16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:14
Fan va taʼlim 👁 725

UMUMIY OʻPTA TAʼLIM MUASSASALAPINING OʻPNAK KOʻPSATGAN XODIMLAPINI MODDIY PAGʻBATLANTIPISh TIZIMI TAKOMILLAShTIPILADI

UMUMIY OʻPTA TAʼLIM MUASSASALAPINING OʻPNAK KOʻPSATGAN XODIMLAPINI MODDIY PAGʻBATLANTIPISh TIZIMI TAKOMILLAShTIPILADI

Shu yil 30-sentyabrda Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qarori xalq taʼlimi tizimi xodimlarining ijtimoiy mavqei va nufuzini oshirish, oʻrnak koʻrsatgan xodimlari faoliyatining natijadorligiga  qarab, ularni ragʻbatlantirishning shaffof tizimini joriy etishni nazarda tutadi. Qarorga muvofiq qabul qilingan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining  oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda esa aynan ushbu vazifalarni amalga oshirish yoʻl-yoʻriqlari belgilab berilgan.

Endilikda har bir umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasi tashkil etiladi. Bundan koʻzlangan maqsad umumtaʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonining samaradorligi va sifatini oshirishni ragʻbatlantirish, pedagog, psixolog, kutubxona xodimlariga oylik ustama belgilash, umumtaʼlim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish, pedagog xodimlarning kasb mahorati va malakasini oshirishini ragʻbatlantirishni kuchaytirishdan iboratdir.

Shuningdek, umumtaʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining (ular umumiy sonining koʻpi bilan 50 foizi) bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash yoʻli bilan ularni moddiy ragʻbatlantirishni amalga oshiradi.

Xalq taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning yana bir amaliy ifodasi boʻlgan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining  oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasining Qarori va unga muvofiq qabul qilingan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom kelgusida tumanimizda faoliyat koʻrsatayotgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagog xodimlarini yanada samarali mehnat qilishga undashi, shubhasiz. Qayerdaki kishining mehnati munosib baholansa, bu kelgusidagi ishlarga ragʻbat beradi, albatta.

Shu yil 14-oktyabr kuni tuman xalq taʼlimi boʻlimida ushbu Qaror va unga muvofiq qabul qilingan Nizom  mazmun-mohiyati targʻibotiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

Tadbirga tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri oʻrinbosarlari, boʻlim uslubchilari, tumanda faoliyat koʻrsatayotgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlarining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari qatnashdilar.

Seminarda tuman Xalq taʼlimi boʻlimi bosh inspektor uslubchisi Pavshan Xolmurodov  Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining  2019-yil 30-sentyabrda qabul qilgan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini  moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qarori va unga muvofiq qabul qilingan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar toʻgʻrisida maʼruza qildi va bu boradagi mazkur Nizomda belgilangan tartib-taomillarga keng toʻxtaldi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan seminar ishtirokchilarining ham fikrlari tinglandi.

Seminar mehnatda oʻrnak koʻrsatgan pedagog xodimlarni ragʻbatlantirishni kuchaytirishga hukumatimiz tomonidan ulkan eʼtibor qaratilayotganini, bu boradagi yangi tartib-taomillarni keng targʻib qilgani bilan ahamiyatli boʻldi.

O.PAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019