16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:09
Adabiyot 👁 599

OILA BAXTI

OILA BAXTI

Taqdir ekan, Mahmudaning turmushi yaxshi boʻlmadi. Anvar bilan sevishib qurgan oilasidan befarzandlik tufayli ajrashdi. Anvarning raʼyiga qarab oz emas, oʻn uch yil sabr-toqat bilan yashadi. Qaynonasining kesatiqlari, irim-sirimlari, ovsinlarining, qaynsingillarining pichinglariga tishini-tishiga qoʻyib chidadi.

Sabrning ham chegarasi bor, deganlari rost ekan. Oxiri boʻlmadi, ketdi...

Oʻshanda Navroʻz yaqin edi. Har yili qaynonasi Navroʻz arafasida sumalak solardi.

– Sumalakda hikmat koʻp, bolam, zora farishtalar omin, deb boʻyingda boʻlsa, – derdi yaxshi niyatlar bilan.

Mahmuda ham umid, ham ishonch bilan sumalak qozoni atrofidan ketmay, charchadim demay, tunni-tongga ulab astoydil ishlardi. Oʻsha galgi Navroʻzda hadeganda sumalakka urinmayotgan qaynonasiga bu haqda gap ochdi-yu, yuragiga xanjar urilganday, turgan joyida gandiraklab ketdi.

– Oʻn uch yildan beri bir tugʻmas xotinni Alloh yorlaqasin, deb sumalak solaman, – dedi qaynonasi Ramiza ona, – Alloh ham xush koʻrmayotganga oʻxshaydi. Ju-da-a-a istab turgan boʻlsang, oʻzing solaver sumalakni!

Mahmuda hech narsa demadi. Nima desin! Qaynonasini ham tushunishi kerak. Oʻgʻlining yoshi oʻtib borayotir. Ana, oʻzidan keyingi uch uka-singillari ham bir etak bolali boʻlishgan. Kenja qaynsinglisi ham homilador.

“Ketishim kerak!” – qatʼiy qarorga keldi Mahmuda. U indamay uyga kirib, oʻziga zarur narsalarni sumkasiga joyladi. Asta hovliga chiqdi. Uzum zangisini koʻtarayotgan qaynisining yonida turgan  qaynonasining oldiga bordi. Qaynisi hayronlik bilan boqdi. Ramiza ona xuddi uning ketishini uzoq yillardan beri kutayotgan kabi xotirjam edi. Mahmuda: “Mendan rozi boʻling, dilingizni ogʻritgan boʻlsam, kechiring!”  demoqchi edi. Aytolmadi, tomogʻini gʻippa boʻgʻib turgan nimadir uni gapirishga qoʻymadi. Koʻzidan oqib tushayotgan achchiq yosh tomchilari yuzini yuvib, lablarini kuydirganday boʻldi. Asta koʻchaga yoʻnaldi. Qaynona jim, “qilt” etmadi. Qayni hayron.

Mahmuda darvoza ostonasidan hatlarkan, ortiga bir nazar soldi. Aftidan qaynisi uning ortidan chiqmoqchi boʻlgan-u qaynona uni toʻxtatishga urinardi.

– Checha, checha, toʻxtang, nima boʻldi, checha?

Mahmuda toʻxtamadi, qaynisini Ramiza ona qoʻyib yubormadi. U ketdi. To ota uyiga yetgunicha tomogʻiga tiqilgan faryod sirtiga chiqmay, ichini yondirib yubordi...

Mahmudaning hech kutilmaganda ketib qolishi Anvarni dovdiratib qoʻydi.

– Kimdir nimadir dedimi?

– Oʻzi ketdi, aqlli xotinning ishini qildi, endi bas qil, taqdirga tan ber, – dedi qatʼiy onasi.

Taqdirga tan berish Anvarga oson boʻlmadi. Mahmuda ishlaydigan maktabga qatnayverib, uning yoʻlini poylayverib charchadi. Ozib-toʻzib, odamovi boʻlib qoldi. Yaqinlarining qistovi bilan uylandi. Ikki qizi bilan beva qolgan yoshgina juvon uyim, joyim deb qanchalik mehr koʻrsatmasin, Anvar hamon Mahmuda ishlaydigan  maktabga qatnashini qoʻymasdi. Shunday kunlarning birida onasi gap topib keldi.

– Mahmuda turmushga chiqayotgan ekan.

– Nima? – xuddi tok urganday sapchib tushdi Anvar. – Nim-nimaga turmushga chiqadi?

– Esingni yeb qoʻyibsan sen bola. Nimaga emish? Nimaga boʻlardi, boshi ochiq ayol, xohlasa turmushga chiqadi, xohlasa...

– Chiqmaydi! – xontaxtaga bor kuchi bilan musht tushirdi Anvar. – Men uni qaytarib olib kelaman.

Nonushtaga endi oʻtirayotgan xotini Salomat ikkala qizalogʻini bagʻriga bosgancha angrayib qoldi. Anvarning vajohatidan qoʻrqib ketgan qizaloqlar chirillab yigʻlab yuborishdi.

– Uyalmaysanmi, bolam, – Ramiza onaning  ovozi qaltiradi, koʻzlariga yosh quyilib keldi. – Bola-chaqangda ne ayb, qara ularning es-hushini olib boʻlding. Bor, erkak boʻlsang, bor. Olib kelaqol, Mahmudang qaytarmikan? Mana bu qora koʻzlarni Alloh senga bir sinov uchun yubormadimikan, bolam!

Nihoyat xotini tilga kirdi.

– Yetimlarim yana bittaga koʻpayishini oʻylamabman, xudoyim, oʻzing kechir!

Jahl otiga minib, hoziroq Mahmudani yetaklab kelguday ahvoldagi Anvar xotinining iltijoli nigohlariga boqib, birdan shashtidan qaytdi.

U umrida hech qachon eshitmagan xush xabar qarshisida oʻzini yoʻqotib qoʻyayozdi.

– Yetim, yetim, nimalar deyapsan, Salomat? Qani, buyoqqa kelinglar, asal qizlarim! Ularni hargiz yetim dema, yetim dema! Qizlarim, mening qizaloqlarim, yaxshilik elchilarim mening!

Shu kundan boshlab Anvar oʻzgardi, oilasiga, xotiniga, bir yildan beri bolam demagan qizaloqlarga mehribon boʻlib qoldi. Qizi tugʻilgach, oilasiga bogʻlanib, Mahmudani unutdi...

***

Mahmuda ikkinchi turmushidan ham farzandli boʻlmadi. Birinchi xotinining xiyonatini kechirolmagan eri Mahmudaga nisbatan juda qattiqqoʻl edi. Ikki oʻgʻlidan voz kechib, koʻnglining koʻchasiga kirib ketgan kundoshini Mahmuda tanimas, u haqdagi tarqalgan  gap-soʻzlarga ham eʼtibor beravermasdi. U butun mehrini ikki oʻgʻliga berdi. Erining  tutumlariga sabr-toqat bilan chidadi. Bolalar oʻz onasini eslay olishmas, hatto bu uyda uning surati ham yoʻq edi. Kattasi yettinchi, kichigi beshinchi sinfda oʻqishardi. Bir kuni katta oʻgʻli maktabdan yigʻlab keldi.

– Mening onam siz emas ekansiz, hammasini bilaman, siz dadamning boyligi uchun bu uyda ekansiz, nega aldaysiz? – dedi jigʻibiyroni chiqib.

Mahmuda ich-ichidan zil ketdi, bolaga qanday tushuntirishni bilolmay, yuragi ezildi. Quchogʻiga olmoqchi boʻlganida Shokirjon uni siltab tashladi.

– Dadam kelsin, oʻz onamni olib keltiraman!

– Hech qachon kelmaydi!

Ostonada qandaydir idishni tutganicha eri Ismoil turar, uning koʻzlarida avval Mahmuda hech qachon koʻrmagan mehr bor edi.

Shokirjon, onangga ikkinchi bunday muomala qilganingni koʻrmayin, bolam, ma, buni olinglar, ishxonadagilar sumalak qilishibdi. Yigit kishi koʻchadagi gapga ergashib, yaqinlarini ranjitmaydi, maktabingga borgan xotin hech qachon senga ona boʻlaolmaydi, mana sening onang, kechirim soʻra! – eri Mahmudaning yelkasiga qoʻlini qoʻydi.

Shokirjon sumalak toʻla idishni otasining qoʻlidan olib Mahmudaga tutqazarkan.

– Men xato qildim, kechiring, – deya quchoqlab oldi.

Uy sumalakning xushboʻy hidiga toʻldi.

– Sumalak bilan onamning hidi bir xil-a, aka, – dedi Nodirjon sumalakka non botirarkan.

Mahmuda hayajondan entikib ketdi. U hayotida ilk marta oʻzini baxtiyor his etdi. Bu oila va onalik baxti edi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019