida chet el traktorlari

Tumanimiz fermer xoʻjaliklari keyingi yillarda paxtachilik sohasida koʻpgina muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bunda albatta, fermer xoʻjaliklarining texnika bilan yetarli darajada taʼminlangani muhim ahamiyat kasb etmoqda. «Texnika dehqonning qoʻl-qanoti», deganlaridek tumanimiz fermer xoʻjaliklari bank krediti va lizing asosida rejali ravishda qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlanib kelinmoqda. Aytish joizki, 2002 yildan shu kungacha 1119 ta qishloq xoʻjaligi texnikalari va mexanizmlari olib kelindi. Yuqori unumli haydov traktorlaridan 13 ta ORION-630, 8 ta MX-140, 8 ta MX-135 va 6 dona TS-60/70,  zanjirli surim traktorlaridan 71 ta VT-150 D, 32 ta YTO, 450 ta TTZ-80-11 rusumli chopiq va 42 dona yuk tashish traktorlari shular jumlasidandir. Shuningdek, qoʻsh qatorli seyalkalar, kultivatorlar, purkagichlar va traktor tirkamalar ham olib kelinmoqda.

Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil  7-maydagi «Qishloq xoʻjaligi uchun zanjirli traktorlarni sotib olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 121-sonli qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha tumanimizda koʻpgina ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, tumanimiz fermer xoʻjaliklariga Xitoy xalq respublikasida ishlab chiqarilgan  YTO rusumli surim traktori olib kelinishi yoʻlga qoʻyildi. Bu traktorning afzallik tomonlari shundaki, buldozer qurilmasi boʻlganligi sababli yerlarni haydash bilan bir qatorda chellarni tekislash, dala chetlarini toʻgʻrilash, chel olish va yerlarni chizellash ishlarini olib borishda juda qulay. Bu traktorlarning tumanimiz fermer xoʻjaliklariga 2008-2013-yillarda 32 donasi olib kelinib, ulardan muvaffaqiyatli foydalanib kelinmoqda. 2008-yilda 3 dona, 2010-2012-yillarda 10 dona olib kelingan boʻlsa, 2013-yilda 19 ta fermer xoʻjaliklari shunday traktorlar sotib olishga musharraf boʻldilar.

Kuzgi, bahorgi shudgor qilish mavsumida ishtirok etadigan texnikalar parkini modernizatsiya qilish, qishloq xoʻjaligi sohasini jahon talablariga javob beradigan zamonaviy zanjirli haydov traktorlari bilan taʼminlash, fermer xoʻjaliklari texnikalariga koʻrsatiladigan servis xizmatlarining turlari va sifatini oshirish maqsadida yil boshida tumanimizda ixtisoslashgan mintaqaviy texnik xizmat koʻrsatish markazi - «Amudaryo ta’mirlash servis» MChJ  ish boshladi.

Tumanimizning geografik joylashgan oʻrni, yaratiladigan sharoitlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati tumanlari xoʻjaliklarida mavjud YTO C 1302 rusumli haydov traktorlariga texnik xizmat koʻrsatish uchun  juda qulay va bu xizmat turini rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Bunda masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «Davr mashlizing» qoʻshma korxonasi bosh direktori Yuy Fuch Jen, bosh direktor oʻrinbosari Muhamedov Shuhrat Muhamedovich va korxona bosh mutaxassisi Azimov Sherxon Azimovichlarning xizmatlari katta boʻldi.

Olib kelingan surim traktori haydovchilarining malakasini oshirish uchun «Amudaryo ta’mirlash servis» MChJ korxonasida shu yil yanvar oyida oʻqishlar tashkil qilindi. YTO traktorlari mavjud boʻlgan 32 ta fermer xoʻjaligi rahbarlari va traktor operatorlari ishtirokida "Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan chet elda ishlab chiqarilgan texnikalarga servis xizmati koʻrsatish va tuzatish, tayyorlash, ularni qayta taʼmirlash, texnika vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha maʼruzalar tinglandi.  Traktorlarni mavsumga tayyorlash va traktorni ishga tushirishdan oldin motor moyini, radiatordagi antifrizini, gidravlika moyini, uzatmalar qutisi moylarini, elektr jihozlarini, yurish qismlarini koʻzdan kechirish, keyinchalik dvigatellarni ishga tushirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi. Shuningdek, alohida agregatli gidravlik tizim va osma mexanizmlarning tuzilishi va ularga texnik servis xizmat koʻrsatish tartibi haqida maʼruzalar qilindi. YTO C 1302 rusumli haydov traktorlarini qishloq xoʻjaligi ishlarini bajarishga tayyorlash, traktorga qishloq xoʻjalik agregatlari oʻrnatish qoidalari va texnik talablari, boshqaruv tizimlari va ularni ishlatish, oʻlchov-nazorat asboblari bilan tanishish va ulardagi maʼlumotlarni tahlil qilish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.

«Amudaryo Agrotexservis» MTP MChJ bosh muhandisi Akrom Atamuratovning traktorning elektr jihozlaridan foydalanish, tok manbalari sxemalari va tuzilishi, elektr jihozlarini izolyatsiyalash va ularga servis xizmati koʻrsatish davriyligi haqidagi,  "Namuna” MMTP bosh muhandisi Xidirboy Sobirovning traktorlarning dvigatellarini ishlatish, import dvigatellar, agregat va qismlarida diagnostika-sinash ishlarini bajarishda zarur asboblardan toʻgʻri foydalanish, moylash va sovutish sistemasi, moy nasosi, moy sovutgich va filtrlari, suv nasosi, termostatdan  foydalanish, dvigatel sistemalariga texnik xizmat koʻrsatish hamda ularni qizishdan saqlash toʻgʻrisidagi maʼruzalari tinglandi.

Tuman Davlat texnika nazorati inspektori Shuhrat Xalillayev mehnat muhofazasini taʼminlash, import qishloq xoʻjalik texnikalarini ishlatishda inson hayotini muhofaza qilish va yongʻinga qarshi kurash chora-tadbirlari haqida tushunchalar berdi.

Traktor operatorlari ham oʻqitish jarayonida faol ishtirok qilib, oʻzlarining hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar. Traktorni ishlatishda qoʻl keladigan usullarni oʻquv ishtirokchilari bilan baham koʻrdilar. Tumanimizning yetakchi mutaxassislariga koʻplab savollar berildi va tegishli javoblar olindi.

Amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar kelgusida qishloq xoʻjaligini yuqori unumli texnikalar bilan taʼminlash orqali hosildorlikni oshirib, iqtisodiyotimiz rivojiga hissa qoʻshadi.

I.Fayzullayev,

 tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimining mexanizatsiya boʻyicha bosh mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019