17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 01:42
Siyosat 👁 488

UChASTKALAR SAYLOVGA TAYYoR!

UChASTKALAR SAYLOVGA TAYYoR!

Amudaryo tumanidagi barcha saylov uchastkalarida 22-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan saylovlarga qonun talablariga muvofiq puxta hozirlik koʻrildi. Uchastka saylov komsissiyalari aʼzolari saylovlarni aholining ijtimoiy faollik oʻsgan, fuqarolarning amaldagi islohotlarga, siyosiy partiyalarga talabchanligi oshgan bir sharoitda qonun talablari asosida oʻtkazishga qizgʻin hozirlik koʻrmoqdalar.

Navoiy nomli mahalla hududidagi 30-sonli maktabda joylashgan 79-saylov uchastkasida 2 ming 831 nafar saylovchi roʻyxatga olingan.

Uchastka saylov komissiyasi joylashgan bino qonunchilikda belgilangan talablar asosida jihozlandi. Shuningdek, zarur texnika vositalari – telefon, faks, nusxa koʻchirish apparati va tegishli adabiyotlar bilan taʼminlandi. Ovoz berish kabinalari, statsionar va koʻchma saylov qutilari tayyorlandi. Saylov qonunchiligiga oid maʼlumotlar, saylovchilar huquq va majburiyatlari toʻgʻrisidagi targʻibot vositalari koʻrinarli joyga osib qoʻyildi.

Uchastka saylov komissiyasi raisi Quvvatboy Niyozov, masʼullari Azimboy Duschanov, Rashid Davletov hamda boshqa aʼzolari saylovlarning ochiq, oshkora va xolislik mezonlari asosida yuqori saviyada, uyushqoqlik bilan oʻtishini taʼminlash maqsadida saylovchilarga qulay shart-sharoit yaratishga harakat qildilar.

Targʻibot-tashviqot tadbirlari tashkil qilinib, hududdagi saylovchilarga yangi Saylov kodeksi, siyosiy partiyalar, fuqarolarning huquq va burchlari, muddatida avval ovoz berish tartibi toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berildi.

Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati vakolatli davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan axborot negizida shakllantirildi va uyma-uy yurish jarayonida unga aniqlik kiritildi.

Tuman Madaniyat boʻlimida joylashgan 80-sonli saylov uchastkasida ham komissiya raisi Shuhrat Yusupov va masʼullar Tursunboy Serikboyev, Oʻktam Yangiboyevlar saylovga tayyorgarlikni saylovchilarning yagona elektron roʻyxati bilan shugʻullanishdan boshlashdi. Komissiya aʼzolari uyma-uy aylanib, saylov huquqiga ega boʻlgan 2 ming 836 nafar fuqaroning maʼlumotlarini “Yagona elektron roʻyxat” bilan solishtirib chiqdilar.

Shuningdek, deputatlikka nomzodlarning saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni taʼminlash va saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga koʻmaklashish, ishonchli vakillarini roʻyxatga olish, tegishli guvohnomalar berish ishlariga ham komissiya tomonidan alohida eʼtibor qaratildi.

Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji binosida joylashgan 83-sonli saylov uchastkasi ham 22-dekabr kuni oʻtkaziladigan saylovlarga tayyor holatga keltirildi.

Uchastka  saylov komissiyalari zaruriy  vositalar, adabiyotlar bilan taʼminlanib, saylovchilar uchun qulay  shart-sharoitlar yaratildi. Saylov komissiyasi aʼzolari adliya organlarining mutaxassislari bilan birgalikda hududdagi mahallalar, korxonalar, taʼlim muassasalarida saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazdilar. Undan tashqari, saylovchilarining huquqiy bilimini yanada yuksaltirish va saylov madaniyatini oshirish, Saylov kodeksining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, aholining oʻz konstitutsiyaviy huquqlaridan toʻgʻri foydalanib, saylovlarda faol ishtirok etishiga va daxldorlik tuygʻusini kuchaytirishga eʼtibor qaratildi.

Bir soʻz bilan aytganda, Amudaryo tumanidagi barcha saylov uchastkalari mamlakatimiz hayotidagi eng muhim ijtimoiy-siyosiy voqea – boʻlajak saylovlarga toʻliq tayyor holatga keltirildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026