16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:25
Qishloq xoʻjaligi 👁 581

Boʻzsuv kanali 800 mln. soʻm mablagʻ evaziga rekonstruktsiya qilindi

Boʻzsuv kanali 800 mln. soʻm mablagʻ evaziga rekonstruktsiya qilindi

“Amudaryo davsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasi joriy yilning boshida jami qiymati 13 mlrd. 250 mln. soʻmga yaqin boʻlgan tender savdolarida  ishtirok etib, gʻolib boʻlgan edi. 2019-yil uchun ushbu mablagʻlarning 6,5 mlrd. soʻmdan ortiq qismi moliyalashtirilib, yil boshidan beri shu kungacha 6 mlrd. 420 mln. soʻmlik ish hajmi bajarildi. “K-1 Qipchoq”, “K-1 Qangli” kollektorlarini taʼmirlash va tiklash, Nukus tumanidagi “Darsan” suv isteʼmolchilar uyushmasi hududida kollektorlarini qurish, Jumurtov  ponton koʻprigining quyi qismida suv toʻgʻonlarini qurish kabi ishlar shular jumlasidandir. Shuningdek, Amudaryo tumanidagi “Chilpiq”, “Berdaq”, Nukus tumanidagi “Kret oʻzak” korrektorlarini  taʼmirlash va tiklash, tumanimizdagi “K-1-7” kollektorini rekonstruktsiya qilish,  Boʻzsuv kanalini rekonstruktsiya qilish va Mangʻit shahri ichidagi kollektorlarni taʼmirlash va tiklash ishlari ham “Amudaryo davsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasi tomonidan sifatli amalga oshirildi.

“Amudaryo davsuvmaxsuspudrat” DUKga Boʻzsuv kanalini rekonstruktsiya qilish uchun jami 800 mln. soʻm mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan. Shundan joriy yilda 589 mln. soʻm mablagʻ ajratilib, shu kungacha kanalning 5  km. qismi toʻliq rekonstruktsiya qilindi.

Boʻz suv kanalidan tumanimizning Jumurtov, Jumur ovul, Oq oltin, Toʻlqin va Choykoʻl ovul hamda mahallalari hududida joylashgan aholi va fermer xoʻjaliklarining yer maydonlariga suv yetkazib beriladi. Jami uzunligi 15 km. boʻlgan, Amudaryodan suv olib, tumanimizdagi 4065 gektar yer maydonlariga suv yetkazib beruvchi mazkur kanalning rekonstruktsiyasi joriy yilning mart oyida boshlangan edi.

Korxona ishchilarining hamjihatliklaridagi mehnatlari natijasida 7 oy ichida rejadagi ish hajmi toʻliq bajarilib, mazkur kanalning suv oʻtkazuvchanlik darajasi bir necha barobar ortdi.

Kanal hududida qazish ishlarini olib borish bilan birga kanalning 2,15 km., 9,7km., 1,26 km., 1,19 km. hamda  1,31 km. qismlariga suv  inshootlarini qurish ham koʻzda tutilgan. Mazkur ishlar ham korxona tomonidan oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirildi.

13-oktyabr kuni Boʻzsuv kanalning 9,7 km. kismidagi suv inshootining foydalanishga topshirish marosimi oʻtkazildi. Unda tumanimiz hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman irrigatsiya, melioratsiya  va qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur suv inshooti 210,8 mln. soʻmlik mablagʻ evaziga yangidan qurildi. Boʻzsuv kanalida qurilgan bu kabi yana 4 ta suv inshootlarining asosiy vazifasi suvni zarur miqdorda taqsimlash hamda vegitatsiya davrida qishloq xoʻjaligi ekinlarini oʻz vaqtida sugʻorish imoniyatini beradi. Shuningdek, suv inshootining ishga tushishi natijasida sugʻorish ishlari vaqtida daryodan kelayotgan suv maʼlum muddatga toʻsilib, belgilangan meʼyoriga yetganidan keyin hududdagi dalalarni elektr yoki dizel nasoslarisiz sugʻorish imkoniyati paydo boʻladi.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019