16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:01
Jamiyat 👁 396

BIRDAM BOʻLAYLIK

BIRDAM BOʻLAYLIK

Butun dunyo hamjamiyati qattiq tashvishda ekanligi, koronavirus pandemiyasi bilan kasallanganlar soni keskin koʻpayib ketayotganligi har birimizga maʼlum.

Keyingi kunlarda mamlakatimizda koronavirus yuqtirgan kishilar soni kun sayin ortib bormoqda. Eng yomoni, kasallikning yashirin davri 10-12 kunni tashkil qilib, inson oʻzini sogʻlom sezarkan va kasallik alomatlari bu davrda sezilmas ekan. Bu davrda ular boshqa insonlar bilan muloqotga kirishadilar, demak, kasallik virusi boshqa sogʻlom insonlarga yuqishda davom etaveradi.

Ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda kasallik va uning tarqalib ketishining oldini olish boʻyicha mutaxassislar jon kuydirishayotir, Sogʻliqni saylash vazirligi tomonidan har kuni xalqimizga zarur tavsiyalar berilmoqda.
Lekin ming afsuski, beparvolik va loqaydlik qon-qonimizga singib ketganmi, yurtdoshlarimiz negadir bu tavsiyalarga eʼtiborsizlik bilan qarashmoqda.

Oddiygina misol, “Mangʻit Dehqon bozori” hududida odam koʻp, ishi bor ham, ishi yoʻq ham yuribdi bozorda. Oʻzaro gaplashib turganlar, biri-biriga quchoq ochayotganlar ham bor.

Hukumat oʻquvchilarni himoya qilaylik, deb ularga taʼtil berdi, lekin bozorda maktab yoshidagi bolalarini ergashtirib yurgan ota-onalarni ham uchratdim.

Yoshlar Ittifoqi tuman Kengashi faollari, tadbirkorlar, deputatlar xayriya qilmoqdalar, bepul oziq-ovqat mahsulotlari, niqoblar tarqatmoqdalar. Bu narsa elning ogʻzibirchiligini, yaxshilar koʻpligini koʻrsatadi. Lekin baʼzan tarqatilgan mahsulotlar oʻzining haqiqiy egalariga berilmayapti. Bozorga kelgan olmoqda, haqiqiy muhtojga esa yoʻq!

Bir-ikki marta sport maydonchasida futbol oʻynayotgan bolalarni, bogʻcha yoshidagi velosiped haydab yurgan bolachalarni uyiga joʻnatib yubordim. Tavba, deyman, bu bolalarning ota-onalari bugungi vaziyatdan bexabarmilar? Axir bu hukumatning talabiga va xalqqa hurmatsizlik emasmi? Hukumat kim uchun “Uyda qoling!” deyapti? Albatta, biz – xalq sogʻligi uchun-ku!

Koʻpchilik insonlar niqoblarning qancha vaqt ishlatilishini ham bilmaydilar. Baʼzan kir-chir niqoblar taqib olganlarni koʻrib qolamiz.

Oʻquvchilar uchun 1-apreldan onlayn darslar boshlandi. Oʻqituvchilar, sinf rahbarlari telegram kanalida guruhlar ochib, savollar tashlab, oʻquvchilarning bilimini baholashmoqda. Tushunmagan savollar oʻqituvchi yordamida yechilmoqda. Bu oʻrinda baʼzi ota-onalar farzandlariga koʻmaklashmoqda, hamkorlik qilishmoqda. Lekin beeʼtibor, loqayd ota-onlarning mavjudligi, farzandi uchun sharoit yaratib bermayotganligi bizni ranjitadi.

Men bu fikrlarim bilan birovni yomonlamoqchi, yo ranjitmoqchi emasman-u lekin bozordagi sotuvchi ayollar doimiy niqobda emasligi, birov yaqinlashsa taqib, ketgach, yechib qoʻyayotgani, sotuvchilarning birortasida rezina qoʻlqop yoʻqligi juda achinarli.
Prezidentimiz Oʻzbekiston xalqiga yana bir marta murojaat qildilar. Murojaatda hech bir inson eʼtibordan chetda qolmasligi, muhtoj oilalarga ijtimoiy yordam berilishi, tadbirkorlarga, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasida yengillik berilishini taʼkidlab oʻtdilar. Xalqimizdan uydan chiqmay oʻtirish, karantin qoidalariga rioya qilish talab qilinmoqda. Murojaatda qayd etilgan vazifalar har bir insonning bugungi asosiy vazifasi boʻlishi kerak.

Shu oʻrinda Murojaatda taʼkidlanganiday, kunni-kunga, tunni-tunga ulab, fidoyilarcha mehnat qilayotgan shifokorlarimizga tahsinlar aytsa arziydi.

Koronavirusni yengish oʻz qoʻlimizda. Agar sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilsak, karantin qoidalarini toʻliq bajarsak, bir-birimizni maʼnaviy qoʻllab-quvvatlasak, albatta, bu tilsiz yovni yengamiz. Birdam boʻlaylik, beparvolik, loqaydlikni tashlab, har bir hodisaga ongli munosabatda boʻlaylik!

S.XOʻJAMURODOVA,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019