16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 19:21
Qishloq xoʻjaligi 👁 500

“ChORVANASL” MARKAZI TUMAN BOʻLIMI MUTAXASSISLARIGA XIZMAT VELOSIPEDLARI TOPShIRILDI

“ChORVANASL” MARKAZI TUMAN BOʻLIMI MUTAXASSISLARIGA XIZMAT VELOSIPEDLARI TOPShIRILDI

Mamlakatimizda chorvachilik tarmogʻini jadal rivojlantirish, chorva mollarining mahsuldorligini oshirish, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari hamda aholi qaramogʻidagi yirik shoxli qoramollar va qoʻy-echkilar naslini yaxshilash, sunʼiy urugʻlantirishni tashkil etish hamda naslchilik ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, chorva ozuqa bazasini mustahkamlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jaydari qoramollar va qoʻy-echkilar oʻrnini zotdor, sermahsul turlar bilan toʻldirish, sifatli goʻsht va sut mahsulotlari yetishirishni yanada koʻpaytirish maqsadida olib borilayotgan saʼy-harakatlar buning yaqqol dalilidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  2019-yil 28-martdagi 4254-sonli Qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzurida “Oʻzbekchorvanasl” Agentligi tashkil etildi.  Ayni paytda ushbu Agentlikning hududiy va tuman boʻlimlarining faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi huzurida ham “Chorvanasl” markazi tashkil etilib, tumanimizda mazkur markazning veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi ish boshladi. Boʻlimga 11 nafar texnik oseminatorlar ishga qabul qilindi. Boʻlim mutaxassislari xizmat vazifalarida uzviylik, sifat va samaradorlikni taʼminlash maqsadida davlat tomonidan 2 ta kompyuter va 2 ta printerlar berildi.

Tumanda sohaga qaratilayotgan mana shunday eʼtibor tufayli chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish yil sayin oshmoqda. Ayni paytda tumanimizda 49 ta chorvachilik subʼektlari faoliyat koʻrsatmoqda. Shundan 13 tasi fermer xoʻjaliklari, 36 tasi turli yoʻnalishdagi qishloq xoʻjalik korxonalari hisoblanadi. Ushbu xoʻjaliklarda 161,9 ming bosh yirik shoxli qoramollar boʻlib, shundan 103,5 ming bosh qoramol dehqon va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda, 200 bosh qoramollar fermer xoʻjaliklarida, 1000 bosh qoʻy-echkilar qishloq xoʻjalik korxonalarida zooveterinariya qoidalari asosida parvarish qilinmoqda.

Oʻtgan 2019-yilda chorvachilik  subʼektlari ixtiyoridagi 2289 gektar yer maydoni va yaylovlar, ekishlik yerlarga oʻz vaqtida agrotexnik ishlov berish, zootexnika vositalaridan unumli foydalanish natijasida chorvachilik xoʻjaliklari tomonidan tirik vaznda 10 ming 495 tonna goʻsht, 37 ming 650 tonna sut mahsulotlari yetishtirildi.

6-yanvar kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi huzuridagi “Chorvanasl” markazining tuman boʻlimida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Fayzulla Saʼdullayev, tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Alisher Matkarimov hamda “Chorvanasl” markazi tuman boʻlimi vakillari ishtirok etdilar.  texnik oseminatorlarga 11 ta xizmat velosipedlarini topshirdilar. Shu bilan birga tumanimizda chorvachilik subʼektlariga malakali veterinariya xizmatini koʻrsatish yuzasidan tegishli maslahatlar berdilar.

Chorvachilik subʼektlariga zooveterinariya xizmati koʻrsatish sifatini yaxshilash chorvachilik mahsulotlari yetishtirishda yuqori natijalarga erishishni taʼminlaydi.  barcha toifadagi chorvachilik subʼektlari va aholi qaramogʻidagi yirik shoxli qoramollar, qoʻy-echkilar mahsuldorligini oshirish, naslini yaxshilash, zotdor qoramollarni tumanimiz iqlim sharoitiga moslashtirish borasidagi ishlarni yanada yaxshilash va veterinariya xizmati samaradorligini oshirish maqsadida rejaviy-tadbirlar ishlab chiqilib, ish olib borilmoqda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026