16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:26
Salomatlik 👁 3,034

Toza havo - birinchi zarurat

Toza havo - birinchi zarurat

Xalqimizda "Toza havo – tanga davo” degan ajoyib naql bor. Darhaqiqat, toza havo, ayniqsa tong paytidagi kislorodga boy musaffo havodan toʻyib-toʻyib nafas olib, huzur qilasan kishi. Lekin har xil chang-toʻzonlar, avtomashinalar, ishlab chiqarish korxonalari, odamlarning turli-tumanxas-choʻplarni, yelim xalta va xaltachalar, "baklashka”lar, plastik idishlar, rezina buyumlari va hokazolarni yoqish paytida ajralib chiqadigan zaharli is gazlari aralash havodan nafas olish hech kimga huzur bagʻishlamasa kerak. Bunday ifroslangan zaharli havo sogʻligimizga ham zarar yetkazishini hech kim inkor qilolmaydi. Vaholanki, biz har yili kuz oylarida va bahor oylarida xas-choʻplar va boshqa tashlandiq, buyumlarni mahalladoshlarimizning, qoʻni-qoʻshnilarimizning yoqib, tutatayotganini koʻramiz. Ammo bunga eʼtiroz bildirmasdan oʻzlarimiz ham ularga qoʻshilib yoqamiz, tutatamiz. Bu bilan barchamiz nafas olayotgan toza havoni ifloslab, uni zaharga aylantiramiz. Nega biz shunday qilamiz? Bu bilan biz oʻz sogʻligimizga oʻzimiz bolta urayotganimiz yoʻqmi? Nima, bu bizning aql-farosatimiz kamligidanmi yoki xas-choʻplardan osongina qutilish yoʻlini topganimizdanmi? Har holda bu biz oʻzimizning hali-yam ekologiya boʻyicha bilim va tushunchalarimiz naqadar qashshoq ekanligini toʻla anglab yetolmyotganimizdan darak bermaydimi? Bunday holatda hali ekologiya madaniyati haqida soʻz ham boʻlishi mumkin emasga oʻxshaydi.

Hammamizga maʼlumki, har yili bahor oylari kelishi bilan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari qizgʻin boshlanib ketadi. Eng avvalo hovlilarni, koʻchalarni supirib-sidirish, turli xas-choʻplardan, daraxt yaproqlaridan va har xil maishiy chiqindilardan tozalash ishlari maktablarda, shifoxonalarda, jamoat joylarida va mahallalarda, xullas hamma joyda uyushqoqlik bilan olib boriladi. Xazon va chiqindilar yoqiladi.Umumxalq hasharlarida ham xuddi shunday ishlar takrorlanadi. Mana shu xas-choʻplar va turli maishiy chiqindilar yonayotgan paytda sogʻlik uchun zararli is gazlarining havo orqali tevarak-atrofga tarqalishini va undan insonlar nafas olayotganini bilib turib shu ishga qoʻl uramiz. Bunday zararli, yomon ishni bir-ikkita odam emas, balki koʻpchiligimiz qilayotganimizdan afsuslanmasdan boʻladimi, axir? Shu va shu kabi hamma zararli odatlar, biz koʻnikib qolgan yomon koʻnikmalar shu zahotiyoq oʻzimizga, oʻz sogʻligimizga ziyon yetkazayotganini har birimiz anglab yetmogʻimiz shart.

Buning oʻrniga yonadigan xas-choʻplarni, maishiy chiqindilarni biror-bir qulayroq joydan chuqur qazib, koʻmib tashlasak, vaqt oʻtishi bilan chirindiga aylanadi va bu chirindidan qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun organik oʻgʻit sifatida foydalanish mumkin boʻladi-ku.

Biz hammamiz yaxshi kiyinishni, yaxshi yurib-turishni, yaxshi uylarda yashashni, eng soʻnggi rusumdagi yangi mashinalarni haydashni, umuman yaxshi hayot kechirishni yaxshi koʻramiz, shu barobarida toza havodan nafas olishni ham. Keling, har birimiz hayot uchun, yashash uchun birinchi manba va omil boʻlgan atmosfera havosini toza saqlashni oʻrganaylik, uni har qanday zaharli gazlardan asraylik! "Toza havo - tanga davo” iborasi bizning har kungi shiorimizga aylansin. Toza havo birinchi zarurat boʻlib qolsin!

Muzaffar ABDRIMOV,

tuman tabiatni muhofaza qilish boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026