16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:16
Adabiyot 👁 2,712

Popuk

Popuk

(Boʻlgan voqea)

Oʻshanda bahorning ilk, kunlari, quyosh tafti yerni qizdira boshlagan payt edi. Uzoq qish boʻyi zerikkandan uyga sigʻmagan bolalar – hammamiz u oʻyin tamom boʻlmay, bu oʻyinga oʻtishga shoshamiz. Kech tushib, uyimizdagilar nomma-nom chaqirishga tushadi. Oʻyinlar shu qadar qiziqki, hatto dunyodagi eng tansiq taom nomini aytib chorlashsa-da, garchi qornimiz och boʻlsa-da maydonni tark etgimiz kelmaydi.

Shunday kunlarning birida Oʻgʻiloy momomga qulogʻimni teshdirdim. Hozirlab qoʻyilgan sirgʻam boʻlmaganidan ipak oʻtkazib qoʻydi. "Qaldirgʻoch koʻrmasin”, deb irimi uchun uzun popukli qalpogʻimni kiydirdi. Chang-gʻubor tushmasligi kerakligini qayta-qayta uqtirdi. Bu qalpogʻimni aslida popuklari uchungina yaxshi koʻrardim. Oʻrtoqlarim esa hadeb, popugimdan tortqilagani-tortqilagan. Qorongʻi tushib, chopqillab uyga  qaytayotsam yelkamga urilib, tebranib turgan popugimning  yoʻqligini sezib qoldim. Uni izlab topay, desam kech boʻlib qolgan, yo boya tortqilagan bittasi yulib oldimikan? Soʻray, desam ular allaqachon tarqalishdi. Popugimmas, bir qulogʻim tushib qolganday, shalpayib uyga qaytdim. Meni xomush koʻrgan onam: - "Ha, bugun urishib tarqalishdingizlarmi? – deb soʻradi”. "Popugimni yoʻqotdim”, – dedim tushkun bir holda. " – Tong otsa izlab koʻrarsan, toparsan, topilmasa ham hech gap yoʻq. Hayotda nimalarni yoʻqotmaydi odam. Arzimas narsaga kuyunma”, – deb dalda berdi onam. Aslida men dalda emas, dakki kutgandim. Oʻchoqqa oʻtin qalayotgan onamning yuzlaridagi ajinlar olov yogʻdusidan aniq-tiniq koʻrinib turardi.

... Kelin boʻlib tushganimga ikki kun boʻldi. Bu mahallaning rasm-rusumlariga koʻra, qaynyurtdagilarning eng yaqinlariga yangicha ism qoʻyish kelinga masʼuliyat yuklar ekan. Meni qanday nomlarkan, deya entikkanlar, ichikkanlar boʻladi. Kuyovimning olti yoshli singlisiga – "Xoʻsh, siz qanday nomlashimni istayapsiz”, – dedim qiziqsinib. – "Meni otam Popuk deydi, qoʻshnilar ham, sizam Popuk deyavering” – dedi qiyiq koʻzlari kulib. "Popuk, nega popuk, u nima degani? Axir u tortqilasa tushib, uzilib qoladigan narsa-ku, masalan, sochpopuk, tolpopuk, doʻppipopuk...” (Yana, allaqayerlarda mushukni shunday ataydi, demoqchi boʻldimu aytolmadim).  Oʻzimga yoqmasa ham oʻzi istagancha, faqat orasira "oy” soʻzini qoʻshib chaqiradigan boʻldim. Menga qarasa, Oyqizmi, Maralmi, Suluvmi...

Tinim bilmagan vaqt ishini qildi. Uch farzandli boʻldim. Popuk ukalariga opa, ukalari unga esh boʻldi.

Popukning sochlari uzun, beliga tushar boʻldi. Yuzlari sutga chayilganday, qoshlari qaldirgʻoch qanotiday. Simbati siyratiga mos edi. Soʻzlasa, chechan, shirinsuxan. Xushxulq edi. Koʻpning nazarida yarqiragan yulduzday boʻldi.

Oʻsha qish qahri qattiq kelib faqat tanamizni emas, butun vujudimizni muzlatib qoʻydi.

– Jengshe, oʻn sakkizga kiryapman, – dedi bar kuni mahzungina. Boʻyi boʻyimdan oshgan shu qizcha nahotki oʻsha Popuk boʻlsa, hayratlanaman.

Oʻn sakkizinchi bahorning  hali yigirma beshinchitongiginaotgandi,xolos.Qahri qattiq battol qish ayamadi nozik gʻunchani. Popuk, Popukkinamni shum taqdir ne koʻylarga soldi-ya!? Hayotda nimalarni yoʻqotmaydi ekan odam! Kimlarni zor qilmaydi, zoriqtirmaydi, intizor kutmaydi ekan. Ilhaq, yoʻllariga qarab umri sar-gʻayar ekan, odamning!

Bot-bot, bolalik oʻyinlarida yoʻqotgan popugim yodimga tushadi. Yurakkinam kuyib-kuyib ketadi. Ikkinchi bor men Popugimni yoʻqotdim. Bu yoʻqotish men uchun umrlik armon boʻldi...

Tavba!...

Yashashga haqli edi,

Hovlimizda gul chaman.

Oralab yurmaysanmi?

Har kun umid qilaman.

Tushimga kirmaysanmi?

Yoriltosh-yey yoriltosh,

Popugimni koʻrayin.

Qani, darichangni och,

Diydorini koʻrayin.

Sochlarini oʻrayin,

Boʻylarini boʻylayin.

Diydoriga toʻyayin,

Diydoriga toʻyayin...

 

Sharofat Xolmuradova.

32-maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019