16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:59
Adabiyot 👁 433

QARGʻISh

QARGʻISh

Roʻzimat aka ertalab xotinining ovozidan uygʻonib ketdi. Istar-istamas derazaning pardasini koʻtarib hovliga qaradi. Xotini Gulnora opaning ovozi tovuqxonadan kelayotganini eshitgan Roʻzimat aka havotirlanib, tovuqxonaga yugurdi. U yerda Gulnora opa diy-diyo qilib oʻtirar edi:

– Shoʻrim qurib qoldi, qurib qoldi! 2 ta chipor tovuq yoʻq. Eshityapsizmi, yoʻq!

– Nimalar deyapsan? Nega yoʻq boʻladi? Qayerga yoʻqoladi? – dedi Roʻzimat aka.

– Tuxum olgani kirgandim. Koʻzimga kamdek koʻrindi. Yaxshilab qarasam, 2 tasi yoʻq, – dedi yigʻlamoqdan beri boʻlib Gulnora opa.

– Kecha qamaganingda hammasi bormidi?

– Yoʻq, kecha oʻgʻlingiz qamagandi.

– Shodmon! – oʻgʻlini chaqirdi Roʻzimat aka.

– Labbay, dada!

– Kecha qamaganingda 2 ta chipor tovuq ham bormidi?

– Bilmasam... eʼtibor bermabman.

Roʻzimat aka oʻylanib qoldi. Bir narsa esiga tushgandek, yugurib chiqib ketdi. Toʻgʻri yon qoʻshnisi Risolat opaning hovlisiga kirdi va baqirdi:

– Risolaaat! Qani, oʻsha mushuging? Qani deyapman? Oʻldiraman uni!

Risolat opa qoʻlida xamir yuqi bilan ichkaridan chiqib keldi.

– Assalomu alaykum, keling qoʻshni, tinchlikmi?

– Tinchlikmas, anavi oʻgʻri, ochofat mushugingni ber menga, oʻldiraman uni! Qani u?

– Voy oʻlmasam! Mosh nima qilibdi?

– Tovuqlarimni oʻgʻirlabdi oʻsha Moshing.

– Yoʻq, Moshning bunaqa odati yoʻq.

– Oʻshandan boshqa kim ham qilardi, – deb Roʻzimat aka hovlini koʻzdan kechirib chiqdi. Hovli chekkasida Mosh bolalarini emizib yotardi. Roʻzimat aka borib mushukning boʻynidan gʻijimlab ushladi. Joni ogʻrigan mushuk tipirchilay boshladi. Bolalari esa “onamizga tegma” degandek miyovlay boshlashdi. Risolat opa Roʻzimat akaning qoʻliga yopishdi.

– Qoʻyib yuboring! Nima qilmoqchisiz?

– Kunini koʻrsataman, – dedi oʻzini bosa olmay Roʻzimat aka.

– Rahmingiz kelsin. Axir bolalari bor-ku! – Ayolning yolvorishlariga qaramay Roʻzimat aka mushukni olib uyiga ketdi. Eshikdan hovlisiga kirganida iti Olapar yaltoqlik qilib, oyoqlariga surkalgan edi, jerkib berdi:

– Tur-ye! Oʻzi bitta sen kamsan!

Mushuk hamon tipirchilardi. Roʻzimat aka omborxonaga kirib, oʻrtacha kattalikdagi qopni olib, mushukni soldi. Mushuk miyovlab, battar tipirchilay boshladi. Roʻzimat akaning koʻzi qonga toʻldi.

– Mana senga! Mana! – dedi-yu, qopni devorga bir necha marta urdi. Mushuk tinchib qoldi. Xotini Gulnora opaning hay-haylashiga ham qaramay qopni koʻtarib chiqib ketdi. U toʻgʻri anhorga bordi va qopni  suvga irgʻitib yubordi-da, orqasiga qaramay ketdi. Risolat opa bundan juda qattiq ranjidi.

... Oradan kunlar oʻtdi. Bir kuni kichik oʻgʻil Shodmon maktabga ketib qaytib kelmadi. Surishtirishsa, oʻsha kuni maktabga ham bormagan. Butun qishloqni agʻdar-toʻntar qilishdi. Hammadan surishtirildi. Lekin daragi siqmadi.

U endi 3-sinfga qadam  qoʻygandi. Roʻzimat aka va Gulnora opaning boʻlari boʻldi. Toʻrtinchi kun Shodmonning murdasi anhordan topildi. Ota-onasi aqldan ozishdi. Hammani bir savol qiynardi: qanday qilib?!

Aniqlanishicha, oʻsha kuni Shodmon avtohalokatga uchragan. Uni urib yuborgan haydovchi qoʻrqib ketgan va shifoxonaga olib borish oʻrniga Shodmonni qopga solgan-u, anhorga tashlagan.

Janozada Gulnora opa Risolat opaning yoqasiga yopishdi.

– Sen! Sen qargʻagansan! Sen! Bitta mushuk uchun qargʻagansan bizni! Sen oʻgʻlimni juvonmarg qilding! Sen sababchisan!

Odamlar ularni zoʻrgʻa ajratib olishdi. Ularni qargʻish emas, yetim mushukchalarning uvoli tutgan edi.

Olaparning inida esa bir uyum tovuq patlari yotardi...

 

Iqboloy  RAHIMOVA,

1-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019