16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:09
Qishloq xoʻjaligi 👁 529

Bogʻdorchilik boʻyicha oʻquv seminari boʻlib oʻtdi

Bogʻdorchilik boʻyicha oʻquv seminari boʻlib oʻtdi

Soʻnggi vaqtlarda yurtimiz boʻylab, juda katta maydonlarda yangi, intensiv usuldagi bogʻlar barpo etilmoqda hamda eskilari qayta tashkil qilinmoqda. Ularning aksariyat qismini olma, gilos, shaftoli, olxoʻri, tok va yongʻoqzorlar tashkil qiladi.
Bogʻbon, dehqonlarimizning bilim va malakalarini oshirish, sohadagi yangiliklardan xabardor etib borish, yangi bogʻlarni toʻliq koʻkartirib olish, meva kasalliklaridan samarali himoyalash hamda moʻl hosil yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, intensiv bogʻdorchilik ham bugungi kunda meva koʻchatlarini yetishtirishning juda ilgʻor texnologiyasidir.
Bugungi kunda mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimizda ham qishloq xoʻjaligi sohasining barcha tarmoqlari qatorida bogʻdorchilikni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Joriy yilning 10-mart sanasida tuman hokimligining majlislar zalida yangi intensiv bogʻ va tokzorlarni barpo etish boʻyicha seminar-trening oʻtkazildi.
Mazkur seminar hududlarda intensiv bogʻdorchilikni rivojlantirish, mahalliy bogʻbonlarning malakasini oshirishlariga yordam koʻrsatish va shu maqsadda qoʻshimcha loyiha imkoniyati doirasida bogʻdorchilikka ixtisoslashgan tumanlarda kichik agrotexnik xizmat koʻrsatish markazlarini tashkil etishga amaliy yordam qilish maqsadida tashkil etildi.
Seminar Germaniya xalqaro jamiyati, yaʼni JAYZED firmasining Oʻzbekiston Respublikasidagi bogʻdorchilik yoʻnalishi boʻyicha loyiha koordinatori Umid Sayfiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining bosh mutaxassisi Hasan Moʻminovlar ishtirokida boʻlib oʻtdi. Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bogʻdorchilik yoʻnalishi boʻyicha loyiha koordinatori Alisher Qodirov, Qoraqalpogʻiston Respublikalari Qishloq xoʻjaligi vazirligi bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi boʻlim boshligʻi Djaxan Allamberganov, tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi Islom Matkarimov va 60 ga yaqin tumanimiz bogʻbonlari seminar-treningda qatnashdilar.
Seminar-treningni tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi Islom Matkarimov ochib berdi. U oʻz soʻzida yurtimizda qishloq xoʻjaligi sohalari, ayniqsa, bogʻdorchilik sohasining rivojlantirilishiga qaratilayotgan eʼtibor xususida keng toʻxtaldi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda qishloq xoʻjaligini, ayniqsa, chorvachilik, parrandachilik, bogʻdorchilikni rivojlantirish, bu borada yangi loyihalarni hayotga tatbiq etishga qaratilayotgan alohida eʼtibor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirishga, aholi farovonligini taʼminlashga xizmat qilmoqda.
Seminar-treningda Umid Sayfiddinov intensiv bogʻdorchilik sohasida fermer xoʻjaliklarida bugungi kunda hayotimizga tezlik bilan kirib kelayotgan yangi texnologiyalar aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish, turmushimiz farovonligini oshirish, hayotimizda oʻz yechimini kutayotgan ekologik, ijtimoiy va boshqa muammolarni bartaraf etishga qaratilganligi toʻgʻrisida soʻz yuritdi. Undan tashqari, intensiv bogʻdorchilikni rivojlantirish uchun dastlab yer tanlashni toʻgʻri tashkil etish, shudgorlash, tekislash, baxorgi-kuzgi shoʻr yuvish ishlariga katta eʼtibor qaratish, mevali daraxtlarga toʻgʻri shakl berish, mevali daraxtlarni payvandlash usullari va turlari, ularga har xil kimyoviy vositalar bilan ishlov berish usullari haqida batafsil maʼlumot berdi.  
Seminarda soʻzga chiqqan masʼullar tomonidan intensiv bogʻlar maydoni yildan yilga koʻpayib borayotgani eʼtirof etilib, yangi ekilgan koʻchatlarning yaxshi oʻsishi, rivojlanishi uchun iyun oyida tez-tez tomchilatib sugʻorish bilan birga koʻchat atrofiga ikkinchi marta 100-120 gramm azotli oʻgʻit solish tavsiya etildi.
Seminar juda qiziqarli oʻtdi. Tumanimiz bogʻbonlari soha boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan toʻliq javoblar oldilar. Bogʻdorchilikni rivojlantirish boʻyicha qator kerakli, yangi maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019