16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:55
Salomatlik 👁 3,363

TIBBIY KOʻRIK - OILA BAXTI

TIBBIY KOʻRIK - OILA BAXTI

Davlatimizda oilaga jamiyatning asosi, muhim boʻgʻini sifatida qaraladi, oila faqat shaxsiy masala emas, ijtimoiy muhim masala ham hisoblanadi. Chunki komil inson har tomonlama farovon, bekam-u koʻst, sogʻlom oilada tarbiya topadi, ulgʻayadi. Sogʻlom avlodni voyaga yetkazish, sogʻlom oilaviy muhitni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor masalasi sifatida qaraladi. Prezidentimiz aytganidek: "Sogʻlom oila vujudga kelishi uchun eng avvalo jamiyat va davlat qaygʻurishi, sogʻlom oila vujudga kelishi uchun zamin yaratib berishi lozim. Sogʻlom oiladangina mustahkam oila vujudga keladi. Oila sogʻlom boʻlsa, jamiyat sogʻlom boʻladi, mamlakat qudratli, yurt esa tinch-osoyishta boʻladi”.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oilaning huquqiy asoslari belgilangan. Bu Qonunga muvofiq oila jamiyatning asosiy boʻgʻini hisoblanadi va oila jamiyat va davlat muhofazasidadir.

Bular Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksida, Fuqarolik va Mehnat kodekslarida, "Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi, "Fuqarolar sogʻligini saqlash toʻgʻrisida”gi, "Xotin-qizlarga qoʻshimcha imtiyozlar toʻgʻrisida”gi qonunlarda belgilab qoʻyilgan. Demak, oilaning muqaddasligi va mustahkam boʻlishi, oilaga hartomonlama gʻamxoʻrlik koʻrsatilishi huquqiy jihatdan kafolatlangan. Yuqoridagi qonunlar orasida 1998-yilda qabul qilingan, bevosita Oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi hujjat - Oila kodeksi hisoblanadi.

Oila kodeksiga yangi meʼyor sifatida tibbiy koʻrikdan oʻtish toʻgʻrisidagi 17-modda kiritildi. Mazkur moddada nikohlanuvchi shaxslar tegishli sogʻlikni saqlash tizimi muassasalarida tibbiy koʻrikdan oʻtadilar.

Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi 365-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom qabul qilingan. Bu Nizom barcha nikohlarga joriy etiladi. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi 365-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra, nikohlanuvchi shaxslar belgilangan tartibda oʻz salomatliklarini tekshirtirib koʻrishlari shart.

Sogʻlom oilani shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, irsiyat bilan bogʻliq va tugʻma kasalliklarga chalingan bolalar tugʻilishining oldini olish nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishning maqsadi hisoblanadi.

Tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga FHDYo organlari tomonidan berilgan yoʻllanma asos hisoblanadi. Tekshiriluvchilarga alohida tibbiyot kartasi yuritiladi, bu kartada pasport maʼlumotlari hamda tekshirish natijalari toʻliq hajmda aks ettiriladi. Agar tekshiriluvchilarda biror kasallik aniqlansa, bu kasallik maʼlumotnomaga yozib qoʻyiladi va bu kasallikni aniqlagan shifokor tuzilayotgan nikohning ehtimol tutilgan tibbiy-ijtimoiy oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirish beradi.

Nikohlanuvchi shaxslar nikoh qayd etilgunga kadar ikkinchi tomonni tibbiy tekshirish natijalaridan xabardor qilishi shart. Tekshirish natijasida darhol davolash kursidan oʻtishni talab etuvchi kasalliklar aniqlangan taqdirda, bu shaxslar belgilangan tartibda tegishli davolash muassasalariga yoʻnaltiriladi.

Hozirgi paytda mutaxassislar 20 yoshdan soʻng nikohga kirishni tavsiya etadilar, chunki 20 yoshdan soʻng yigit-qizlar oila qurishga har tomonlama tayyor boʻladilar, er-xotin majburiyatlarini belgilaydigan huquqiy meʼyorlar mazmunini oʻzlashtirib oladilar. Shu tushunchalar shakllangandan soʻnggina oila mustahkam va barqaror boʻladi.

Kuzatishlar va amaliyot shuni koʻrsatmoqdaki, nikohdan oldingi tibbiy koʻrikdan ongli ravishda oʻtish salomatlikni asrashning aynan oʻzimizga, oilamizga bogʻliq jihatlarini bilish, oilada sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish, naslni poklovchi, davlatimizni kuchli qiluvchi omil sifatida baholanmoqda.

Hakimboy SOBIROV,

tuman koʻp tarmoqli poliklinikasi shifokori.

Barno Yangiboyeva,

tuman koʻp tarmoqli poliklinikasi ginekolog shifokori.

(Foto - http://uz24.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026