16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:52
👁 3,649

GOʻZALLIKKA INTILGAN AYoL

GOʻZALLIKKA INTILGAN AYoL

GOʻZALLIKKA INTILGAN AYoL

 

Biz koʻpincha ayollarni fidoyilikka timsol qilib taʼriflaganimizda: «ayolning joni qirqta», degan iborani ishlatamiz. Nega? Har lahzada oilasiga talpinib uyim-joyim, roʻzgʻorim deb turgani uchunmi? Yoki hayotning beshafqat sinovlari qarshisida egilmay, qaddini tik tutib oldinga, faqat oldinga intilib yashagani uchun uning joni qirqta deymizmi? Yarador vujudi bilan oʻz taqdiri yoʻlida Baxt eshigini ochib, yurak siniqlarini yashirib, koʻnglining kemtik joylarini oʻzi toʻldirib, hayotdan zavq olib, yashnab-yasharib yurishlari evaziga bu zoti mukarramaga shunday taʼrif berarmikanmiz?! Bilmadik, bilolmadik… Lekin ahli olam tan olgan bir haqiqatni aytmogʻimiz joizdir, balki. Ayolning joni metinligi, qatʼiyati sinmasligi, qalbi hamisha bahorligi rost!

Biz mangʻitlik Nilufarxon Xolboyeva haqida oʻylaganimizda, bu dilkash, suhbati shirin ayol bilan har gal uchrashganimizda: «agarki ayolning joni qirqta boʻlsa, shu qirqta jon sohibasi Nilufar, irodasi metin, qatʼiyati sinmas, oldinga intilishdan aslo qaytmas, jurʼati baland boʻlsa-da  - barchasi shu ayolda bor», - degimiz kelaveradi…

 

 

Nilufar Mangʻit shahrida, hunarmandlar oilasida dunyoga keldi. Padari buzrukvori Ahmad ota nomi chiqqan tikuvchi edi. Otasiga hamisha qoʻl-qanot boʻlib yurib onasi ham «Saodat chevar» degan nom oldi. Uylari hamisha odamlar bilan gavjum boʻlardi. Hamma narsaga qiziquvchan Nilufar ota-onasining ishchanligiga mehr qoʻyib, ularning kasb-korlarinioʻrganganida hali jamalaksoch qizaloq edi. Maktabga hammadan chiroyli kiyinib borardi u. Yoʻq, ota-onasi farzandlariga tez-tez yangi kiyim-bosh olib bera olishmasdi. Lekin eskini yangi qilib, fasonlarini oʻzgartirib tikib berishdan erinmasdilar. Nilufar roʻzgʻorni hamisha butlab, toʻkis tutishni ota-onasidan oʻrgandi. Oila qurib, yangi kelin boʻlganida ota uyida oʻrganganlari oʻziga qoʻl keldi. Umr yoʻldoshi Xolmurodjon bilan ahillikda yashab, 5 nafar oʻgʻil-qizga ota-ona boʻlganlarida inson  hayotida oila eng ulugʻ, eng aziz, eng muqaddas dargoh ekanligini his etib, baxtdan entikdi Nilufar!

- Hayot kurashlardan iborat -, deyishsa oʻzimga-oʻzim: «nega  endi?» – deya savol beraverardim, - vazmin gapiradi Nilufar. – Hayot - goʻzal, undan zavq olib yashash kerak, hayotning qadrini oshirib yashash kerak, - deya takrorlashni yaxshi koʻrardim. Aslida unisiyam, bunisiyam toʻgʻri. Xech narsaga kurash va mashaqqatsiz erishib boʻlmaydi. Goʻzallik ham mehnat mahsuli. Oʻz irodangiz, fidoyiligingiz bois yaralgan goʻzallik har narsadan qadrli. Ana shu goʻzallik insonga kuch beradi, irodani charxlaydi, hayotga ishtiyoqni oshiradi.

Nilufar Xolboyeva tuman xalq nazorat-taftish boʻlimida ish yurituvchi, yirik qurilish korxonasida ish yurituvchi vazifalarida ishlab, xalq nazariga tushdi. Ishni aniq, puxta va halol bajarganligi bois, oʻzi faoliyat yuritgan idoralar rahbarlarining, mehnat jamoalarining hurmatiga sazovor boʻldi. Tinib-tinchimasligi uchunmi, unga hamkasblari "charxpalak qiz”  deya taʼrif berishardi.

Nilufar beshinchi farzandini dunyoga keltirgach, ogʻir dardga chalindi. Avvaliga oʻzini yoʻqotib, biroz tushkunlikka tushdi. Shunday kunlarningbirida umr yoʻldoshi, tumandagi "Shukurjon” MChJda quruvchi-meʼmor vazifasida ishlovchi Xolmurod Oʻrozoqov uning qoʻllarini mahkam siqib:

- Nega xafa boʻlasan, yoningda men borman-ku, qara, uch nafar Alpomish oʻgʻling bor, ikkita Barchin qizing bor, sen hammadan kuchlisan! – deya Nilufarga dalda boʻldi.

- Rost-da, atrofim toʻla mehr-muhabbatli qaroqlarim bilan nega men mungʻayi-i-i-b oʻtirishim kerak! Shu kuniyoq hamma gʻam-tashvishni, eng avvalo xastaligimni unutdim, - deya ogʻir kunlarini eslaydi Nilufar.

Insonga eng avvalo atrofidagilarning mehr-muhabbati kuch bagʻishlaydi, deganlari rost. Nilufar oʻz vujudiga yopishgan ogʻir dardni yengish uchun jon-jahdi bilan hayotga intildi. Oʻgʻil-qizlarining tarbiyasi, roʻzgʻor tashvishlari bilan ovundi. Farzandlari biri-biridan aqlli, mehnatkash boʻlib voyaga yetishdi. Barchasi ulgʻayib, ota-onasiga madadkor boʻlishdi. Katta oʻgʻli Dilmurodjon oʻrta maktabni tugatguncha onasining maslahati bilan har yilgi yozgi taʼtilda bitta hunar oʻrgandi. Bir yili duradgor-ustaga shogird tushib, ustozining oq fotihasi bilan yogʻoch ustasi boʻldi. Yanagi yili kosib (etikchi)ga shogird boʻlib, bu hunarni ham binoyiday oʻrganib oldi. Dilmurodjon to maktabni bitirgunicha yogʻochsoz-usta, etikdoʻz-usta, texnikalarni taʼmirlovchi usta kabi hunarlarni puxta egalladi. Toshkent Axborot texnologiyalari Universitetining avval bakalavr, keyinchalik 2012-yilda magistratura boʻlimini muvaffaqiyatli tugatib, oliy maʼlumotli mutaxassis boʻldi. U ayni damda 3-sonli Amudaryo akademik litseyida informatika fanidan talabalarga saboq beradi. Oiladagi ikkinchi oʻgʻil Jasurbek ham akasi kabi hunarmand yigit boʻldi. U Toshkent Davlat agrar universitetining Nukus filialidagi qishloq-qurilish meʼmorchiligi fakultetining uchinchi bosqich talabasi. Xolidaxon Nukus Davlat pedagogika institutining biologiya fakultetini tugatish arafasida. Dilfuzaxon bilan Jahongir esa Mangʻit shahridagi 16-sonli maktabda oʻqishadi.

Nilufar uyida tinchgina oʻtiradigan ayollardan emas. Doim nimaningdir tashvishi bilan yelib-yugurib yuradi. Oʻzi kimningdir yordamiga muhtoj boʻlib turgan lahzalarida ham aslo nolimaydi. «Yaxshi umidlar – mening yoʻldoshim», - deydi u. Yuragida hamisha ezgu niyatlarni asrab-avaylab, hayotni sevib, hayotga intilib yashovchi, joʻshqin tabiatli Nilufarxon Xolboyevaning nomzodini 2003-yildanogironlar jamiyati raisaligiga munosib koʻrganlarida toʻgʻrisi, uning faoliyatini tiklash, izga tushirish qanchalik mashaqqatli va ogʻirligini his etib tursa-da, baribir u quvondi.

- Menga ishonch bildirishgani uchun quvondim, - deydi u mamnuniyat bilan. – Ishonch – axir insonning orzu-niyatlariga, ezgu ishlariga qanot-ku!

Shunday boʻldi ham. Nilufar oila tashvishlaridan ortib tuman nogironlar jamitining faoliyatini jonlantirish uchun yelib-yugurdi, qanot bogʻlab uchdi goʻyo. Tumandagi 300 nafardan ziyod nogironlarning jamiyatga aʼzo boʻlib kirgani unga yanada katta kuch bagʻishladi. Umr yoʻldoshi Xolmurodjon Oʻrozoqov unga har bir ishda maslahatdosh, nasihatgoʻy boʻldi. Qisqa vaqt ichida tuman nogironlar jamiyatining faoliyatini yoʻlga qoʻygan Nilufar Xolboyeva katta jurʼat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan Respublika koʻrik-tanlovi uchun jamiyatining biznes-loyihasini ishlab chiqdi va tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib, gʻolib boʻldi. Uning «Nogironlarni oʻqitish uchun kompyuter-oʻquv markazini tashkil etish va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka tayyorlash» mavzusidagi loyihasi koʻrik-tanlov hayʼati tomonidan yuqori baholanib, Amudaryo tuman nogironlar jamiyatiga 15 million soʻmlik Davlat granti ajratildi.

Bu Nilufar uchun juda katta yutuq, shu bilan birga keng imkoniyat edi. 2012-yilning sentyabr oyida grant sohibi boʻlgan jamiyat aʼzolari Nilufarxon Xolboyevaning qatʼiyat bilan ish yuritishi bois, bir oydan soʻng jamiyat ofisida, kompyuter-oʻquv markazida mashgʻulotlarni boshlab yuborishdi.

- Bularning barchasiga eng avvalo Oʻzbekiston Respublikasi nodavlat-notijorat tashkilotlar Milliy assotsiatsiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi,tuman hokimligi va umr yoʻldoshim, qolaversa, farzandlarimning cheksiz mehr-muhabbati, qoʻllab-quvvatlashlari tufayli erishdim, - deydi Nilufar. – agar mening ortimda tinch, osoyishta, obod, mustahkam oilam, turmush oʻrtogʻim, meni qoʻllaguvchi yaqinlarim, har ishda madadkor Vatanim kamarbasta boʻlmaganida men hech narsaga erisha bilmasdim. Xudoyimga ming bora shukur, men ana shu obodon hayotim bois, xastalikni yengib yashashga qodir boʻldim.

Nilufar ana shunday ayol. Yuzlab imkoniyati cheklangan insonlarni mehnat quchogʻiga qaytardi, qalblarida hayotga ishtiyoq uygʻotdi. Uning yuragi toʻla orzu. Biri-biridan ezgu orzulari bor uning. Oʻgʻillariga atab yangi imoratlar tiklayotir, kelin tushirib, qiz uzatmoqqa shaylanib turibdi Nilufar! Mehmoni hech arimaydigan xonadoni fayzga, hamisha ochiq dasturxonisarxil neʼmatlarga toʻla, goʻzal, mustahkam oila - obod turmush sohibasi u! Shundanmi, mahalla-koʻyda, hatto Amu elining har bir ovulida bu joʻshqin tabiatli ayol haqida faqat yaxshi, faqat havaslarga loyiq gaplar aytishadi yaxshilar. Umrining har bir lahzasida hech boʻlmaganda bir koʻngilga yaxshilik urugʻini ekib yashayotgan Nilufarxonni hammamiz yaxshi koʻramiz. Bu fidoyi ayoldan hayotni sevmoqni, uning qadrini oshirib yashamoqni oʻrganing odamlar, degimiz keladi. Zotan,

 

Nilufarning boyligi koʻp - bari qalbida,

Qayga borsa izi toʻla mehr qoladi.

Jonbaxsh, shirin suhbatlari, tabassumida,

Mudroq dilni uygʻotguvchi sehr boʻladi.

 

Ostonasi qutlugʻ uyning bekasidir u,

Koʻngliday keng uyidan hech mehmon arimas.

Elim, yurtim degan alpning erkasidir u,

Bunday obod yurakka hech gʻamlar dorimas.

 

Oilada mehnat gali – ahillik asli,

Qiz onaga, oʻgʻil esa otaga qanot.

Umr yoʻlin bezab turar navbahor fasli,

Unga Alloh hadya etgan nurafshon Hayot!

Nilufarning boyligi koʻp - bari qalbida...

 

Robiya YOʻLDOShEVA,

Allambergan JUMANIYoZOV,

"Amunews.uz” ning oʻz muxbirlari.

 

Suratlarda: 1. Nilufar Xolboyeva turmush oʻrtogʻi Xolmurod Oʻrozoqov bilan farzandlari davrasida. 2. Nilufar Xolboyeva oʻzi rahbarlik qilayotgan jamiyat aʼzolari bilan. 3. Nilufar Xolboyeva jamiyatda tashkil etilgan kompyuter oʻquv markazida mashgʻulot oʻtkazmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019