16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:08
Qishloq xoʻjaligi 👁 384

IPAK QURTI BOQISh HAM ZAVQLI MEHNAT

IPAK QURTI BOQISh HAM ZAVQLI MEHNAT

Pillachilik mashaqqatli va koʻp mehnat talab qiluvchi soha. Biroq uzoq yillar davomida har yili koʻklamni – ipak qurti boqish mavsumini sogʻinib kutadiganlar ham oz emas.

Ha, kun sayin emas, soat sayin ulgʻayib, pillakorlarning mehnatidan qimmatbaho xom ashyoga aylanadigan ipak qurtlarini parvarishlashning oʻzgacha zavqi ham bor. Undan keladigan daromad esa oilalar iqtisodi yuksalishiga munosib hissa boʻlib qoʻshiladi.

Joriy yilgi ipak qurti boqish mavsumida Doʻrman ovul fuqarolar yigʻini raisi, taʼlim faxriysi Otamurod Yusupov yigʻin binosida oʻziga xos bir tajribani qoʻlladi: 11 quti ipak qurti olib, boqish uchun ovuldagi ishsiz fuqarolar Rohatoy Abdullayeva, Manzura Ollamova, Husniya Yoʻldosheva, Begzod Rajabov, Shohista Yoʻldosheva, Umida Ahmedova, Qadamboy Jumatov, Roza Sobirova, Rashid Jumatov, Nilufar Rahimboyeva, Yoqutjon Boltaboyevalarni vaqtincha ish bilan taʼminladi. Hozir ular parvarishlayotgan ipak qurtlari beshinchi yoshining toʻrtinchi kunida, yaxshi rivojlanmoqda.

Ahil jamoa 11 quti ipak qurtidan 600 kilogramm hosil yetishtirishga harakat qilishayapti. Ular uchun barcha sharoitlar yaratilgan, yaʼni barg oʻrib kelish uchun transport ajratilib, ish ham yengillashtirilgan. Ish boshida ishchilarning barchasi tushlik, issiq ovqat bilan taʼminlanib, dam olishlariga ham sharoit yaratilgan.

Ovulning 11 nafar fuqarosi  ham vaqtincha boʻlsa-da, ish bilan taʼminlanganidan, ham foydali mehnat qilayotganidan xursand. Mavsum oxirida ular 1-1,5 mln. soʻmdan oylik olishadi.

Kuyuk koʻpir ovulida yashovchi Pariza Oʻrozboyeva koʻp yillardan beri har yili koʻklamda ipak qurti parvarishlab, rejadagidan ziyod hosil yetishtirib keladi. Bu yilgi  mavsumda u 19 gramm ipak qurtini sifatli parvarish qilmoqda. Bu yil 56 kilogramm aʼlo sifatli pilla yetishtirishni koʻzlayotgan Pariza mavsum boshida 240 000 soʻm boʻnak puli oldi. Topshirgan hosili miqdoriga qarab, hali yana yaxshigina daromad olishni koʻzlamoqda. Chunki qaramogʻidagi ipak qurtlari yaxshi rivojlanayapti.
Kuyuk koʻpir ovuli boʻyicha jami 20 xonadonda 19 quti ipak qurti parvarish qilinmoqda. Reja esa yuksak, har bir quti ipak qurtidan 56 kilogrammdan  qimmatbaho xom ashyo yetishtirilishi lozim.

Ovuldagi ipak qurtlari parvarishlanayotgan xonadonlarni koʻzdan kechirsangiz – bir tekis, sogʻlom rivojlanayotgan ipak qurtlarini koʻrib, koʻngilingizda bu marra ortigʻi bilan ado etilishiga ishonch uygʻonadi.

Bu yilgi mavsumda tumanimiz boʻyicha 3768 quti ipak qurti parvarish qilinayapti. 208 tonna pilla yetishtirish rejalashtirilgan. Ipak  qurtlarini toʻyimli ozuqa bilan taʼminlash uchun har yili tut plantatsiyalari kengaytirilib, yangi tutzorlar barpo etilayapti va yaxshi rivojlanishi uchun agrotexnika qoidalariga muvofiq parvarish qilinayapti.

Pillachilik serdaromad soha. Qishloq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari kabi bu sohada ham ishning sirini puxta biladigan mirishkorlar koʻp. Tarmoqda amalga oshirilgan islohotlar tufayli pillakorlar xalqimiz farovonligi yoʻlida mehnat qilayotgan qishloq xoʻjaligi xodimlari qatoridan munosib oʻrin olishmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda eʼtibor tobora kuchaytirilib, pillakorlarning moddiy manfaatdorligi oshirilmoqda. Bu esa vaqtincha ishsiz fuqarolarning oilasi bagʻrida boʻlib, daromad topishiga imkoniyat yaratmoqda.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019