16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 15:00
Salomatlik 👁 1,711

NEVROZ – KASALLIKMI YoKI YoMON XARAKTER?

NEVROZ – KASALLIKMI YoKI YoMON XARAKTER?

Nevroz, albatta, kasallik. Bu kasallik belgilari xulq-atvor buzilishlari bilan namoyon boʻlganligi uchun ham uni yomon xarakterning bir turi deyishadi.

Bu kasallikni tib ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino ham mukammal oʻrgangan va quyidagicha taʼrif bergan: bu kasallikda tana harorati koʻtarilmaydi, biron-bir aʼzo zararlanmaydi, tanada lat yegan joylar boʻlmaydi, biroq bemorning asabi buzilgan boʻladi.

Nevroz – asab charchashmi?

Nevroz asab tizimining funktsional kasalligi boʻlib, insonga ruhiy jarohat yetkazuvchi tashqi va ichki omillar natijasida rivojlanadi. Demak – nevroz asab kasalligidir. Nevroz belgilari uzoq yoki qisqa vaqt davom etishidan qatʼiy nazar, butunlay tuzaladigan kasallik. Biroq, bu davolash jarayoni bir oy, baʼzida undan ham koʻp davom etadi. Nevrozning 3 turi farqlanadi: nevrasteniya (tom maʼnoda nevroz), isteriya va miyadan ketmaydigan fikrlar.

Nevroz xususida
Nevroz asabning ortiqcha zoʻriqishidan kelib chiqadi. Asabi boʻsh odamlar nevrozga tez chalinishadi. Aqliy va jismoniy mehnatning nomutanosibligi, doimiy hissiy zoʻriqishlar, yaqin kishisidan judo boʻlish, oila va ishxonadagi kelishmovchiliklar, qoʻrquv va xavotirda yurish nevrozga sababchi boʻladi. Yosh bolalarda nevrozning rivojlanishiga uni oʻrab turgan muhit, ayniqsa, ota-ona orasidagi janjallar  sababchi boʻladi. Bolalik davrida olgan tan jarohatlari ham bundan mustasno emas.

Nevroz nafaqat jahldor odamlar, balki oʻta andishali odamlarda ham rivojlanishi mumkin. Ayniqsa, andishali odam janjalli voqealar roʻy berganda hissiyotga izn bermaslikka, oʻzini boqsharib turishga harakat qiladi, birovning koʻnglini ogʻritib qoʻymay deydi. Bu holatlar, aksariyat hollarda asab tizimining charchashiga sababchi boʻladi. Shuningdek, vitaminlar yetishmovchiligi, kamqonlik, surunkali va ogʻir kasalliklar ham nevrozga olib keladi.

Nevroz belgilari turli-tuman boʻlib, ular ichida tez-tez asabiylashish, jahldorlik, uyqu buzilishi, bogʻ ogʻrishi, bosh aylanishi, umumiy holsizlik, yurak urib ketishi, parishonxotirlik, aqliy va jismoniy mehnat faoliyatining pasayishi kabi simptomlar koʻp kuzatiladi.

Bemorni qanday davolash kerak?
Davolash tibbiy psixolog, neyropsixolog va nevrologlar tomonidan olib boriladi. Asab buzilishi bilan bogʻliq bu kasallik tibbiy-psixologik muolajalardan soʻng samarali davolanadi. Davolash muddati va natijasi koʻproq uning toʻgʻri olib borilishiga bogʻliq. Avval nevrozga olib keluvchi sabablar aniqlanadi va iloji boricha bartaraf etiladi. Asosiy sabablar bartaraf qilinganda, aksariyat bemorlar davolashni davom ettirishga hojat ham qolmaydi, ular tuzalib ketishadi. Lekin baʼzi hollarda nevrozning sababini aniqlash va ularni yoʻqotish ancha mushkul.

Bemorning oilaviy ahvoli va ishlash sharoiti bilan tanishib, unga dam olib ishlash, ish soatlarini qisqartirish, ovqatlanish tartibiga rioya qilish, teatr va kinolarga borib turish tavsiya qilinadi. Nevrozni davolash uchun juda koʻp dori-darmonlar mavjud. Biroq ularni koʻp qoʻllash kerak emas. Shifokor tomonidan eng zarur dori tanlab olinadi va bemorga tavsiya etiladi. Bemorlarni davolashda ishlatiladigan aksariyat dorilar kuchli sedativ taʼsirga ega boʻlganligi uchun ularni ishlab yurgan bemorlarga tavsiya qilib boʻlmaydi. Kam miqdorda tavsiya qilinsa, natijasi past boʻladi. Bunday paytlarda nojoʻya taʼsiri kam boʻlgan dorilardan foydalaniladi. Shuningdek, umumiy massaj, igna bilan davolash, ertalabki badantarbiya va sportning oʻziga maqbul turlari bilan shugʻullanish tavsiya qilinadi. Yilda bir marta sihatgohlarda dam olib turish ham oʻta foydalidir.

Gulnora GULMONOVA, tuman Tibbiyot birlashmasi

nevrologiya boʻlimi mudirasi,

oliy toifali nevrolog.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026