16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 08:50
Jamiyat 👁 3,415

MAʼNAVIYaT SABOQLARI

MAʼNAVIYaT SABOQLARI

Boy ona tilimizning izohli lugʻatidan oʻrin olgan "jon” va "jonim” soʻzlari inson uchun eng aziz boʻlgan yaqinlariga nisbatan, shuningdek, uning uchun qadrli boʻlgan Vataniga nisbatan keng qoʻllaniladi. Masalan, jonim Vatan, jon doʻstim, sevgan yoriga nisbatan jonginam va h.k. Ammo, bugungi kunda ayrim insonlar, ayniqsa yoshlar tomonidan bu soʻzlarning asl maʼnosi buzib, milliy maʼnaviyatimizga zid soʻzlar qatorida, hatto nojoiz oʻrinlarda qoʻllanilayotganligi insonni oʻyga toldiradigan holatlardan biridir. Shu bois, avvalo ushbu soʻzlarning qoʻllanilish oʻrni va mazmunini teran anglab olish zarur.

Maʼlumki, xalqimiz orasida «ruhi shod boʻlsin....», «joni orom topdi», «jon kuydirmasang, jonona qayda...», "jonginam” kabi soʻz va iboralar bor. Nima uchun shunday deyiladi?

Nega:

«Bir jon emas, ey suyguli tomirlarning qoni Vatan,

Sensan, bale bilganlarga jonlarni, jononi Vatan»

(H.Niyoziy, «Vatan») kabi ijod namunalari paydo boʻlgan.

Ruh nima? Jon nima? Jon nima uchun bizga berilgan, yaʼni hayotimiz (jonimiz)ning maʼnosi, maqsadi nima?... Bu kabi koʻplab savollar jon, ruh masalasi haqida haqiqatni bilishga undaydi.

Jon, ruh haqidagi savollar odamzot ongli yashay boshlagan zamonlardan buyon uni oʻylantirib keladi. Ular haqidagi tasavvurlar ibtidoiy tuzum davrida vujudga kelganligi tarixdan maʼlum. Yaʼni, ibtidoiy odamlar tabiat hodisalari, tush koʻrish, oʻlim, uyqu kabi hodisalarni oʻzlaricha talqin qilib, tabiatdagi har bir jismda jon, rux bor, deb ishonishgan.

Buyuk bobokalonimiz Ibn Sino ruhni tanadan ajratib boʻmasligini asoslaydi hamda tanadagi kasalliklarni davolash uchun ruhiyatdan foydalanish imkoniyatlari haqida aytadi.

Adabiyotlarda, lugʻatlarda «jon» tushunchasiga turlicha taʼriflar berilgan. Masalan, Gomer shunday taʼriflaydi: «Jon vujud oxirgi nafasni chiqarganida tanani tark etadigan «hayot quvvati», baʼzi adabiyotlarda  "tirik vujudni shakllantiruvchi va quvvatlantirib turuvchi faol maqsadga yoʻnalgan asos” (Aristotel) deb, baʼzan esa «inson borligʻining oʻlmas ruhiy asosi» (diniy taʼlimotlarda) deb talqin etiladi.

Baʼzida uxlaganda, tush koʻrganda jon tanani vaqtincha tark etishi taʼkidlanadi. Xalq ogʻzaki ijodining noyob namunalaridan biri boʻlgan. «Alpomish» dostoni qahramonlaridan biri Barchinning koʻrgan tushini kanizagi Suq-suroyga aytayotgan quyidagi holatida ham u oʻz aksini topadi:

Jon jasaddan bir beqaror boʻlganda,

Ziyon yotib, rahmat toshar boʻlganda,

Rahmat daryo ayni toshib kelganda,

Tush koʻribman fayzi sahar boʻlganda.

Jon, ruh soʻzlari bizning shoir va yozuvchilarimiz ijodida ham keng qoʻllanilgan hamda ularning ahamiyati koʻrsatilgan. Jumladan, Ahmad Yassaviy inson tanasidagi jonning omonatligi, u bir kun tanani tark etishini, shu bois, vaqtni gʻanimat bilib, ruhni poklash zarurligini uqtirib shunday deydi:

Banda boʻlsang, mehnat topgil odam,

Oqil ersang, gʻanimatdur senga shul dam.

Omonatdir aziz joning yurma begʻam...

"Jon”, "jonim”, "jonginam” kabi kundalik hayotimizda koʻp uchraydigan soʻzlar insonlarning bir-birlariga munosabat quroli hamdir.

Ayrim shoir va yozuvchilarimiz ijodida muhabbat tuygʻulari bilan bogʻliq mayl, vasl, intizor, jondan aziz yor, Vatan, doʻst kabi soʻzlar insonning joniga, ruhiga doir holatini, kechinmalarini ifodalab, yaxlit bir ruhiy manzara yaratadi.

Alisher Navoiy: «Jon berib, yori muddaosi uchun,

Balki yuz jon aning rizosi uchun», deb yorning roziligi, muddaosi uchun jonini berishga tayyor insonlar haqida kuylaydi. Zahiriddin Muhammad Bobur esa sevikli yorning inson hayotiga maʼno bagʻishlovchi, umrini uzaytuvchi, jismidagi ruhi ham u bilan bogʻliq ekanligini taʼkidlab, shunday deydi:

Jonimda mening hayoti jonim sensan,

Jismimda mening ruhi ravonim sensan.

Boburni seningdek oʻzga yoʻq yori azizi,

Alqissaki, umri jovidonim sensan.

Oʻzbekiston qahramoni I.Yusupov: «Jonimni berayin, demasin senga, Bersa, aytmay berar bir doʻsting boʻlsin», deya doʻstning maʼnaviy tarafdan qoʻllab-quvvatlovchi, yaxshi-yomon kuningda yoningda turuvchi bir qadrdon boʻlishini, yaʼni doʻst taningdagi joning kabi boʻlishi lozimligini aytadi.

Shuni taʼkidlash kerakki, inson muhabbatining eng ulugʻi Vatanga boʻlgan muhabbatdir. Zero, insonlar Vatan uchun shirin jonidan kechishi mumkin. Shuning uchun ham jonlarning joni Vatan, deyiladi.

Bir donishmand: «Umr men uchun baridan qimmat, muhabbat umrdan ham qimmat. Lekin elimning ozodligi, tinchligi uchun kerak boʻlsa ikkovidan ham kechaman», deya Vatanparvarlik tuygʻusining naqadar buyuk ekanligini, Vatan uchun jonni fido qilish lozimligini aytadi.

Muxtasar qilib aytganda, ruh va jon insonlarning tub mohiyatini tashkil qiladigan maʼnaviy asosdir. Zero, ruh va jon sogʻlomligining takomil nuqtasi maʼnaviy yetuk insondur.

Iroda YaXShIMURODOVA,

3-sonli Amudaryo akademik litseyi oʻqituvchisi.

(Foto - http://www.gazeta.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026