16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:10
Qishloq xoʻjaligi 👁 395

MASʼULIYaTLI MAVSUM – GʻALLA OʻRIM-YIGʻIMIGA PUXTA HOZIRLIK KOʻRILMOQDA

MASʼULIYaTLI MAVSUM – GʻALLA OʻRIM-YIGʻIMIGA PUXTA HOZIRLIK KOʻRILMOQDA

Tumanimiz fermer xoʻjaliklarida 3350 gektar maydonda 6 navdagi bugʻdoy parvarish qilinmoqda. Joriy yil koʻklami bugʻdoy maysalarining yaxshi rivojlanishi uchun qulay keldi, namlik yetarli darajada boʻldi.

Shu boisdan ham barcha bugʻdoy ekilgan dalalarda hosil barvaqt va boʻliq boʻlib yetildi. Yaqin kunlar ichida agrar soha xodimlari uchun yana bir masʼuliyatli va qiyin-qistovli mavsum – gʻalla oʻrim-yigʻim boshlanadi.

Tumanimizda dehqonlarimizning qalb qoʻri, peshona teri evaziga yetishtirilgan gʻalla hosilini nest-nobud qilmasdan yigʻishtirib olish, qabul  punktlariga tashish va sifatli saqlash uchun puxta hozirlik koʻrildi.  Mavsum ishlarida qatnashadigan oʻrim-yigʻim kombaynlari va qabul punktiga tashuvchi texnikalar boshqaruvchilarining bu boradagi masʼuliyatlari keng tushuntirildi, gʻallazorda, tashish va qabul punktida saqlash davomida yongʻin kelib chiqishiga yoʻl qoʻymaslik choralari bilan tanishtirildi.
Mavsumga “Taxiatosh don” don mahsulotlari aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli “Mangʻitdon” filialida ham qizgʻin hozirlik koʻrildi. Filialga keltirilgan gʻalla hosilidan darvoza oldidayoq namuna olinib, asosan 2 xil mezon – chegaralangan va bazis normalari boʻyicha tekshirilib, taroziga tortiladi va mahsulot sifatiga qarab, maxsus tayyorlangan uchta omborga va uchta maydonchaga toʻkiladi. Har bir ombor va maydonchaga alohida-alohida navdagi va sifat koʻrsatkichli hosil joylashtirilishi uchun hozirlik koʻrildi. Shu kungacha omborxonalar va maydonchalar sifatli taʼmirlanib, qanday sifat koʻrsatkichli va navli bugʻdoy joylashtirilishi belgilab qoʻyildi.

Filialda tashkil qilingan laboratoriya zamonaviy hosil sifatini aniqlaydigan uskuna va jihozlar bilan taʼminlangan. Agarda keltirilgan bugʻdoy belgilangan meʼyordan ziyod iflos yo nam boʻlsa, alohida qabul  qilinadi va topshiruvchi quritib, tozalab beradi.

Joriy yilda filial omborxonalari va gʻalla saqlash maydonchalarida faqat sara urugʻ uchun ajratilgan 838 tonna 6 navdagi hosilni qabul qilish va saqlash rejalashtirilmoqda. Tovar don uchun yetishtirilgan hosil esa Qipchoq paxta qabul qilish punktida vaqtincha tashkil etilayotgan saqlov hududida qabul qilinadi. Buning uchun transportyorlar, tarozilar taʼmirlanib, maxsus tekshiruvdan oʻtkazildi. Vaqtincha mavsumiy ishchilar ishga qabul qilindi. Ularning unumli ishlashlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan boʻlib, tushlikda issiq ovqat berilayapti.

Filialga qabul qilingan gʻallaning sifatli saqlanishi uchun barcha chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Yozning jazirama issigʻi saqlanib turgan ayni kunlar oʻrim-yigʻim mavsumini yanada yaqinlashtirmoqda.

Ha, yaqin kunlar ichida hazrati dehqonlarimizning qalb qoʻri, halol mehnati tufayli dalalarda yetilgan bugʻdoy hosili xirmonlarga toʻkiladi. Neʼmatlar ichra tengsiz, totli nonlarga aylanib, elimiz dasturxonlarini toʻldiradi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019