16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:08
Qishloq xoʻjaligi 👁 362

YeR DEHQONNI BEJIZ SIYLAMAYDI

YeR DEHQONNI BEJIZ SIYLAMAYDI

Men tugʻilib-oʻsgan Toʻlqin ovulida Sobir aka Yoʻldoshev degan juda mirishkor dehqon, tadbirli kishi bir umr brigada boshligʻi boʻlib ishlab oʻtgan. Biz oʻquvchilik davrimizda maktabdan chiqqach, gʻoʻza yaganasi, begona oʻtlardan tozalash, hosilini terish ishlarida doim kolxozchilar bilan birga mehnat qilardik. Bu yozilmagan qoidaga hamma birday, soʻzsiz boʻysunardi.

Sobir aka rahmatlik bizning ishimizni nazorat qilib yurar, ishimizni puxta bajarishga undardi. Orqamizda begona oʻt qolib ketsa, yoniga chaqirib:

– Mana bu paxta niholini chigit ekib, oʻzimiz koʻkartirganmiz, bu yovvoyi oʻtlar esa oʻtgan yilgi begona oʻtlarning urugʻlaridan yerning bagʻrida oʻzi koʻkartirgan oʻz bolasi. Oʻz bolasi turganda yer boshqa ekinga mehr bermaydi, shuning uchun ekkan ekinimizni himoya qilib, begona oʻtlardan tozalab qoʻymasak, yaxshi hosil ololmaymiz, – der edilar.

Maktabning yuqori sinflarida oʻqib yurgan damlarimda eshitganim otaxon dehqonning ushbu soʻzlari nihoyatda topib aytilganiga butun hayotimda guvoh boʻlib kelayapman. Ha, yer dehqonni bejiz siylamaydi, yerning tilini bilib, mehnat qilgan insongina uning saxovatiga sazovor boʻladi.

Qoramon mahallasida istiqomat qiluvchi Farhod Yaxshimovning tomorqa yerlarida olib borayotgan ishlarini koʻrib, bunga yana bir bor amin boʻldim. Uning 30 sotixlik tomorqa yerida ekin ekiladigan qismining 80 foizini issiqxona tashkil etadi. Farhod Yaxshimov issiqxonada ayoli Sharofat va oʻgʻil-qizlari koʻmagida asosan gulchilik bilan shugʻullanadi. Asli mutaxassisligi madaniyat xodimi boʻlgan gulchi uzoq yillar madaniyat boʻlimida ishladi, xalqimizning yaxshi kunlarida xizmat qilib, olqish oldi. Umri dehqonchilikda oʻtgan, keyinchalik “Chashma” fermer xoʻjaligi raisi boʻlib ishlagan otasi Yusuf Yaxshimov keksayib, kuchdan qolgan paytlarida undan ishini davom ettirishini soʻradi. Shu tariqa u 10-yildan ziyod vaqt fermerlik qildi. Tumanimizda fermer xoʻjaliklari hududi kengaytirilgan vaqtda “Chashma” fermer xoʻjaligi yerlari qoʻshni xoʻjalik bilan birlashtirildi va Farhod Yaxshimovning oʻz tomorqasida necha yillardan beri qiziqib shugʻullanib kelayotgani – gulchilikni rivojlantirishiga imkoniyat yaratildi.

Hozirgi kunda uning tomorqasidagi qoʻlbola usulda ishlangan issiqxonalarida birgina atirgulning 14 xili bor ekan. Bundan tashqari, bir necha xil siren, buldonej, metrovka kabi 10 turdan ziyod gul koʻchatlari yetishtirishni yoʻlga qoʻyishgan. Gullar asosan qalamchalardan yetishtiriladi. Joriy yilning oʻzida ular hududimizga moslashgan toʻrt xil archa turlaridan 1000 tupdan ziyod koʻchat yetishtirib, bozorga, korxona-tashkilotlarga, maktablarga sotishdi. Roza, siren, buldonej navli gullarning 10 000 tupdan ziyodi hozir tomorqasida mavjud.

Oiladagi daromad manbai faqat bulargina emas, yarim sotixcha yerda plyonka ostiga ekilgan ismaloqni ular oʻtgan yilning oktyabr oyidan beri bozorga chiqarishayapti. Barglari yulib olingan ismaloq esa bir marta sugʻorilsa, haftadan soʻng yana yetilaverar ekan.

– Baʼzan shu tansiq koʻkatni olishga atay bozorga keldim, deydiganlarga, hammagayam aytaman, kaftdekkina yerga ekib qoʻysangiz – istagan vaqtingizda olib yeyverasiz, – deydi kulib, oila bekasi Sharofat. Ular shugina yerida har yili ismaloqdan soʻng bodring, undan keyin esa gul koʻchati yetishtirishadi, yaʼni uch marta hosil olishadi. Bir sotixdan ziyod yerda rediska yetilay deb turibdi.

Farhod Yaxshimovning xonadonida boʻlgan odam yerning haqiqiy xazina ekanligiga, faqat undan foydalana bilish lozimligiga sidqidildan iqror boʻladi.

Eshitgan gaplaringga ishonma, eshitganlaring koʻrganlaringga teng boʻlolmaydi, degan donolarimiz naqliga amal qilib, Qoramon mahallasida istiqomat qiluvchi Farhod Yaxshimovning xonadonida boʻlib koʻrganlarimiz – oila aʼzolarining amalga oshirayotgan ishlari chindan-da odam havas qilgulik. Ularning xonadonida 2 ta – biri 1300 dona, yana biri 600 dona joʻja ochish quvvatiga ega inkubatorlar ham ishlab turibdi. Yaqin kunlarda ilk bosqichda 2 ming donaga yaqin joʻja chiqish arafasida ekan. Xonadon bekasining aytishicha, joʻjani qishda ham ochaversa boʻlarkan, faqat boqish mashaqqatli. Oʻtgan yillarda hatto bir kunda yuztadan ziyod soʻyishga yarab qolgan tovuqlarni sotgan kunla-ri boʻlibdi. Gulchilik tashvishi bilan oradan oʻtgan bir necha yillik tanaffusdan soʻng, bu yil yana inkubatorlarini ham ishga tushirishibdi.

– Shu mehnatlarimizning orqasidan hech kimdan kam boʻlmay yashayapmiz, bolalarimizning birini oʻqitib, hovli solib berib, uyli-joyli qildik, qiz uzatdik, kichik qizimizni ham oʻqitish niyatimiz bor, – deydi Farhod aka kamtarlik bilan kulib.

Ularning xonadonida boʻlgan kishi oilasini obod qilish uchun tomorqa yerning oʻzi ham kifoya qilishini anglaydi. Ha, ozgina yer ham ishning koʻzini bilgan odamga xazinaga barobar ekan. Havas qilgulik hovli-joy, boʻsagʻasida oʻzimizda ishlab chiqarilgan shaxsiy avtomobil, farzandlar kamoli yoʻlidagi sarf-xarajatlar... buni isbotlab turibdi. Oilaviy faoliyatining yiliga oʻrtacha qancha daromad berishini, koʻz tegmasin debmi, aytishni istamasa-da, ularning oʻz ishlaridan mamnunligining oʻzi kishida havas uygʻotadi, koʻngillarga yaratish, yashnatish zavqini soladi. Bu dehqon mehnatining yana bir savobli, foydali jihati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019