16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:33
Fan va taʼlim 👁 602

FAN OYLIGI DOIRASIDAGI TADBIRLAR OʻQUVChILARNING RUS TILIGA BOʻLGAN QIZIQIShLARINI OShIRDI

FAN OYLIGI DOIRASIDAGI TADBIRLAR OʻQUVChILARNING RUS TILIGA BOʻLGAN QIZIQIShLARINI  OShIRDI

Til bilgan - el biladi, deydi xalqimiz. Ayniqsa bugungidek globallashuv jarayoni kechayotgan davrda bir nechta tillarni mukammal bilish juda muhim. Bu har bir odamga turli xalqlar vakillari bilan muomala qila olish, adabiyoti, madaniyati bilan tanishish imkoniyatini beradi. Badiiy, ilmiy adabiyotlarni yozilgan tilda oʻqiganga ne yetsin!

Mamlakatimizning umumiy oʻrta taʼlim maktablarida shuning uchun ham rus, ingliz va boshqada xorijiy tillarni oʻquvchilarga oʻrgatishga eʼtibor kun sayin kuchaymoqda. Tillarni, barcha fanlarni oʻquvchilarning puxta oʻzlashtirishlariga erishish-

da umumtaʼlim muassasalarida taʼlim jarayoniga tatbiq etilgan fan oyliklarining oʻrni juda muhim.

Fan oyliklari muassasalardagi taʼlim - tarbiya jarayonining sifatini yaxshilashga, fan oʻqituvchilarining pedagogik mahorati oshishiga, ularning ijodiy izlanishlari va mehnatini roʻyobga chiqarishga xizmat qilishi bilan juda ahamiyatlidir. Shuningdek, oʻquvchilarga biror fanni chuqur oʻrgatishga yoʻnaltirilib, ularning mazkur fandan olgan bilimlarini namoyish etishlariga ham imkoniyat yaratadi.

60-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida noyabr oyida rus tili fan oyligi doirasida oʻtkazilgan tadbirlar ham oʻquvchilar uchun gʻoyat qiziqarli va maroqli boʻldi. Avvalo 11-sinf mavjud boʻlgan muassasada oylikni namunali tashkil etish boʻyicha reja ishlab chiqilib,ushbu reja asosida har bir tadbir belgilangan muddatlarda oʻtkazilishiga erishildi.Oʻquvchilarga bu borada maʼlumotlar berildi va iqtidorini sinovdan oʻtkazishlariga yaratilayotgan imkoniyatdan foydalanish lozimligi tushuntirildi. Shuning uchun ham oylik davomida oʻtkazilgan ochiq darslar oʻquvchilar uchun ham, ularning ota - onalari uchun ham qiziqarli boʻldi. Turli mavzularda oʻtkazilgan viktorinalarda,”Rus tili bilimdoni” tanlovida oʻquvchilar faol qatnashib, gʻoliblik uchun intilishdi. Oylik oxirida rus tili fani boʻyicha daftarini eng ozoda saqlagan, eng chiroyli yozgan, eng koʻp sheʼr yod olgan, dars mashgʻulotlarini eng yaxshi oʻzlashtirgan oʻquvchilar ragʻbatlantirildi. Eng yakuniy maʼnaviy- maʼrifiy tadbir – “ Biz rus tili bilimdoni boʻlamiz” deb nomlandi. Tadbirda oʻquvchilar rus tili adabiyoti darsligidagi ertaklar qahramonlari rasmlarini chizish, rus xalqi laparlaridan aytish, raqslarini ijro etish, sahna koʻrinishlar namoyish etish boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Tadbirga oʻquvchilarning jiddiy tayyorgarlik koʻrishgani, har birining gʻoliblik uchun intilgani meni juda quvontirdi. Bolalar bilan ularning qobiliyatlarini rivojlantirish uchun darsdan tashqari shugʻullanishim ham zarur ekanligini anglab yetdim,- deydi rus tili fani oʻqituvchisi Tozagul Safarniyozova.

Bellashuvda oʻquvchilar bilimi va iqtidorini tadbirda qatnashgan sinflar rahbarlari baholab borishdi. Hakamlar hayʼatining gʻoliblarni eʼlon qilib, taqdirlashi oʻquvchilarga ham, oʻqituvchilarga ham eng hayajonli lahzalarni hadya etdi.

Rus tili fan oyligining yakunlovchi tadbiri maktabning rus tili fani oʻqituvchisi Tozagul Safarniyozova, maktab direktori oʻrinbosarlari Doʻsimbat Bozorboyev, Boʻtakoʻz Xudoyberberganovalar hamkorligida tayyorlandi. Fan oyligi doirasida amalga oshirilgan chora - tadbirlar oʻquvchilarning mazkur fanga qiziqishlarini oshirdi, yanada qunt bilan oʻqib- oʻrganish uchun intilishga ruhlantirdi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019