16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:43
Qishloq xoʻjaligi 👁 389

SUGʻORISh – GʻOʻZA PARVARIShIDA ENG MASʼULIYaTLI JARAYoN

SUGʻORISh – GʻOʻZA PARVARIShIDA ENG MASʼULIYaTLI JARAYoN

Maʼlumki, gʻoʻza parvarishida eng muhim agrotexnik tadbirlardan biri bu birinchi sugʻorish ishlarini meʼyorida, toʻgʻri tashkil etishdir. Chunki birinchi suv bilan qondirib sugʻorilgan gʻoʻza nihollari sogʻlom va durkun rivojlanadi, gul-gʻunchalari bandi mustahkam boʻladi. Gʻoʻzani sugʻorish davrida suvdan tejab-tergab, oqilona foydalanish esa suv yetishmovchiligi bilan bogʻliq muammolarga chek qoʻyadi.
Tumanimizda 2020-yilgi gʻoʻza vegetatsiyasi uchun 480 mln. 800 ming kubometr miqdorida suv sarflanishi rejalashtirilgan. Ayni paytda tuman fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi 15250 gektar gʻoʻza paykallarini sugʻorish ishlarini oʻz vaqtida, sifatli olib borish maqsadida 18 ta sugʻorish otryadlari tashkil etilib, sugʻorish kampaniyasi davrida fermer xoʻjaliklari tomonidan 2118 nafar suvchilar jalb qilinishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, gʻoʻzani sugʻorish ishlarida fermer xoʻjaliklariga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida suv xoʻjaligi tashkilotlaridan 289 nafar, suv isteʼmolchilari uyushmasidan 20 nafar xodimlar biriktirilgan.
Vegetatsiya jarayonida kunlik sugʻorish ishlarining borishi monitoring qilib boriladi. Shu maqsadda tumanda va har bir sektor hududida bittadan, jami 5 ta sugʻorish shtablari tashkil etilib, sharbat usulida sugʻorishga alohida eʼtibor qaratiladi. Shuni inobatga olgan holda gʻoʻzani sharbat usulida  sugʻorish uchun har 5 gektar maydonga bittadan, jami 3050 ta sharbat xandaqlari qazilib, tayyorlab qoʻyilmoqda.
Sugʻorish ishlarini mutaxassislar qatʼiy nazorat ostida kuzatib borishlariga alohida ahamiyat beriladi. Shuning uchun birinchi sugʻorish boʻyicha sugʻorish jadvali ishlab chiqilib, barcha dalalarda sugʻorish ishlarini 16-iyun sanasidan boshlash belgilandi.
Shunisi eʼtiborga molikki, bu yilgi mavsumda paxta ekilgan maydonlarni sifatli sugʻorish ishlarini tashkil etishda suvni tejaydigan texnologiyalardan foydalanishga alohida ahamiyat qaratiladi. Xususan, joriy yilda tumanda 75 gektar maydondagi gʻoʻza paykallarida tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy etilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, 140 gektar maydondagi gʻoʻzalar egiluvchan quvurlar yordamida, 40 gektar gʻoʻzani esa egatlariga plyonka toʻshab sugʻorish texnologiyasini joriy etgan holda sugʻorish rejalashtirilgan.
Albatta, sohaga joriy etilayotgan yangiliklar, innovatsion loyihalarning barchasi dehqonning mehnatini yengillashtirish, daromadini oshirish, buromadini imkoni boricha kamaytirishga erishishdir. Gʻoʻzani sugʻorishdagi tejamkor usullarni qoʻllash iqtisodiy jihatdan katta foyda keltirishini yaxshi anglab yetgan ilgʻor fermer xoʻjaliklarida allaqachon egiluvchan  quvurlardan foydalanishga kirishildi. Joriy yilning 1-iyun sanasida Toʻlqin ovulidagi “Amet Toʻrayev” fermer xoʻjaligida tumanda birinchi boʻlib, aynan ana shunday tejamkor texnologiya – egiluvchan quvurlar orqali gʻoʻza paykallariga birinchi suv tarash ishlari boshlab yuborildi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019