16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:55
Qishloq xoʻjaligi 👁 306

PANDEMIYa ShAROITIDA HAM AGRAR SOHA XODIMLARI MOʻL QIShLOQ XOʻJALIK MAHSULOTLARI YeTIShTIRMOQDALAR

PANDEMIYa ShAROITIDA HAM AGRAR SOHA XODIMLARI MOʻL QIShLOQ XOʻJALIK MAHSULOTLARI YeTIShTIRMOQDALAR

Tumanimizda 32570 tomorqa yer egalari, 62 ta dehqon xoʻjaliklari mavjud boʻlib, ularning tomorqa yer maydoni 5217,3 gektarni tashkil qiladi.

Agrar soha xodimlari pandemiya sharoitida karantin rejimi joriy etilgan boʻlsa-da, moʻl hosil yetishtirib, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash, taqchilligining oldini olishda jonbozlik koʻrsatmoqdalar.

Sharoitga koʻra, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanib, yuqori hosil olishni, suv sarfini kamaytirishni asosiy vazifa qilib oldilar.

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligida koʻp yillik boy tajriba va yuksak ilmiy salohiyatga ega mamlakat. Xususan, Amudaryo tumani yillar davomida oziq-ovqat mahsulotlari bilan nainki, oʻzini oʻzi toʻla boqib kelgan, balki qoʻshni tumanlarimizni ham taʼminlab kelmoqda. Tuman agrar sektori ertapishar va kechpishar meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashda katta salohiyatga ega. Keyingi yillarda zamonaviy issiqxonalarda barcha fasllarda ham sabzavotlar yetishtirilib, eksport qilish ham yoʻlga qoʻyildi.

2020-yil yanvar-mart oylarida 4 ta sektor rahbarlari boshchiligida aholi xonadonlariga kirib, erta bahorda kamida 5-10 tadan mevali daraxt koʻchatlari, ertaki sabzavotlar ekish, yerdan samarali foydalanish boʻyicha targʻibot ishlari olib borildi. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning ekin maydonlaridan samarali foydalanishini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda ishchi guruh aʼzolari bilan birgalikda mavjud aholi tomorqalarini xatlovdan oʻtkazish jarayonida dehqon xoʻjaliklari, aholi tomorqalarida ertaki sabzavotlar ekinlari ekilib, yaxshi parvarish qilinayotgani aniqlandi. Dastlabki yetilgan sabzavotlardan karam, piyoz, bodring, kartoshka hosillari bozorlarga chiqarildi.

2020-yilda 3141,9 gektar oʻrtaki, yaʼni takroriy ekinlar ekish rejalashtirilgan. Jumladan, 945,9 gektarga sabzavotlar, 318,3 gektarga kartoshka, 304,5 gektarga poliz ekinlari, 413,5 gektarga ozuqabop ekinlar hamda 1160,2 gektarga boshqa ekinlar ekish va ulardan 41235,8 tonna hosil olinishi rejalashtirilgan edi. Shu kungacha sholidan tashqari, deyarli barcha ekinlar ekib boʻlindi.

Aholi tomorqalarida 1183 ta issiqxonalar mavjud boʻlib, shundan 450 tasi joriy yilda yangidan tashkil etildi.

Aholi xonadonlari va tomorqalaridan samarali foydalanish, 2-3-marta hosil olish toʻgʻrisida tushuntirish-targʻibot ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Natijada 694,3 gektar maydonga ertaki kartoshka ekildi, oʻrtaki (takroriy) mavsumda 318,3 gektar tomorqa yer maydoniga kartoshka ekish rejalashtirilgan, 158 gektar maydonga ertaki sabzi ekildi, oʻrtaki (takroriy) mavsumda 85,1 gektar tomorqa yer maydoniga ekish, 180,5 gektar maydonga ertaki, oʻrtaki (takroriy) mavsumda esa 56,8 gektar tomorqa yer maydoniga karam ekish, 477,3 gektar maydondagi  ertaki poliz ekinlaridan 7 159,5 tonna hosil olish, oʻrtaki (takroriy) mavsumda esa  304,5 gektar tomorqa yer maydoniga poliz ekinlari ekish hamda 4 480,2 tonna hosil, jami 11 600 tonna hosil olish, dukkakli ekinlardan 700 tonna hosil olish rejalashtirilgan. 389 ta fermer xoʻjaliklari 3377 ta xonadonlarning tomorqa yer maydonlarini haydash, mevali daraxtlar, sabzavot urugʻ va koʻchatlarini yetkazib berishda koʻmaklashish boʻyicha biriktirildi. Shuningdek, “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakat doirasida har bir fermer xoʻjaliklari rahbarlari oʻzlari yashab turgan hududdagi kam taʼminlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga saxovat koʻrsatib, homiylik yordamlarini berib kelmoqda.

Bundan tashqari, tuman hokimining joriy yil 27-aprel kungi farmoyishiga asosan 354 ta kam taʼminlangan oilalarga pomidor, bodring, baqlajon koʻchatlari yetkazib berildi.

Shuningdek, tuman hokimi qarori bilan “Meva-sabzavot qishloq xoʻjalik kooperativi” tashkil etilib, umumiy 45,3 gektar yer maydoni Rustam Toʻrayevga ajratib berildi va ishsiz yoshlar kooperativ aʼzoligiga qabul qilinib, aholining ish bilan band boʻlmagan qatlamidan 50 nafar fuqaroning bandligi taʼminlandi.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, pandemiya  oqibatlaridan jahonda iqtisodiy va oziq-ovqat inqirozi tobora chuqurlashayotgan bir davrda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun yetarli darajada chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bu mamlakatimiz aholisi turmush darajasining oshishini taʼminlaydi.

Ilhom POLVONOV,
tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019