16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:49
Adabiyot 👁 686

«Sevsangiz, avval shu Vatanni seving!»

«Sevsangiz, avval shu Vatanni seving!»

«Inson biron joyga borishdan oldin, u yerga uning xayoli borib keladi», – deydi Mavlono Rumiy. Shu yurt farzandi sifatida mening ham xayollarim Sirdaryoda! Qalbim Sardobada! Odamlarning iztiroblarida! Faqatgina – sabr qilishlik, oʻzaro hamjihatlik bilangina ertangi goʻzal kunlarga boramiz!

Soʻnggi ikki hafta ichida boʻlib oʻtgan tashvishlar (ofat) jabrini totgan xalqimiz sabrli, irodali, kuch-qudratli ekanligini yana bir bor isbotladi. “Birlashgan oʻzar” degan maqol bor dono xalqimizda. Azal-azaldan bir-birlarining yaxshi-yomon, bor-yoʻq, quvonchu-tashvishli kunida kamarbasta boʻlib, yakdillik bilan hayot kechirib kelayotgan ota-bobolarimizdan oʻtgan azaliy eng buyuk qadriyat desak xato qilmaymiz. Eng buyuk qadriyat! Ha, bu soʻzning zamirida necha-necha maʼnolar jilvalanib, Oʻzbekiston degan ulugʻ diyorni koʻz oʻngimizda zohir qilmoqda.

Hamon esimdaki, oʻshanda oʻn besh yoshar oʻspirin edim. Hali fermerlik harakati anchayin taraqqiy topmagan, kolxoz va sovxozlar oʻz egalariga boʻlib berilayotgan ikkiminginchi yil boshlarida edi. 10 gektar paxta yerimizni kalamush uyasidan sizib kirgan suv dambani oʻpirib, paxta dalamizni suv oldi. Men suvga qoravul edim. Uxlab qolibman, akalarim yetib kelsa, dalaning u boshiga chiqqan. Birinchi chopigʻi qilinib, hali oʻgʻit bilan oziqlantirishga tayyor holatga keltirilgan paxta dalasini suv bosdi! Sarosimaga tushib qolgan akamlar “Endi nima qilamiz, hokim buva yerimizni olib qoʻyadi, suv bosgan paxta paxta boʻladimi?” deganicha kuyingandi. Otam ham hech nima demay, bir chekkaga chiqib, ichidan qanday iztirob oʻtdi, bilmayman! Bilganim biron hafta oilamiz xomush, eng kerakli buyumimizdan ayrilib qolgandek yashadik. Eng zarur zotimizdan ayrilib qolgandek – sukunat choʻkdi boshimizga. Oʻshanda mahallada “falonchini dalasini suv uribdi, endi ulardan yerni olib qoʻyishadi, paxta oʻrniga mollarini topshiradi” degan mish-mishchilarga ham kun tugʻib qoldi. Yuzimga ketma-ket tushgan shapaloq zarbini eslasam – suvning ofati yomon, unday baloning oxirgisi boʻlsin degan ichki bir ezilish oʻtadi qalbimdan!

Oʻsha yili na hokim keldi, na yerimizni olib qoʻydi! Rahmatli Amudaryo tuman hokimi Rajabboy Yoʻldoshev qaytamga otam bilan koʻrishib qolib, “Sizga ishonaman, oʻgʻlingizni paxtasini koʻrsam kayfiyatim koʻtariladi, bizdan nima yordam” deganlari kechagidek esimda. Oʻsha yili suv urgan paxta 40 tsentnerdan berib, rejani ovulimizda birinchilardan boʻlib bajardik. Sabr Allohdan! Otamning Allohdan soʻraganlari ijobat boʻldi. Yaratgan oilamizdan mehrini darigʻ tutmadi, marhamatini ayamadi.

Sardobalik hamyurtlarimiz boshiga tushgan ulkan savdo ham arib, yaxshi kunlari hali oldinda ekanligini, Yaratganning marhamati keng, hech bir bandasini shundoq yolgʻiz tashlab qoʻymasligini takror aytmoqchiman. Bir yomon ishning bir yaxshi fazilati bordir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek: “Bu koʻrgulik ilohim oxirgisi boʻlsin” deya otalarcha gʻamxoʻrligini koʻrib, azmu shijoatli elimiz bir yoqadan bosh chiqardi. Biz azal-azaldan oʻzi yemay, oʻzi kiymay, oʻzi shafoatini boshqalarga ilingan, mehru mahabbatini berib, uning evaziga qalbida mamnuniyat tuygʻusini tuygʻib yashaydigan xalqmiz. Koʻrsatilayotgan insonparvarlik yordamlardan ham bilsa boʻladiki, hech qachon bir-birimizni shundoq oʻz holiga tashlab qoʻyyadigan vatandosh emasligimizni yana bir bor isbotladik.

Bilaman, oila qurib, boshpona tiklash uchun yillar davomida mehnat qilinadi. Lekin buni kim bilibdi deysiz? Hukumat Komissiyasi yetkazilgan zararlarni toʻliq qoplab, “Yangi Sardoba”, “Obod qishloq”, “Obod shahar” qilib berishini har kuni uqtirmoqda. Uy ham quriladi, odamlar oʻz hayot tarziga qaytadi. Har bir uchrashuvlarida qayta-qayta takrorlaydigan Prezidentimizning shiorga aylangan hikmati “Tomoshabin boʻlmaylik, bir-birimizga kamarbasta boʻlaylik” deganida men yana ulkan niyatni his qildim.

Bu yil Vatanimizga ogʻir yil boʻlib keldi. Buni pandemiya, Buxorodagi shamol yetkazgan zarar oqibatlari va Sarbodadagi kutilmagan suv omboridagi ofatning ketma-ket sodir boʻlishi, har bir yurt fuqarosini albatta, tashvishlantirdi. Yaratganning sinovi! Bizning qay darajada irodali, iymonli, eʼtiqodli ekanligimizni yana bir bor sinov qildi. Ana shunday vaziyatda, holatda oʻz uylaridan boshpana berib, eng birlamchi kerakli zaruriy ashyolar bilan yordam qoʻlini choʻzgan hamyurtlarimizga savoblari buyursin!

Ulugʻ ramazon oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasidan yuborilgan insonparvarlik yordami ham sirdaryoliklarning hech boʻlmasa bir kuniga madad boʻlsa, ajabmas!

Biz qalban, ruhan birlashib, shunday sharoitda jipslashib, xalqimizning toʻyu tomoshalariga hamroh boʻlishlik nasib qilsin. Alloh taolo goʻzal Oʻzbekistonimizni yomon koʻzlardan, balo-ofatlardan oʻzi saqlasin!

 Sevimli shoirimiz Muhammad Yusuf qalbidan chiqqan olov misralar ayni shu tobdagi umumiy kayfiyatimizga taskin va malham boʻla oladi:

Kimlardir kaftida gul ushlab yurar,

Kimlardir qoʻlida palaxmon toshi.

Chayqalib turganda dunyo guldirab,

Yurtning poyidadir yigitning boshi.

Sevsangiz, avval shu Vatanni seving,

Soʻng shahlo koʻzu gulbadanni seving!..

 Xursandbek TOʻLIBOYeV, filologiya fanlari boʻyicha falsafa (PhD) doktori, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019