16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:28
Qishloq xoʻjaligi 👁 593

QISh ChILLASIDA HAM BUGʻDOYZORLAR YaM-YaShIL

QISh ChILLASIDA HAM BUGʻDOYZORLAR YaM-YaShIL

Dehqonning ish vaqti qachon boshlanib, qachon tugashini faqat uning oʻzi biladi. Tong bilan shom oraligʻida tinim bilmay ishlagan dehqon baʼzan oqshom paytlari ham dala kezadi. Ayniqsa, bahorgi ekish paytida, hatto butun yoz boʻyi asosiy vaqti bepoyon ekinzorlarda kechadigan dehqonning orom oladigan damlari juda kam. Kuzda hosili yigʻib olingan dalalarda kuzgi-qishgi yumushlar boshlanadi. Yerlar shudgorlanadi, unib chiqqan bugʻdoy nihollari parvarish qilinadi. Shuning uchun ham bobodehqonlarimiz qish fasli – ish fasli, deb bejiz aytishmagan. Ularning mana shunday tinimsiz mehnatlari orqasidan xirmonlarda moʻl-koʻl hosil toʻplanadi.

Yerning tilini, tabiatini bilgan dehqonga bizning tumanimiz iqlim sharoitida ham bugʻdoydan yuqori hosil olish imkoniyati bor. Buning birdan-bir omili – yerga eʼtibor va maysalarni mehr bilan parvarish qilishdir.

Oʻtgan 2019-yilda tumanda gʻalla yetishtirish boʻyicha yaxshi natijalarga erishildi. Gʻallakorlarimiz davlatimiz xirmoniga 9749 tonnadan ziyod don topshirib, bu boradagi shartnomaviy rejalarini Qoraqalpogʻistonda birinchilardan boʻlib, ortigʻi bilan bajarishga erishdilar. Gʻalla yetishtirishdan olingan jami daromad 12 mlrd. 248 mln. soʻmdan oshdi.

Qipchoq ovulidagi “Haytimbetov Sulton” fermer xoʻjaligi rahbari Anvar Haytimbetovni ham ayni kunda izlasangiz, daladan topasiz. Kelayotgan yangi dehqonchilik yiliga  taraddudni kech kuzdayoq boshlab yuborishga odatlangan Anvar Haytimbetov oʻz fermer xoʻjaligi tasarrufidagi yerlarning tabiatiga monand ish yuritadi. Qaysi dalaga qanday ishlov berish kerak, qay birida almashlab ekishni yoʻlga qoʻyish zarur? Barining hisob-kitobini puxta qilgach, kuzgi-qishgi tadbirlarni boshlaydi.

Oʻtgan dehqonchilik yili Anvar Haytimbetov rahbarligidagi fermer xoʻjaligi uchun barakali boʻldi. 52 gektar paxta maydonidan 140 tonnalik hosil olishib, shartnomaviy rejalarini oshirib ado etishdi.

Koʻpchilik fermer xoʻjaliklari rahbarlari bugʻdoy yetishtirish bizning iqlim sharoitimizga toʻgʻri kelavermaydi, deb bahona qilishadi. Anvar Haytimbetovning esa bu borada fikri tamoman boshqa.

“Haytimbetov Sulton” fermer xoʻjaligi gʻallakorlarining 2019-yilda xirmonlari donga toʻldi. 17 gektar yerning har gektaridan 70 tsentnerdan hosil olishdi. Yetishtirilgan hosilning 51 tonnasi davlat xazinasiga topshirildi. Fermer xoʻjaligi ixtiyorida qolgan 40 tonnadan ziyod gʻallaning 10 tonnasi xoʻjalik ishchilariga taqsimlab berildi. Gʻalladan, paxta yetishtirishdan moʻl-koʻl daromad olgan xoʻjalik ishchilarining kayfiyati baland.

Ayni kunlarda fermer xoʻjaligi ishchilari 2019-yilning kuzida ekilgan 17 gektarlik bugʻdoyzorlar parvarishini agrotexnika qoidalari asosida olib borishmoqda. Kuzgi bugʻdoy ekishda har gektar hisobiga 250 kilogrammdan fosforli oʻgʻit berilib, unib chiqqan bugʻdoy maysalalari gektariga 200 kilogrammdan karbamid organik oʻgʻiti bilan oziqlantirilgani uchun bugʻdoy maysalari ayni qish chillasida ham yam-yashil tusga kirgan.

Xoʻjalik ishchilari Hamdam Hayitboyev, Omon Yendirboyev, Ikrom Boboniyozov, Yoʻldosh Yoqubovlar, mexanizatorlar Fayzulla Shomurodov va Olim Iskandarovlar dalalar boshiga mahalliy oʻgʻit chiqarish, kompost tayyorlash kabi ishlarda fidoyilik bilan mehnat qilmoqdalar. Shu kungacha xoʻjalik ishchilari 100 tonnaga yaqin mahalliy oʻgʻit jamgʻarib qoʻyishdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026