16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 23:18
Siyosat 👁 556

SAYLOVLAR ShAFFOF TARZDA OʻTKAZILMOQDA, 72 NAFAR KUZATUVChI JARAYoNNI KUZATIB BORMOQDA

SAYLOVLAR ShAFFOF TARZDA OʻTKAZILMOQDA, 72 NAFAR KUZATUVChI JARAYoNNI KUZATIB BORMOQDA

2019-yil 22-dekabr tongini yurtdoshlarimiz oʻzgacha, koʻtarinki ruhda kutib oldilar. Saylov huquqiga ega boʻlgan hamyurtlarimiz ertalabdanoq ezgu niyatlar bilan oʻzlari yashayotgan hududdagi saylov uchastkalariga yoʻl olmoqdalar.

Aytish joizki, saylov uchastkalarida saylovchilarning emin-erkin oʻz xohish-irodasini ifoda etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Koʻzi ojiz, nogironlik aravachalarida harakatlanuvchi saylovchilar uchun ham teng sharoitlar hozirlangan.

Yangi saylov Kodeksiga muvofiq bugungi saylovda siyosiy partiyalarning, xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilaridan tashqari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakillari ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqdalar.

Tumanimiz boʻyicha saylov jarayonlarida saylovda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan siyosiy partiyalarning, oʻzini oʻzi boshqarish organlarining 72 nafar kuzatuvchilari ishtirok etishmoqda. Ular shu kungacha saylov komissiyalarining yigʻilishlarida, shuningdek, nomzod koʻrsatishga, nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuviga bagʻishlangan yigʻilishlarida qatnashib, saylov uchastkalarida saylovga tayyorgarlikning borishini kuzatib borgan boʻlsalar, aynan bugun saylovning shaffof, haqqoniy oʻtishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirmoqdalar. 86-sonli saylov uchastkasida saylov jarayonida Murodboy Primov Olmazor mahalla fuqarolar yigʻini vakili sifatida kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda.

– Eng munosib nomzodlarning ovoz olishidan mahalla juda manfaatdor. Chunki kelgusida hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishlar koʻp jihatdan saylangan deputatlarga ham bogʻliq, – deydi u.

Uchastkada saylov jarayonini kuzatgan kishi fuqarolarning saylovda ishtirok etish huquqidan foydalanib, munosib nomzodlarini faollik bilan qoʻllab-quvvatlayotganiga guvoh boʻladi.

– Bugun mening hayotimda oʻchmas iz qoldirgan kun boʻldi. Chunki men ilk bor saylovda qatnashish imkoniga ega boʻldim. Shu kungacha qonunchiligimizdagi saylovchi huquqlariga doir maʼlumotlar bilan, hududimizdan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga koʻrsatilgan nomzodlarning saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanishib chiqdim. Shuning uchun bugun hech ikkilanmay oʻzim munosib deb bilgan nomzodimni qoʻllab, ovoz  berdim, – deydi Olmazor mahallasida istiqomat qiluvchi, Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Sevara Ismoilova.

U talabalar saylovda ishtirok etishlariga imkoniyat yaratish maqsadida mamlakatimizdagi barcha Oliy taʼlim muassasalarida qishki taʼtil 20-dekabrdan boshlanganidan ham xursand.

26-sonli maktabda joylashgan 128-saylov uchastkasida  bugun 2056 nafar saylovchilar ovoz beradi. Ularning 9 nafari maʼlum sabablarga koʻra 22-dekabr kuni oʻz hududlarida boʻla olmasliklari tufayli muddatidan oldin ovoz berishgan.

Saylov uchastkasida boʻlgan kishi hudud aholisining ertalabdan oʻz fuqarolik burchini ado etish uchun kelayotganining guvohi boʻladi.

Yolgʻosh ota Yoʻldoshev keksaydim demay, el xizmatida, koʻchaboshchi. U bugun mazkur saylov uchastkasida Bosu mahalla fuqarolar yigʻini vakili sifatida kuzatuvchilikdek masʼuliyatli vazifani ado etayapti.

– Saylovoldi targʻibot yaxshi olib borilgani tufayli saylovchilar faol, jarayonda qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻyilmayapti, – deydi otaxon xursandchilik bilan.

26-sonli maktab oʻqituvchisi Gʻayrat Shukurlayev esa Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan ushbu uchastkaga kuzatuvchi qilib biriktirilgan.

– Saylovchilar saylovga doir qonunchilik bilan batafsil tanishtirilgan. Shuning uchun ham hamma faollik bilan oʻz nomzodlariga ovoz berayapti. Oʻz vakolatimdan foydalanib, jarayonni boshidan oxirigacha kuzataman. Saylov shaffof va haqqoniy oʻtayotganidan xursandman, – deydi u.

Hudud keksalaridan biri Karimboy Otabullayev mahalladoshlari bilan yurt kelajagiga jon kuydiradigan nomzodlarga ovoz berishni oʻz burchi deb bilib, ertalabdanoq saylov uchastkasiga kelib, boshqalarga namuna boʻldi.

Mahalla yoshlarining vakili Sardor Xalillayev esa ilk bor saylovda ishtirok etib ovoz berish huquqiga ega boʻlganidan xursand.

Xullas, mamlakatimizning hech bir fuqarosi bugungi ijtimoiy-siyosiy jarayonga befarq boʻlmagan holda saylovlarda faollik bilan ishtirok etmoqda.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026