16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:42
Qishloq xoʻjaligi 👁 12,174

Amudaryolik gʻallakorlar Qoraqalpogʻistonda birinchilardan boʻlib shartnomaviy rejalarini ortigʻi bilan bajardi

Amudaryolik gʻallakorlar Qoraqalpogʻistonda birinchilardan boʻlib shartnomaviy rejalarini ortigʻi bilan bajardi

Amudaryolik fermerlar har yilgi anʼanalariga sodiq qolgan holda bu yil ham Qoraqalpogʻistonda birinchilardan boʻlib davlatga gʻalla topshirish boʻyicha shartnomaviy rejalarini ortigʻi bilan bajardilar. Navbatdagi lavhamiz shu xususida.

Amudaryo tumanida 2020-yil hosili uchun 332 ta fermer xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 3350 gektar maydonga gʻalla ekilib, davlatga jami 7303 tonna gʻalla yetkazib berish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalari tuzilgan edi. Shundan 14 ta fermer xoʻjaliklarida 279,3 gektar maydonda urugʻlik gʻalla ekilib, 838 tonna urugʻlik don yetishtirish rejalashtirildi. Dalalarni begona oʻtlardan tozalash, sugʻorish, oziqlantirin, suspenziya qilish va boshqa agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida amalga oshirilgani bois bugʻdoyzorlarda moʻl hosil toʻplandi.

Hosilni qisqa muddatlarda oʻrib-yigʻib olish boʻyicha tuman shtabi hamda 16 ta oʻrim-yigʻim otryadlari tashkil etildi. Oʻrim otryadlariga jami 16 ta don  oʻrish kombayinlar biriktirilib, ushbu  kombaynlar  soz holatga  keltirildi hamda mavsum davomida tinimsiz ishlashini taʼminlash maqsadida  ehtiyot qismlar zahiralari yaratildi.

Mavsum davomida 54 ta  yuk  avtomobillari, 72 ta  transprot traktorlari, 144 ta tirkamalar, 16 ta koʻchma taʼmirlash ustaxonalari, 16 ta  yoqilgʻi  tashish agregatlaridan samarali foydalanildi.

Oʻrim-yigʻim ishlarining uyushqoqlik bilan tashkil qilinishi natijasida amudaryolik gʻallakorlar 20-iyun holatiga jami 7500 tonnaga yaqin gʻalla topshirib, shartnomaviy rejalarini ortigʻi bilan ado qildilar.

Tumanimiz gʻallachilik xoʻjaliklarida moʻl hosil yetishtirilishida sektorlar rahbarlari tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev rahbarligidagi 1-sektor hududiga kiruvchi hududlarda qishloq xoʻjaligi sohasi mutaxassislari tomonidan har bir dalaning xoʻjalik xaritasidagi oʻrni, meliorativ holati puxta oʻrganilib, barcha agrotexnik tadbirlar sifatli olib borildi. Xususan, Qipchoqlik gʻallakorlar 2020-yil hosili uchun 163 gektar yerga kuzgi bugʻdoy ekdilar. Oʻz vaqtida oziqlantirilib, barcha agrotexnik tadbirlar maromida oʻtkazilgan dalalarda hosil moʻl boʻldi. “Jumaniyazov Arzimbat”, “Haytimbetov Sulton”, “Tursunboyeva Umida” “Ismoilov Poʻlatbek”, “Oʻrozboyev Doston” fermer xoʻjaliklarida oʻrim-yigʻim ishlari  tumanda birinchilar qatorida boshlab yuborildi va mazkur xoʻjaliklarning har birida hosildorlik gektar boshiga 60-70 tsentnerga yetkazildi. Jami bugʻdoy ekilgan 163 gektar yerning har gektaridan koʻtarilgan xirmon oʻrtacha 30-32 tsentnerdan toʻgʻri keldi va qipchoqliklar jami 1100 tonnadan ortiq hosil yetishtirib, shuning rejadagi 343 tonna oʻrniga 432 tonnasini qabul maskaniga topshirdi va rejani 125 foizga bajarishdi.

Shuningdek, Xitoy ovuli gʻallakorlari 430 tonna gʻalla topshirib, rejani 124 foizga, Qanglilik gʻallakorlar 512 tonna hosil topshirib, shartnomani 114 foizga, Qilichboyliklar 692 tonna hosil bilan shartnomani 114 foizga, Boʻz yop ovulidagi fermerlar 489 tonna hosil topshirib, rejani 108 foizga, Toʻlqinlik gʻallakorlar esa 554 tonna hosil topshirib, rejani 105 foizga bajardilar. Bundan tashqari, Turkmaniston, Doʻrman ovullarida faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklari ham gʻalladan moʻl hosil yetishtirishga muvaffaq boʻldilar.

Bu yil davlat resurslariga boshoqli don xarid qilish uchun qoʻshimcha qiymat soligʻi bilan birgalikda 1 tonna bugʻdoy uchun 2 mln. 543 ming 180 soʻm narx belgilandi. Bu esa fermer xoʻjaliklarining moddiy manfaatdorligini oshirishga turtki boʻldi.

Ayni kunda Amudaryo tumanidagi barcha fermer xoʻjaliklarining gʻalladan boʻshagan maydonlarini takroriy ekin ekishga tayyorlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Fursatdan foydalanib, amudaryolik gʻallakorlarni mehnat zafari bilan samimiy muborakbod etamiz!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019