16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:01
Sport 👁 941

Amudaryolik Oltinoy – Oʻzbekiston chempioni

Amudaryolik Oltinoy – Oʻzbekiston chempioni

Xalqimiz orasida «Sogʻ tanda – sogʻlom aql», «Sogʻ yurak – togʻ yurak» kabi maqollar bot-bot takrorlanadi. Inson sogʻlom aql-u, togʻday yurakka ega boʻlishida sportning oʻrni boʻlakcha.

Sport – jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Sportda asosiy maqsad kishilar sogʻligʻini mustahkamlash va umumiy jismoniy rivojlantirish bilan bir qatorda turli sport musobaqalarida ishtirok etib, yuqori natijalarga erishishdir.
Yurtimizda sportga boʻlgan eʼtibor juda katta. Joriy yilning 4-9-oktyabr kunlari Xorazm viloyati, Xiva shahrida sportning ogʻir atletika turi boʻyicha  2005-yilda tugʻilgan  yosh oʻsmirlar va  qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida 71 kg vazn toifasida jami 120 kg natija qayd etib, Amudaryo tumanidagi 21-sonli umumtaʼlim maktabi  oʻquvchisi  Oltinoy Shukurullayeva  faxrli 1-oʻrinni egalladi va Oʻzbekiston chempioni boʻldi.

Oltinoy Shukurullayeva 2006-yil 9-yanvarda Amudaryo tumanida tugʻilgan. Hozirgi kunda Oltinoy tumanimizdagi 21-sonli umumtaʼlim maktabining 8-sinfida taʼlim-tarbiya olmoqda.

Oltinoy  uch  yildan  buyon tuman bolalar va oʻsmirlar  sport maktabining  ogʻir atletika turi boʻyicha murabbiy Anvar Boboniyozovning  mashgʻulotlarida muntazam qatnashib kelmoqda. U murabbiyning har bir mashgʻulotida faol qatnashib, uning bergan saboqlarini yaxshi oʻzlashtirib bormoqda.

–  Mashgʻulotlarga vaqtida keladi va oʻz ustida koʻp ishlaydi. Oʻzi qatnashayotgan har bir musobaqada yuqori natijalarga erishish uchun harakat  qilishdan aslo toʻxtamaydi ,–   deydi Oltinoyning murabbiyi Anvar Boboniyozov.

Shu tufayli  u koʻplab yutuqlarga erishdi. Xususan,  2017-yil 10-11-noyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Pespublikasi jismoniy tarbiya va sport  davlat qoʻmitasi tomonidan sportning ogʻir atletika turi boʻyicha 2001-yili tugʻilgan va undan kichik yoshdagi oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Chempionatida 58 kg vazn toifasida  jami 73 kg natija bilan II oʻrinni, 2018-yil 20-may kuni “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili” ga bagʻishlab   oʻtkazilgan  Nukus Olimpiya zahiralari kollejining ochiq birinchiligida 63 kg vazn toifasida I oʻrinni egalladi. Shu yilning 18-19-yanvar kunlari Qoraqalpogʻiston Pespublikasi  Jismoniy  tarbiya va sport vazirligi tomonidan  sportning ogʻir atletika turi boʻyicha 2002-yilda tugʻilgan va undan kichik yosh oʻsimrlar va qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan  Qoraqalpogʻiston Pespublikasi chempionatida   71 kg vazn toifasida II oʻrinni,  15-16-may kunlari “Faol investsiya va ijtimoiy rivojlanish yili” ga bagʻishlab  sportning ogʻir atletika turi boʻyicha 2005-yilda tugʻilgan va undan kichik yoshdagi yosh oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining Qoraqalpogʻiston boʻlimi birinchiligida  49 kg vazn toifasida I oʻrinni egallab, Qoraqalpogʻiston chempioni boʻldi.

Oltinoy nafaqat sportda, balki  maktabda darslarni ham puxta oʻzlashtiradi. 21-sonli maktabning maʼnaviy-marifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Dilnoza Hayitboyeva  oʻquvchisi haqida shunday deydi:  – Oltinoy ona tili va adabiyot, matematika fanlarini chuqur oʻrganishga harakat qilib, qoʻshimcha darslarga qatnashadi. Ustozlarining bergan topshiriqlarini oʻz vaqtida bajaradi. Sinfdoshlari orasida ham katta hurmat qozongan. Sportda esa oʻz  ustida ishlashdan aslo toʻxtamaydi, ortga chekinmaydi.

Amudaryolik qizning buningdek yutugʻidan biz ham faxrlanamiz. Oltinoy oʻz  qalbidagi shijoat va gʻayrat bilan kelajakda Vatanimiz bayrogʻini jahon arenalarida baland koʻtaradi, degan umiddamiz. Oltinoyga doimo omad va zafarlar yor boʻlsin, deb qolamiz!

Iroda Erdosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019