16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:48
Qishloq xoʻjaligi 👁 414

IShLAB ChIQAPISh KOOPEPATIVIGA YeP MAYDONI AJPATILDI

IShLAB ChIQAPISh KOOPEPATIVIGA YeP MAYDONI AJPATILDI

Qishloq xoʻjaligi – aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi asosiy manbadir. Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi boʻyicha ulkan salohiyatga ega. Bozorlarimiz toʻkin, xalqimiz rizqi moʻl-koʻl boʻlishidan tortib, eksportdan qoʻshimcha daromad topishgacha boʻlgan juda koʻp masalalar shu soha bilan bogʻliq.

Keyingi yillarda qishloq xoʻjaligini isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi. Paxtachilik va gʻallachilik chinakam daromad manbaiga aylandi.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlaridan hisoblangan meva-sabzavot yetishtirishda ish unumdorligini yanada oshirish, mahsulot yetishtirishda ishlab chiqaruvchi korxona, tashkilotlar va ishchi-xodimlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida hududlarda ishlab chiqarish kooperativlari tashkil qilinmoqda.

Shunday ishlab chiqarish kooperativlaridan biri tumanimizda ham tashkil qilindi. Bu borada tuman hokimining joriy yil 6-may sanasida qator qonun hujjatlariga asoslangan holda qabul qilgan “Ishlab chiqarish kooperativiga yer maydonlarini ijaraga ajratib berish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga koʻra, Jumur ovul mahallasi hududi Zarbdor massividagi tuman hokimligi zahira yerlaridan “Bunyod-izzat” ishlab chiqarish kooperativiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga doimiy egalik qilish uchun yer maydonlarini ajratib berish belgilandi.

Shu oʻrinda aytish joizki, ishlab chiqarishni kooperatsiyalash — ishlab chiqarishni tashkil qilish shakli boʻlib, maʼlum bir mahsulotni hamkorlikda tayyorlash uchun korxonalar oʻrtasida maxsus ishlab chiqarish munosabatlari hisoblanadi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti chuqurlashgan sari ishlab chiqarish rivojlanib boradi va u birinchi navbatda, korxonalarning cheklangan turdagi mahsulot, mahsulot qismlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvida koʻrinadi. Bu jarayon korxonalar oʻrtasida raqobat kurashini ham oshiradi.

Tuman hokimining yuqoridagi qarori bilan “Bunyod-Izzat” ishlab chiqarish kooperativiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni yanada takomillashtirish maqsadida Zarbdor massivida umumiy maydoni 16,9 gektar, shundan 16,2 gektar ekin yerlar, 0,7 gektar qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan boshqa yer maydonlari doimiy egalik qilish uchun ajratildi.

Shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari – meva-sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan “Bunyod-Izzat” ishlab chiqarish kooperativi uchun 111,5 mln. subsidiya ajratilib, hududdagi 50 nafar fuqaroning bandligi taʼminlandi. Ayni paytda kooperativda samarali ishlar yoʻlga qoʻyilmoqda.

Kooperativ aʼzolari dastlab ajratilgan yerlarni shudgorlab tekislashdi va ziroat ekish uchun tayyorlashdi. Endilikda ushbu yerlarga suv keltirib, sugʻorishni boshlashmoqda, turli sabzavot ekinlari va koʻchatlarini ekishga tayyorlashmoqda.  Yerlar qondirib sugʻorilganidan keyin bir qismiga dukkakli ekinlar, boshqa qismiga poliz ekinlari, qolgan qismiga esa toʻqson bosti ekinlar ekish rejalashtirishmoqda.

Shu yilning kuzida esa ajratilgan yerlarning 1,5-2 gektar qismiga turli xildagi mevali darxatlar koʻchatlari ekilib, bogʻ barpo qilish ham maqsad qilinmoqda.

Ishlab chiqarish kooperativ qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, sotish bilan birga qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshiradi. Tumanimizda ham ishlab chiqarish kooperativi tashkil qilingani, ajratilgan yerlarga qayta ishlov berilib, ekin maydoniga aylantirilgani va ehtiyojmand oilalar, ishsiz yoshlarga taqsimlab berilgani ularning daromadi oshishini, bozorlar, el dasturxoni toʻkinligini taʼminlaydi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019