16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:52
Jamiyat 👁 2,650

Tejamli tuzilar, deyishgani bejiz emas

 Tejamli tuzilar, deyishgani bejiz emas

Bu voqeaga bir oycha boʻldi. Qarindoshlarimni koʻrgani Urganchga otlangandim. Shoshib, ertaroq chiqib qoʻyibmanmi, avtobusga yoʻlovchilarning toʻlishini kutib, ancha oʻtirib qoldim. Menga yondosh oʻrindiqqa 18-20 yoshlar atrofidagi ikki qiz kelib oʻtirdi-da bijirlashib suhbatga tushib ketishdi.

- Chevarga nima qilsang ham koʻylagimni tuzatib berasan yo matoning pulini toʻlaysan, dedim.

- Koʻylagingni olmay ketib, yaxshi qilibsan. Axir bir yarim metrdan bir koʻylakni yaxshilab tikib berolmagandan soʻng nimayam deysan. Mana, mening shu koʻylagim bir yigirmadan chiqqan.

- Oʻzi koʻnglim tortmagandi, yaxshi tikadi, deyishganiga... Oʻzi biz tengi qiz ekan, tsex ochib oʻtirganini ayt.

- Necha yoshdasizlar, qizlarim? - dedim ularga.

- Yigirma birdamiz, - deyishdi qizlar suhbatiga qoʻshilganimga ogʻrinib.

- 21 yoshda boʻlsanglar ham koʻylak tikishni bilmaysizlarmi? Uzatadigan yoshga yetibsizlar-u koʻylaklaringni birovga tikdirasizlarmi?, - dedim kulib.

- Hamma shunday qiladi, momo, - deyishdi qizlar.

- Hozir afsuski shunday, - gapimizga qoʻshildi oʻrta yashar kishi. – Qizlar-ku qizlar, yigitlar ham hunarga qiziqmay qoʻyishgan. Kecha qoʻshnimning ikki bolaning otasi boʻlgan oʻgʻli "derazamning oynasini qoʻyib berolmaysizmi? Yozda salqin boʻlsin, deb olib qoʻygandim, endi joyiga qoʻyaolmayapman”, deydi menga. Oʻzi yilning yarmida turli shaharlarda mardikorlikda yuradi. Shuniyam eplolmasang, sen qanday ustasan, deb kuldim.

- Men suvoqchiman-da, - deydi uyalmay. Suvoqchi oyna qoʻyishni oʻrganmasin, deb kim aytibdi. Odam qiziqishi kerak. Erkak kishi oilasiga asqotguday hamma ishni bilishi kerak. Hozir ikki-uch soatlik ishim bor edi, deb usta qidirib yuradiganlar ham koʻp. Shu ishga oʻzi urinsa-ku uddasidan chiqib ketadi. Qunt qilsa, birovning qoʻlidan kelgan ish hammaning ham qoʻlidan keladi.

- Ana, eshitdinglarmi, - dedim qizlarga. Sizlar ham koʻylak tikishni oʻzlaringiz oʻrganganingizda birovga yalinib yurmasdingiz. Chevarga degan puli yoniga qolardi onangizning.

Men hozir 68 yoshdaman. Baʼzilarga oʻxshab "hozirgi yoshlar” deb kamsitmoqchi emasman-u lekin aslida ham hozirgi yoshlarning koʻpchiligi epsiz boʻlib voyaga yetayotgani bor gap. Kiyim tikdirishga, yuvdirishga, soch boʻyatishga, turmaklatishga, hatto biron toʻy-bazmga bormoqchi boʻlgan qiziga qosh-kiprigini boʻyatishga ham pul beradi ota-ona bechora. Oʻgʻildir, qizdir boradigan manzili 200-300 metrdan oshsa, turgan gap, taksiga chiqadi. Bular bari birgina mening emas, hammamizning koʻz oʻngimizdagi  boʻlayotgan voqealar.

Beixtiyor oʻylab qolasan: mehnatning qadriga, mehnat qilib topilgan pulning qadriga qachon yetishadi ular? Bular borib turgan tarbiyasizlik emasmi?

Men esimni taniganimdan to nafaqaga chiqqunimcha dalada ishladim. U paytlarda paxtaning mehnati ogʻir, tong otganidan kun botgunicha dalada boʻlardim. Ikki-uch soat tushlikka kelib roʻzgʻorimizning ancha ishini qilib ketardik. Qolganini kechasi bajarardik. Koʻylak tikishgina emas, hatto quroq koʻrpacha, yostiqlar ham tikardik, dastroʻmollar toʻqirdik. Avvallari qiz uzatib borganda kelinning tikkan kashtalari koʻz-koʻz qilinardi. Kashtasi chiroyli kelin rosa maqtalardi. Hozir esa... Bular-ku qizlar haqidagi fikrlarim. Hatto bir mixni eplab qoqolmaydigan, tuflisining tagi ochilsa, yelimlay olmaydigan yigitlar ham koʻp.

Mening  bu soʻzlarimni oʻqiganlar epsiz odam ham rizqi bilan yaralgandir, sizga ne qaygʻurib, der ehtimol? Toʻgʻri, lekin mehnat qilmagan oʻgʻil-qiz pulning qanday topilishini bilmaydi, sarflaganiga joni achimaydi, ota-ona  mehnatini qadrlamaydi. Shuning uchun ham modadan qolgan koʻylakni toʻzmasa-da kiyishmaydi. Dasturxonda ortgan, boʻlak, qotgan nonni bemalol tashlayverishadi. Qotgan nondan ozgina shakar aralashtirib talqon qilish yo nonqovurdoq pishirish mumkin. Polizimizdagi pomidor, bulgʻor qalampiri, piyoz, sabzi qoʻshib nonqovurdoqni pishirib, koʻkatlar sepib, dasturxonga torting-chi, qaysi taomdan qolisharkan? Agar kelinlarimiz, qizlarimiz shunday qilsa, ham lazzatli taom pishirib uydagilarini xursand qiladi, ham qotgan nonning uvol boʻlishining oldini oladi.

Tejamli oilada baraka boʻladi, deyishadi. Tejamli tuzilar, deyishgani ham bejizga emas.

Bir kuni birga oʻynab oʻsgan dugonamnikiga mehmonga bordim.

- Tur, oʻrningdan, - dedi dugonam koʻrpacha solishga chogʻlanib.

- Qoʻyaver, oʻtirib boʻldim, mana hammayogʻing koʻrpacha-ku, - dedim endigina oʻtirgan joyimdan qoʻzgʻalishga ogʻrinib.

- Bunisi boshqacha, - kuldi dugonam.

Beixtiyor qoʻlidagi koʻrpachaga qaradim. Qaradim-u...

Bundan yigirma yilcha oldin, istiqlolning ilk yillari, tirikchilik ogʻir damlar edi. Bir koʻylaklik mato olay desam hech roʻzgʻordan orttirolmay yurgandim. Bir kuni dugonam kelib, tugʻilgan kuning esimga tushib ketdi, oʻzimgayam, sengayam tikdim deb qoʻlimga yangi koʻylak  tutqazdi. Aynan shunaqasini oʻzi kiyib kelibdi.

Dugonamning menga toʻshamoqchi boʻlib turgan koʻrpachasi oʻsha koʻylakdan edi.

- Yelkasi sal oqarsa-da etagi butun ekan. Yaqinda bir sandiq titganimda koʻrib qoldim-da uvol boʻlib yotmasin deb koʻrpacha qildim, - deya kuldi dugonam.

Menimcha dugonamga oʻxshagan haqiqiy tejamkor, uvoldan qoʻrqadigan onaxonlar, isrofgarchilikning oqibatini aytguday otaxonlarimiz koʻp. Faqat ular bilganini qilishsin, qabilida ish tutmay, yoshlarga eʼtiborliroq boʻlishsa, kamchiligini vaqtida aytib turishsa, tushuntirishsa, foydasi tegadi, albatta.

Roziya momo,

"Toʻlqin” ovuli.

(Foto - http://www.12news.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019