16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:37
Iqtisodiyot 👁 407

Amudaryo tumanida 2019-yilda qanday ishlar amalga oshirildi?

Amudaryo tumanida 2019-yilda qanday ishlar amalga oshirildi?

Bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyotda dunyoning rivojlangan mamlakatlari sari ilgarilab bormoqda. Xalqimizning fidokorona mehnati bilan 2019-yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da barcha sohalarda salmoqli natijalarga erishildi.

Tumanimizning asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlari yuqori boʻlib, 2019-yilda qishloq xoʻjalik yalpi mahsuloti 1 trillion 435 mlrd. soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilga nisbatan 103 foizga oshgan. Tumanimiz qishloq xoʻjalik yalpi mahsulotining Qorqalpogʻiston Pespublikasidagi ulushi 17,7 foizni tashkil qiladi. Shuningdek, oʻtgan yilga nisbatan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 102,7 foizga, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish 100 foizga, investitsiya 100,1 foizga, qurilish ishlari 104,7 foizga, chakana savdo 107,3 foizga, xizmat koʻrsatish 106,9 foizga oshdi.

Kichik biznesning sanoatdagi ulushi 44,2 foizni, qishloq va baliq xoʻjaligida 99,8 foizni, investitsiyada 64,9 foizni, qurilish ishlarida 95,6 foizni, chakana savdoda 94,6 foizni, xizmatlarda 94,6 foizni, eksportda 31,8 foizni va importda 99,6 foizni tashkil qildi.

Eksportyor korxonalar tomonidan 7,7 mln. AQSh dollarilik mahsulotlar eksport qilindi, eksport hajmi 2018-yilga nisbatan 116 foizga koʻpaydi.

Davlatimiz tomonidan tadbirkorlik subʼektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha olib borilayotgan  islohotlar natijasida oʻtgan yili 251 ta yoki 2018-yilga nisbatan qariyb 1,6 barobar koʻp yangi tadbirkorlik subʼektlari tashkil etildi.

Tadbirkorlikni keng rivojlantirish va bu soha uchun yangi sharoitlar yaratishga barcha imkoniyatlar safarbar etilmoqda. Jumladan, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida oʻz biznesini boshlayotgan 1410 ta oilalarga 35,3 mlrd. soʻm, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasida 41 ta fuqaroga 4,2 mlrd. soʻm, hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi boʻyicha 74 ta hunarmandga 2,6 mlrd. soʻm, Bandlikka koʻmaklashish dasturi doirasida 29 ta fuqaroga 1,1 mlrd. soʻm, xotin-qizlar va oilalarni qoʻllab-quvvatlash dasturi boʻyicha 18 nafar xotin-qizlarga 800 mln. soʻm va “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasida 33 nafar yoshlarga 9,6 mlrd. soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

2019-yilda mahalliy byudjetga soliqlar va majburiy toʻlovlar 129,4 mlrd. soʻmni tashkil qildi yoki 25,9 mlrd. soʻmga ortigʻi bilan bajarildi. 2018-yilga nisbatan tushum 64,9 mlrd. soʻmga yoki 2 barobarga oshdi. Mahalliy byudjetdagi transfert salmogʻi 56,6 foizni yoki 139,2 mlrd. soʻmni tashkil qildi.

Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari boʻyicha qiymati 74 mlrd. 153 mln.soʻmlik 59 ta loyihalar amalga oshirilib, 266 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.  Shundan sanoat sohasida 45 mlrd. 735 mln. soʻmlik 16 ta loyihalarda 102 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Jumladan, “Yunusjon Trans Servis” MChJ tomonidan qiymati 2,9 mlrd. soʻmlik shagʻal ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi va 14 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Qishloq xoʻjaligi sohasida 7 mlrd. 648 mln. soʻmlik 17 ta loyihalarda 59 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Masalan, “Amudaryo sohili” fermer xoʻjaligi tomonidan 1,1 mlrd. soʻmlik chorvachilik xoʻjaligini kengaytirish maqsadida 66 bosh zotli qoramollar olib kelindi va 4 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Xizmat koʻrsatish sohasida ham yuqori koʻrsatkichlarga erishildi. Sohada qiymati 20 mlrd. 770 mln. soʻmlik 26 ta loyihalarda 105 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. “Amudaryo Farma Tabobat” MChJ tomonidan qiymati 800  mln. soʻmlik zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan xususiy dorixona va sogʻlomlashtirish markazi ishga tushirildi, bu yerda 5 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etilib, hozirda aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash Dasturi  doirasida 1326 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi, shundan 589 nafar ayollar hamda 822 nafar yoshlarning bandligi taʼminlandi.

Joriy yilda tumanni iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019