16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:32
Iqtisodiyot 👁 1,094

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Pajapbayevich Yoʻldashevning tuman tadbirkorlariga murojaati

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Pajapbayevich Yoʻldashevning tuman tadbirkorlariga murojaati

Hurmatli tadbirkorlar!

Hammangizga maʼlumki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator amaliy ishlar qilindi. Kichik va oʻrta biznes rivoji yoʻlidagi byurokratik toʻsiqlarni bartaraf qilish, tadbirkorlarga qulaylik va sharoitlar yaratish maqsadida yangi Qonunlar, Farmon va qarorlar qabul qilindi. 

Yaqindagina, 7-noyabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida muhtaram Prezidentimiz “Har bir tadbirkorga – koʻmakdosh, yelkadosh va madadkormiz!” gʻoyasini ilgari surdi.

Prezidentimiz alohida taʼkidlaganlaridek, “Bundan buyon taraqqiyot va farovonlikka faqatgina tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash orqali erishish mumkin”.

Amudaryo tumanida ham tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning samrali faoliyat yuritishlari uchun sharoitlar yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Birgina Prezidentimizning oʻtgan yili Qoraqalpogʻiston Pespublikasiga qilgan tashrifi davomida bergan topshiriqlari boʻyicha olib borilayotgan ishlar natijasinida tumanimizda 136 mlrd. soʻmdan ortiq, jumladan salkam 10 mln. dollarlik xorijiy investitsiya mablagʻlari hisobidan 65 ta loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 1-noyabr holatiga ularning 52 tasi ishga tushirildi, qolgan loyihalar boʻyicha ham ishlar davom ettirilmoqda.

Bundan tashqari, 2020-2021-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari doirasida qiymati salkam 200 mlrd. soʻm, shu jumladan 3,5 mln. dollarlik xorijiy kredit liniyalari hisobidan 78 ta loyihalar amalga oshirilishi va 765 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi  moʻljallangan.

Biz nima uchun tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashimiz kerak?

Sababi, tumanimizda ish bilan band aholining 54 foizi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 100 foizi, koʻrsatilayotgan xizmatlarning 100 foizi tadbirkorlar hissasiga toʻgʻri keladi. Bugungi kunda tuman boʻyicha 1078 ta tadbirkorlik subʼektlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Birgina 2019-yilning oʻtgan 10 oyi davomida tuman boʻyicha jami 1326 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan boʻlsa, ularning 1273 tasi, yoki 96 foizi tadbirkorlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Yana bir marta taʼkidlamoqchimanki, tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan, yoki oʻz faoliyatini boshlash niyatida boʻlgan tashabbuskorlar uchun barcha masalalar boʻyicha koʻmakdosh boʻlamiz va yuzaga keladigan har qanday muammoni hal qilishda amaliy yordam koʻrsatishga tayyormiz.

Chunki biz masʼullar uchun kun tartibidagi ustuvor masala – tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning dardini eshitish va muammolarini hal qilishdir.

Aziz tadbirkorlar!

Siz uchun eshiklarimiz hamisha ochiq.

Sizning har bir loyihangiz shaxsiy nazoratimiz ostida boʻladi. Loyihani ishlab chiqishdan, to uni amalga oshirishgacha boʻlgan barcha jarayonda bevosita koʻmak berish birinchi galdagi vazifamiz boʻladi.

Sizning loyihangiz – tumanimizning ertangi kelajagi va aholimiz farovonligining kafolatidir. Siz tufayli tumanda ishsizlik qisqaradi, daromadlar oshadi, oilalarimiz, ayollarimiz va farzandlarimiz turmushidan minnatdor boʻlib, oʻz yurtida halovat topadi. Shunday ekan, bor kuch va gʻayratingizni oʻz faoliyatingizni yanada kengaytirib, biznesingizni rivojlantirishga qarating. Bu yoʻlda biz Sizga eng yaqin yordamchi, eng ishonchli kafil boʻlamiz!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019