16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:49
Qishloq xoʻjaligi 👁 483

AMUDARYoDA ChIGIT EKISh IShLAPI QIZGʻIN OLIB BOPILMOQDA

AMUDARYoDA ChIGIT EKISh IShLAPI QIZGʻIN OLIB BOPILMOQDA

Mehnatkash xalqimiz uchun har yili bahor fasli turli sinovlar bilan kechadi. Baʼzan tabiat injiqliklari, sel-u yomgʻirli kunlar meʼyordan oshib ketsa, baʼzan aksi – qurgʻoqchilik dehqonning  irodasini sinovdan oʻtkazadi. Bu yil esa...
Bahorning erta kelganidan quvonib, katta-katta, salmoqdor rejalar tuzgan bobodehqon misli koʻrilmagan sinovga roʻbaroʻ keldi. Butun dunyo xalqlarini zir titratgan koronavirus pandemiyasi tufayli 23-martdan mamlakatimizda karantin holatining joriy qilinishi tufayli ekin-tikin ishlarini olib borishda oʻta ehtiyotkorlik bilan yondashishni taqozo etmoqda. Xususan, ekish mavsumida ishtirok etadigan har bir ishchi, muhandis-texnik xodimlarning salomatligini muhofaza etish maqsadida ularni zarur tibbiy buyumlar, antiseptik vositalar bilan taʼminlashga alohida eʼtibor berildi.

Avvalo, chigit ekish mavsumiga puxta hozirlik  koʻrilib, 65 ta otryad tuzildi. Mazkur otryadlar ixtiyoridagi 211 dona seyalka agregatlari mavsumga taxt qilib qoʻyildi. Ayni kunda tumanimiz boʻyicha 64 ta otryad chigit ekish ishlarida toʻla quvvat bilan ish olib bormoqda. 156 ta seyalka agregati kunlik rejada belgilangan gektarlarda samarali ishlatilmoqda.

Bu yilgi mavsumda tumanimizda 362 ta fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi umumiy 15 ming 250 gektar maydonga  chigit ekish rejalashtirilgan. Shundan 9650 gektar maydonga 60 sm kenglikda va 5600 gektar maydonga qoʻshqatorlab chigit ekiladi. Buning uchun 1100 tonna sifatli urugʻlik chigit tayyorlab qoʻyildi. Yerlarni ekishga tayyorlashda qatnashayotgan 149 ta texnikadan samarali foydalanilayotgani tufayli kuniga 1016 gektardan, mavsum boshidan esa 14-aprel holatiga rejadagi 7107 gektar oʻrniga 8143 gektar yer chigit ekish uchun taxt qilib qoʻyilgani  uchun ish surʼati yuqori boʻlmoqda.

Ayni kungacha tumanimiz fermer xoʻjaliklari  dalalariga kuniga 813 gektar maydonga sifatli baraka urugʻi qadalmoqda. Tumanimiz boʻyicha mavsum boshidan beri salkam 6000 gektar  yerga chigit ekildi. Buning uchun kuniga 58,5 tonnadan, mavsum boshidan beri jami 409,9 tonna urugʻlik chigit sarflandi.

Mavsum yumushlari Xitoy ovulidagi “Qahramon Oʻrozimbetov” fermer xoʻjaligi dalalarida uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Mazkur fermer xoʻjaligi dehqonlari bu yilgi mavsumda 67 gektar yerga chigit ekishni  rejalashtirishgan.  Xoʻjalik yerlari 34 nafar ijarachiga boʻlib berilgani tufayli barcha maydonlar oʻz vaqtida qondirib sugʻorildi. Tobiga kelgan dalalar peshma-pesh haydalib, chigit ekish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bunda TTZ-100 rusumli traktor haydovchisi  Zamir Sobirov va seyalka agregati kuzatuvchi ishchisi Oybek Otamurodovlarning mehnati tahsinga loyiq. Chigit ekiladigan  qatorlarning toʻgʻri sifatli boʻlishi, chigitning uyalarga aniq va bexato tushishi traktorchi bilan seyalka agregati ishchisining mahoratiga bogʻliq. Agregatga urugʻlik chigitni yetkazib berishda esa Xurshid Abdullayevning xizmati katta boʻlmoqda. Mazkur fermer xoʻjaligining 18 gektar maydondagi kuzgi bugʻdoyi ham moʻl hosil nishonalarini koʻrsatib, baravj oʻsmoqda.

***

Doʻrman ovulidagi “Maʼmura Maxsad” fermer xoʻjaligi dehqonlari ham chigit ekish ishlarini aniq va puxta reja asosida tashkil etganlari bois, bu boradagi barcha yumushlar risoladagiday olib borilmoqda. Mavsumda 70 gektar maydonga chigit ekishni rejalashtirgan xoʻjalik dehqonlari ayni kunlarning  har bir lahzasidan unumli foydalanmoqdalar. Fermer xoʻjaligi raisi Karimboy Xolmurodov rahbarligida ish olib borgan 25 nafar ijarachi-dehqonlar zimmalaridagi bahorgi agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli bajarganlari bois, ekin-tikin ishlari jadal boshlab yuborildi.

Ayni kunlarda xoʻjalik dalalarida chigit ekish uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Traktorchi Xudoybergan Pajabov, seyalka agregati kuzatuvchi ishchilari Xayrulla Xoʻjamurodov va Shokir Bozorboyevlar kunlik ish unumining yuqori boʻlishini taʼminlashmoqda.

Pobiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019