16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:18
Sport 👁 474

“QUVNOQ STARTLAR” MUSOBAQASI BARChAGA QUVNOQLIK BAXSh ETDI

“QUVNOQ STARTLAR” MUSOBAQASI BARChAGA QUVNOQLIK BAXSh ETDI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi, mana bir  yildirki, yoshlar hayotidan muhim oʻrin egallab kelmoqda. Xususan, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini taʼminlash, sport inshootlaridan samarali foydalangan holda sportga keng jalb etish, turli sport musobaqalarini tashkil etish orqali yanada koʻproq yosh sportchilar kashf etilib, iqtidorlilar safi kengaymoqda.

Tumanimizda ham 5 ta muhim tashabbusning yoshlar hayotida oʻz samarasini berishini taʼminlash maqsadida turli tadbirlar tashkil qilinmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning butun  mazmun-mohiyati sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish orqali oʻsib kelayotgan yosh avlodni jismonan baquvvat, maʼnan yetuk insonlar sifatida  tarbiyalashdan iboratdir.

Tumanimizdagi 65-sonli umumtaʼlim maktabida 5 ta muhim tashabbus doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligining 2020-yil 13-fevraldagi 47-sonli buyrugʻi asosida “Har bir kunimiz sport bilan!” shiori ostida oʻtkazilgan “Quvnoq startlar” sport musobaqalari ham yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ularni sportga jalb qilgan holda boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

 Bahor bayramlari arafasida boʻlib oʻtgan musobaqalarni maktabning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi Sanjar Oʻrozboyev tashkillashtirdi. Musobaqa uchun maktabning 6-9-sinflar oʻquvchilari orasidan teng asosda 12 nafar oʻgʻil va 12 nafar qiz bolalar saralab olinib, “Shunqorlar” va “Chaqqonlar” jamoalari tuzildi. Jamoalar oʻzaro boʻlib oʻtadigan  epchillik va kuchlilik bahslariga puxta hozirlik koʻrishdi.

Musobaqaning shaffof oʻtishini taʼminlash maqsadida oʻquvchilarning ota-onalari, “Daryo boʻyi” mahallasi aholi vakillari tomoshabin sifatida ishtirok etishdi. Musobaqa davomida 6 ta shart boʻyicha oʻzlarining epchilliklarini, zehnli hamda kuchliligini namoyish etib bellashgan jamoa aʼzolarining har bir harakatini tomoshabinlar alohida eʼtirof etdilar va olqishlari bilan ruhlantirib turdilar.

Toʻsiqlarni aylanib oʻtish, toʻsiqlar tagidan toʻsiqni yiqitmay emaklab oʻtish, koptokni yanglishmay manzilga yetkazish kabi turli xil qiziqarli oʻyinlarni har ikkala jamoa aʼzolari mahorat bilan bajardilar. Ikkala jamoaning aʼzolari ham bir-biriga samimiy munosabatda boʻlib, musobaqaning  qiziqarli bahslarga boy tarzda oʻtishi uchun sharoit yaratib bergan ustozlaridan minnatdor boʻlishdi. Chunki musobaqa oʻtkazilgan joyda  oʻquvchilar har bir shartni, bemalol bajarishlari uchun sport anjomlarining yetarli boʻlganligi muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Qizgʻin bellashuvlar, bahslar asosida oʻtgan “Quvnoq startlar” musobaqasi haqiqatdan ham barchaga quvnoqlik bagʻishladi. Ota-onalar oʻz farzandlarining epchilliklarini va tirishqoqliklarini, marra sari dadil intilishlarini koʻrib, juda mamnun boʻldilar.

Musobaqa yakunida har ikkala jamoa aʼzolari maktab maʼmuriyati tomonidan munosib taqdirlandilar.

R.YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019