17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 01:41
Siyosat 👁 645

Uchastkalar saylovga tayyor!

Uchastkalar saylovga tayyor!

Mamlakatimiz muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtadigan sana tobora yaqinlashmoqda.

Aytish mumkinki, saylovlar mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalarning dastur va rejalari nechogʻlik hayotiyligini, qolaversa, yurtdoshlarimizning amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarga haqqoniy munosabatini ham koʻrsatib beradi. Har bir saylovchining huquq va burchlarini chuqur anglagan holda bu siyosiy jarayonda faol ishtirok etishi saylovlarning qonuniy asosda oʻtishini taʼminlaydi.

Shu boisdan ham tumanimizda tashkil etilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov oʻtkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan targʻibot-tashviqot ishlari munatazam olib borilayapti.

Choykoʻl Madaniyat markazi binosida joylashgan 127-sonli uchastka saylov komissiyasi tarkibi 11 kishidan iborat. Komissiya aʼzolari hududdagi 1 ming 401 nafar saylovchilar bilan muntazam ish olib borishmoqda. Xonadonma-xonadon yurib, aholi xatlovdan oʻtkazildi va ularning yagona elektron roʻyxati shakllantirildi. Komissiyaning  har bir aʼzosi oʻziga biriktirilgan hududdagi saylovchilarni saylov qonunchiligimizdagi yangiliklar bilan tanishtirib, saylov kunida oʻzlarining eng munosib deb bilgan nomzodlariga ovoz berishi ularning fuqarolik burchi ekanligini tushuntirdilar.

Hozir saylov uchastkasida tayyorgarlik jarayoni qizgʻin pallaga kirgan. Binoda saylov jarayonini oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ovoz berish kabinalari, qutisi, siyosiy partiyalar kuzatuvchilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun joy hozirlangan. Uchastkada tibbiyot xonasi ham tashkil etilgan. Saylovga doir targʻibot materiallari joy olgan burchakka deputatlikka nomzodlarning plakatlari ham oʻrnatilgan.

86-sonli uchastka saylov komissiyasi 82-sonli maktab binosida joylashgan. Mazkur binoda saylovlar kunida 2 ming 150 nafar saylovchilar oʻzlarining munosib nomzodlari uchun ovoz berishadi. Ushbu jarayonni tartibli, haqqoniy, saylovchilar faolligida oʻtkazish uchun puxta tayyorgarlik koʻrildi. Saylov uchastkasi saylov qonunchiligimizga oid materiallar, uchastka saylov komissiyasi faoliyati toʻgʻrisida axborot beruvchi stendlar bilan bezatilgan. Binoda saylovchilarning ovoz berish kabinalari, saylov qutisi, siyosiy partiyalar kuzatuvchilari va ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Saylov uchastkasi hududidagi aholining yagona elektron roʻyxati shakllantirilib, ular bilan muntazam ish olib borilayapti.

Uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining unumli ishlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Saylovchilarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida 15 nafar komissiya aʼzolari tinimsiz ish olib borishayapti. Har kuni uchastkaga kelib saylovlarga doir savollar bilan murojaat qilayotganlar ham koʻpchilikni tashkil qiladi.

2019-yil 22-dekabr. Oʻtayotgan daqiqalar bizni ushbu sanaga – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylovlar kuniga tobora yaqinlashtirmoqda.

Xalqimiz ovoz berish jarayonida yangi qabul qilingan saylov Kodeksiga muvofiq  jamoatchilik nazorati, ochiqlik va oshkoralik taʼminlanishiga ishonadi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026