16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:28
Sport 👁 631

Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Rustam Hotamov amudaryolik sportchi yoshlar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Rustam Hotamov amudaryolik sportchi yoshlar bilan uchrashdi

Yoshlar yurtimizning ertangi kuni. Shu boisdan ularning kelajakda komil insonlar boʻlib voyaga yetishlari uchun davlatimiz va butun xalqimiz masʼul. Hozirda barcha jabhada yoshlar masalalariga, ularning taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, yoshlar oʻrtasidagi ularning hayotiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

16-yanvar kuni Amudaryo tumaniga yoshlarning bugungi faoliyati va qiziqishlari bilan yaqindan tanishish, ularning hayotini oʻrganish, qiynayotgan muammolarni aniqlash va hal qilish maqsadida tashrif buyurgan Pespublika ishchi guruhi aʼzolari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. Tadbirlar davomida ishchi guruh aʼzolari yoshlarning boʻsh vaqtlaridan unumli foydalanayotganliklari, ularning turli toʻgaraklarga jalb etilganligi, sport bilan shugʻullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan qiziqib, mavjud muammolarni oʻrganib chiqdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Rustam Hotamov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Aytbay Temirxanovlar tumandagi Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, Suv sporti saroyiga tashrif buyurib, sportchi yoshlar bilan uchrashdilar. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Islom Ahmedov, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov, Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Azizbek Qurboniyozov, tuman hokimligi va boshqa davlat organlari, tegishli tashkilotlar masʼullari ham  qatnashdilar.

Uchrashuv tadbirida mutasaddilar sport muassasalaridagi yoshlarning barcha sport turlari bilan shugʻullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar bilan tanishdilar. Muassasadagi toʻgaraklarda sport bilan shugʻullanayotgan yoshlar, ularga shugʻullanishni oʻrgatayotgan murabbiylarning faoliyati bilan qiziqdilar.

Sportchi yoshlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvda masʼullar sportning jismonan sogʻlom boʻlib voyaga yetishdagi ahamiyati, mamlakatni va iqtidorli yoshlarni dunyoga tanitishdagi oʻrni haqida soʻzladi. Sport bilan shugʻullanish yoshlarning sogʻlom, kuchli, mard va qatʼiyatli boʻlib kamolga yetishiga xizmat qilishini, yurtimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida eʼtiborning amaldagi samaralari – yoshlarimizning jahon va qitʼa miqyosidagi nufuzli musobaqalarda qoʻlga kiritayotgan yutuqlarda namoyon boʻlayotganini aytib oʻtdilar. Shuningdek, mamlakatimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilayotgan sportchi yoshlar koʻpchilikni tashkil qilishini, bu mohir sportchilar ulgʻayib kelayotgan oʻgʻil-qizlar uchun haqiqiy oʻrnak va namuna timsoliga aylanganligini eʼtirof etdilar.

 Amudaryolik sportchi yoshlar oʻz navbatida davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, sport muassasalaridagi mavjud sharoitlar haqida gapirdilar. Ular oʻzlarining mamlakat va jahon miqyosidagi sport musobaqalarda qoʻlga kiritayotgan yutuqlarini ham faxr-u iftixor bilan soʻzlab oʻtdilar.

Uchrashuv davomida tumanda istiqomat qiluvchi 16 yoshga toʻlgan 5 nafar yoshlarga dastlabki biometrik pasportlar tanatanali ravishda topshirildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026