16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:30
Iqtisodiyot 👁 447

SAVDO PASTALAPIDA NAPX-NAVO ASOSSIZ OShIPILIShIGA YOʻL QOʻYILMAYDI

SAVDO PASTALAPIDA NAPX-NAVO ASOSSIZ OShIPILIShIGA YOʻL QOʻYILMAYDI

Butun dunyoda koronavirus pandemiyasi xavfi oshib borayotgan ayni kunlarda mamlakatimizda xalqimizni har qanday xavf-xatarlardan kafolatli himoya qilish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, mamlakatimiz aholisi uchun bobomeros qadriyat – Navroʻz - umumxalq bayrami arafasida isteʼmol bozorini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻldirish hamda joylarda sanitariya osoyishtaligini  taʼminlash borasida aniq maqsadlarga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

2020-yilning 11-mart sanasida Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasida boʻlib oʻtgan maxsus yigʻilishda ham xalqimizning asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini toʻla-toʻkis qondirish, Navroʻz – umumxalq bayrami arafasida mamlakatimizning barcha hududlarida sanitariya osoyishtaligini taʼminlagan  holda savdo yarmarkalarini tashkil etish boʻyicha amalga oshiriladigan asosiy vazifalar belgilab olindi.

Oʻzbekiston Pespublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida oʻtkazilgan maxsus yigʻilishda Bosh vazir maslahatchilari, koʻrilgan masalaga aloqador vazirlik va idoralar, Toshkent shahar hokimligi, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi va viloyatlar hokimliklari rahbarlari ishtirok etdilar.

Boʻlib oʻtgan maxsus yigʻilishda “Navroʻz – umumxalq bayrami arafasida va bayram kunlari ichki isteʼmol bozorini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli toʻldirish va narx-navolarni barqaror saqlanishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi masala atroflicha muhokama qilindi. Ushbu yigʻilish bayonnomasiga koʻra, maxsus ishchi guruhlari tuzilib, mamlakatimizning barcha hududlarida, aholi zich yashaydigan qishloq guzarlarida 15-25-mart kunlari ijtimoiy muhim turdagi oziq-ovqatlar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan savdo qiluvchi yarmarkalar tashkil qilish vazifasi belgilangan edi.

Tumanimizda ham maxsus ishchi guruh tashkil etilib, savdo yarmarkalarida oziq-ovqat xavfsizligini va  sifatini nazorat qilish, yarmarka savdolari oʻtkaziladigan manzillarda sotuvchilar uchun barcha zaruriy sharoitlarni yaratish, jumladan, savdo rastalari, sovutgichlar, tarozilar, mahsulotlarni saqlash omborxonalari hamda sotuvchilarning toʻlov terminallari bilan taʼminlanish holatlari yuzasidan olib borilayotgan ishlar iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti va masʼul tashkilotlar tomonidan nazoratga olindi.

Maxsus ishchi guruh tumanda tashkil etilgan savdo yarmarkalari faoliyati hamda “Mangʻit dehqon bozori” rastalarida savdoga chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari, sabzavotlar, xususan, goʻsht, sut, tuxum, kartoshka, piyoz, meva-sabzavotlar, guruch, baliq mahsulotlari, yaxna ichimliklar va boshqa isteʼmol tovarlarining sifatini koʻzdan kechirdilar.

Shuningdek, maxsus ishchi guruh aʼzolari “Mangʻit invest plyus” MChJga qarashli sendvich panelli omborxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, bu yerda saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining isteʼmolga muvofiqlik darajasi, zahirasi hamda sifat koʻrsatkichlarini oʻrgandilar. Bundan tashqari, ishchi guruh aʼzolari “Mangʻit Dehqon bozori”da hamda oziq-ovqat doʻkonlarida yarmarka savdolariga jalb etilgan barcha xoʻjalik subʼekatlarining toʻlov terminallari bilan taʼminlanganlik holatlarini ham oʻrgandilar. Yarmarka savdolariga mahsulotlar keltirayotgan dehqonlar, fermerlar hamda tadbirkorlarga savdo oʻrinlari va zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan ham yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, yarmarka savdolarida narx-navoning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida “Mangʻit Dehqon bozori” rastalarida hamda savdo yarmarkalarida sotilayotgan mahsulotlar xarid narxlarining mutanosibligi alohida nazorat qilindi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti, tuman prokuraturasi va masʼul tashkilotlar tomonidan olib borilgan targʻibot ishlari natijasida narx-navoning asossiz ravishda oshirib yuborilishining oldi olindi. Ayni paytda “Mangʻit Dehqon bozori” hududidagi rastalarda va savdo yarmarkalarida aholiga goʻsht 42 mingdan, kartoshka 3-3,2 ming, piyoz 2 ming soʻm atrofidagi narxlarda sotilmoqda.

Maxsus ishchi guruh tomonidan olib borilayotgan ishlarning barchasi Navroʻz – umumxalq bayramini munosib nishonlash bilan birga, xalqimizning sanitariya-osoyishtaligini, shu barobarida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va bayram kunlarini munosib nishonlashdir.

Pobiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019