16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:24
Adabiyot 👁 556

ONA NIDOSI

ONA NIDOSI

Onamning faqat bir koʻzi bor edi. Narigi koʻzi oʻrni chuqur boʻlib yotar, uni koʻrganimda jirkanib ketardim.

Men aynan onamning bir koʻzi yoʻqligi sababli tengdoshlarim oldida xijolat chekar, ochigʻi, undan or qilardim.

Otam yoshligimda avtohalokat tufayli oʻlib ketgandi. Oilamizni boqish onamning zimmasida edi. Onam maktab oshxonasida ishlardi.

Maktabda boshlangʻich sinfda oʻqib yurgan kezlarim onam mendan xabar olish uchun sinfimizga kirganida, uyatdan xuddi yerga kirib ketgudek boʻlardim.

Shu-shu sinfdoshlarim meni “bir koʻzli xotinning oʻgʻli” deb ustimdan kuladigan boʻlishdi. Oʻsha paytda, ochigʻi, shu nogiron ayoldan tugʻilganim uchun oʻz taqdirimga laʼnatlar oʻqirdim.

Bir kuni onamning yuziga tik boqib, unga shu gaplarni aytdim: “Qachongacha siz tufayli oʻrtoqlarimga kulgi boʻlib yuraman? Sizdek onam borligidan oʻla-oʻlguncha or qilaman! Sizning borligingiz men uchun xaqorat!” – deb baland ovozda qichqirdim.

Onam... jimmm, indamadi. Yolgʻiz koʻzi bilan menga termulib qoldi. Keyin orqasiga oʻgirilib, maʼyus tortgancha nari ketdi. Men oʻsha paytda aytgan gaplarimni mulohaza qiladigan holatda emasdim. Gʻazabdan oʻzimni qoʻygani joy topolmadim. Shu paytda onamning koʻngli, his-tuygʻulari meni umuman qiziqtirmasdi. Men u bilan bir uyda turishni istamasdim, zotan, bu uy ham aslida ijaraxona edi.

Maktabni ham bitirdim, soʻng til oʻrganib, chet elga oʻqishga ketdim.

Biroz yashagandan soʻng oʻsha yerda uylandim. Tanish-bilishlarimdan qarz olib, oʻzimga uy sotib oldim. Keyin bolalarimiz dunyoga keldi. Men hayotimdan oʻta mamnun edim.

Onam yodimdan ham koʻtarilgan edi. Bir kuni onam mening uyimni izlab, soʻrashtirib, topib kelibdi. U necha yillardirki, meni koʻrmagan edi. Eshik oldida oʻynab oʻtirgan bolalarim avvaliga bir koʻzli kampirni koʻrib, qoʻrquvga tushdilar. Keyin esa ustidan kula boshlashdi. Men esa ularga: “bu ayol buvingiz”, deya olmadim. U ostonamdan hatlashi bilan: “nega kelib bolalarimni qoʻrqitasiz?” deb doʻq bilan oʻshqirdim. Onam gunohkorona bosh egib: “men boshqa uyga kelib qolibman, uzr”, dedi-yu, chiqib ketdi.

Oradan yana yillar oʻtdi. Bir kuni sobiq sinfdoshlarimdan maktub oldim.

Xotinimga: “xizmat safariga ketayapman”, dedim-u oʻsha yoqqa otlandim.

Ijara uyimiz eshigini uy bekasi ochdi. U menga onamning vafot etganini aytdi. Avval xayolan yengil tortgandek boʻldim. Keyin esa yuragimni tushuniksiz bir mahzunlik chulgʻadi. Uy bekasi uyidan bir konvert chiqarib berdi.

Onam menga berib qoʻyishlarini tayinlagan ekan. Darhol xatni oʻqishga tutindim:

“Jigarbandim, jigar goʻsham, koʻzimning oq-u qorasi! Sogʻ-salomat yuribsanmi? Omonmisan? Erta-yu kech seni oʻylayman, seni duo qilaman, bolam, bolajonim..! Uyingga borib bolalaringni qoʻrqitganim uchun men ahmoq onangni kechir.

Bolajonim, sen kichkinaligingda otang bilan birga avtoxalokatga uchraganding. Otang oʻsha paytda hayotdan koʻz yumgandi. Sen esa..., bir koʻzingni yoʻqotganding. Otangdan qolgan uyni sotib, ijara uyga koʻchib oʻtdim. Uyning pulini jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun toʻladim.

Jarrohlar bir koʻzimni oʻyib, sening qorachiqlaring oʻrniga joylashtirdi.

Xayriyatki, koʻzlarimiz bir xil ekan. Hech kim sening koʻzing boshqa bir vujuddan koʻchirilganini sezmasdi. Men shu  paytga qadar: “bolam, sen mening koʻzim bilan dunyoni koʻrib yuribsan”, deya olmadim. Dunyoda bir haqiqat bor: sen mening oʻgʻlimsan. Menga shu yetadi. Seni jonidan ham yaxshi koʻrguvchi onang!” deb yozilgan edi oʻsha xatda.

Men shu kundan boshlab hayotimda yuz bergan mudhish xotiralarni eslab, odamlarning aytgan gaplari yuragimga tigʻdek botib, insonlarga nafratim kundan-kunga ortib bordi.

Men notavon oʻgʻil..! Odamlarning gaplari bilan shunchalik xudbinlikka borib, onaizorimni shu koʻylarga soldim!

Ming harakat qilmay, meni kamsitgan odamlarga boʻlgan nafratimni yoʻqota olmayapman.

 

Mehrob.uz

saytidan olindi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026