16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:44
Qishloq xoʻjaligi 👁 450

BUGʻDOY OʻRIM-YIGʻIMINI SIFATLI OʻTKAZISh BOʻYIChA TAKTIK OʻQUV MAShGʻULOTI OʻTKAZILDI

BUGʻDOY OʻRIM-YIGʻIMINI SIFATLI OʻTKAZISh BOʻYIChA TAKTIK OʻQUV MAShGʻULOTI OʻTKAZILDI

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda boshoqli don ekinlarini parvarishlash, gektarlarda hosildorlikni oshirish, gʻallachilikda zamonaviy, intensiv texnologiyalardan samarali foydalanishga qaratilayotgan eʼtibor tufayli sohada katta yutuqlarga erishilmoqda.

Ayniqsa, bugʻdoy yetishtirish, pishib-yetilgan hosilni nest-nobud qilmay sifatli oʻrib-yigʻib, zahira omborlariga tashib olish, gʻallani sifatli saqlash borasidagi ishlar oʻz vaqtida olib borilayotgani bois, qayta ishlash korxonalari bir maromda ishlashi taʼminlanmoqda.

Aslida sifatli gʻalla yetishtirishga eʼtibor gʻallachilik fermer xoʻjaliklarida ishning qanday tashkil etilishiga bogʻliq. Buning uchun bugʻdoy ekiladigan dalalar tekis, suv tarashda qiyinchilik tugʻdirmaydigan, begona oʻtlardan xoli boʻlishi talab etiladi. Bundan tashqari, kuzgi bugʻdoy sentyabr oyining boshida, yer harorati pasaymasdan burun tobida ekilishi kerak.

Bu borada Xolimbeg ovulidagi “Usta Olloyor” fermer xoʻjaligi raisi Rajabboy Sultonovning tajribasi alohida eʼtiborga loyiq. Xoʻjalik dalalarining 40 gektariga paxta, 10 gektariga kuzgi bugʻdoy ekilgan. 4 gektar yerdagi intensiv bogʻda esa olma va uzum shigʻil mevaga kirgan.

Ayni kunda fermer xoʻjaligi dalalarida bugʻdoy hosili oʻrib-yigʻib olishga taxt qilib qoʻyildi. Har boshogʻi naq bir qarich keladigan bugʻdoy hosili yetilgunga qadar xoʻjalik ishchilari Muzaffar Abdukarimov, Qutlimurod Abdukarimov va traktorchi Hamro Chorshamovlar tinim bilmay mehnat qilishdi. Unib chiqqan bugʻdoy maysalari kuzda va bahorda begona oʻtlardan tozalanib, oziqlantirildi. Vaqtida suv  berildi. Natija esa kutilganidan ziyoda. Fermer xoʻjaligi raisi Rajabboy Sultonov gektaridan kamida 40 tsentnerdan, 160 tonna bugʻdoy olishni rejalashtirgan.

Darvoqe, nafaqat xolimbeglik, balki tumanimizdagi barcha fermer xoʻjaliklari  dalalarida el-yurt rizqi balandligidan dalolat berib, bugʻdoyzorlarda moʻl-koʻl hosil yetishtirildi.

Har galgidek gʻalla oʻrim-yigʻimi oldidan yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmasdan yigʻishtirib olish, zahira omborlariga tashish bilan bogʻliq muhim ishlarni muvaffaqiyatli ado etish maqsadida joriy yilning 2-iyun sanasida Qipchoq ovuli hududidagi fermer xoʻjaliklari dalalarida “Gʻalla hosilini oʻrib-yigʻib olish bilan bogʻliq Davlat vazifalarini bajarishda FVDT tizimlari xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus taktik-oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengash raisi – Fuqaro muhofazasi boshligʻining 2020  yil 13-yanvardagi 1-sonli  buyrugʻiga asosan karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda boshoqli don ekishlarini uyushqoqlik bilan oʻrib-yigʻib olish maqsadida FVDT hududiy quyi tizimlari xizmatlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan mazkur taktik-oʻquv mashgʻulotlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Mahmud Seydullayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boʻlim boshligʻi, podpolkovnik Ulugʻbek Masharipov, Amudaryo tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Fayzulla Saʼdullayev,  Respublika va tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimidan Begzod Nurmatov, Begzod Tajiboyev, Begzod Allaberganovlar ishtirokida boʻlib oʻtgan taktik-oʻquv mashgʻuloti 4 bosqichda olib borildi.

Birinchi bosqichda gʻallani oʻrib-yigʻib olish uchun jalb etiladigan texnikalar va avtotexnik vositalarning texnik holati hamda tayyorligi koʻzdan kechirildi. Bunda 4 ta kombayn, 2 ta gʻalla tashish yuk mashinasi, 1 ta yoqilgʻi-moylash materiallari tashish traktori, 1 ta ishchilarga oziq-ovqat tashish traktori, 7 ta maxsus texnikalar hamda 48 ta shaxsiy tarkib jalb qilindi.

Ikkinchi bosqichda  gʻallani oʻrib-yigʻib olish uchun jalb etiladigan ishchilarga yetarli shart-sharoitlarni yaratish ishlari koʻzdan kechirildi. Bunda ishchi va xizmatchilarning dam olish sharoitlari, madaniy va maishiy xizmatning qanday tashkil etilganligi, zaruriy tovarlar bilan taʼminlanganligi, ichimlik suvi mavjudligi, oziq-ovqat va tibbiyot punktlarining ishlari tashkillashtirilganligi va boshqalar koʻzdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf qilindi.

Uchinchi bosqichda gʻallani qabul qilish shoxobchalaridan gʻallani oʻrib-yigʻib olish maydonlarigacha boʻlgan yoʻnalishlardagi ichki ishlar boʻlimining qoʻshimcha nazorat postlarining ish faoliyati tashkillashtirilib, koʻzdan kechirildi. Bunda gʻalla tashuvchi texnika vositalarini gʻalla qabul qilish shoxobchasigacha ichki ishlar xodimlari tomonidan kuzatib borish, oʻgʻirliklarning oldini olish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Toʻrtinchi bosqichda gʻallani qabul qilish va saqlash boʻyicha tayyorgarlik holati  tekshirildi. Gʻallani qabul qilishda tarozixonalar, don saqlash joylari, yongʻinga qarshi qalqonlar, suv saqlash manbalari koʻzdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar shu joyning oʻzida bartaraf qilindi va ishchilarga yoʻriqnomalar tarqatildi.

Boʻlib oʻtgan taktik oʻquv mashgʻulotlarida tumanimizdagi barcha MTP rahbarlari, gʻallachilik fermer xoʻjaliklari raislari, yetishtirilgan gʻalla hosilini zahira omborlariga tashishda ishtirok etadigan texnika vositalari haydovchilari, yuk ortuvchi ishchilar, shuningdek hududlarga birkitilgan profilaktika inspektorlari ishtirok etdilar.

Taktik oʻquv mashgʻulotlari jarayonida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va ularga mutaxassislar tomonidan batafsil tushuncha va tavsiyalar berildi.

Shu kunning oʻzida tumanda gʻalla oʻrim-yigʻimida ishtirok etadigan asosiy texnika vositalarining tayyorgarlik holatlari masʼullar tomonidan koʻzdan kechirilib, mavjud kamchiliklar bartaraf etildi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019