16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 14:57
Salomatlik 👁 667

ShIFOKORLIK KASBGINA EMAS – FIDOYILIK

ShIFOKORLIK KASBGINA EMAS – FIDOYILIK

Shifokorlik shunchaki kasb emas, fidoyilik – oʻz halovatingdan kechib, yordamingga muhtoj insonning dardiga malham boʻlish, azob iskanjasidan qutqarishdir, pok dil, shirin til va teran aql bilan bemorni sogʻayib keta olishiga ishontira olish, koʻnglida umid uygʻota bilishdir.

– Tibbiyotning asosiy vazifasi insonlar umrini uzaytirish, hayoti sifatini yaxshilash. Qars – ikki qoʻldan chiqadi, deganlariday, odamlarning sogʻlom yashashi faqat tibbiyotga emas, ularning oʻzlariga ham bogʻliq. Biz boʻlimimizdagi bemorlarni davolash bilan bir qatorda shular haqida keng tushuntiramiz, – deydi tuman Tibbiyot birlashmasi kardiologiya boʻlimi mudiri Ikromjon Yoʻldoshev.

Uning shifokorlik faoliyatini boshlaganiga 26-yil boʻlayapti. Toshkent Tibbiyot oliygohini 1993-yilda tugatgach, dastlabki faoliyatini Nukus shahrida boshladi, tumanimizga kelib, hudud terapevti, 1994-1996-yillarda markaziy poliklinika kardiologiya xonasi shifokori boʻlib ishladi, 1996-yildan beri esa tuman Tibbiyot birlashmasining kardiologiya boʻlimiga mudirlik qilib kelayapti. Asosan 30-oʻringa moʻljallangan boʻlimda yurak ishemik, gipertoniya, revmatoid artrit, bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi kabi ogʻir holatdagi bemorlar davolanadi. Bunday asorati uzoq vaqtga choʻziladigan kasallikka qarshi kurashish shifokordan sabr-toqat, chuqur bilim va malaka bilan bir qatorda xushmuomalalikni talab qiladi. Ikromjon bularning uddasidan chiqa olgani uchun ham doimo bemorlarning olqishlariga sazovor boʻlib kelayotir. Bemorlarni samarali davolashda unga davolovchi shifokor Shirin Karimova va 16 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari koʻmakdosh boʻlishayapti.

Keyingi yillarda boʻlim dorini bemor tomiriga belgilangan muddatda yuboradigan shprits-nasos, bir sutkalik yurak urishini va zoʻriqqan holatini tekshiradigan, davolaydigan zamonaviy apparatlar bilan taʼminlangani bemorlarga aniq tashhis qoʻyish va tezkor davolash imkonini berayapti. Joriy yil boshidan beri boʻlimda 1253 nafar bemorlar davolanib, oilasi bagʻriga qaytdilar. Shunday lahzalarni kuzatgan kishi ularning, oila aʼzolarining Ikromjondan va boʻlimning barcha xodimlaridan behad minnatdor boʻlib ketayotganiga guvoh boʻladi. Shu boisdan ham Ikromjon Yoʻldoshevni koʻpchilik taniydi, kamtarin va xushmuomala, fidoyi inson sifatida hurmat qiladi. Shifokor uchun bundan ortiq martaba boʻladimi?

Biz Ikromjonni yurtimizda 10-noyabr kuni keng nishonlanayotgan Tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy qutlab, xalqimiz sogʻligi yoʻlida tolmas kuch-quvvat tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026