16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:32
Siyosat 👁 341

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tumanimizga tashrif buyurdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tumanimizga tashrif buyurdi

Joriy yilning 19-iyun sanasida Amudaryo tumanida aholi turmush darajasi va sifatini yaxshilash, kambagʻallikni qisqartish, aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish borasida sektorlarda amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish maqsadida ishchi guruh tashrif buyurdi.

Ishchi guruh aʼzolari – Oʻzbekistin Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Abdurahim Qurbonov va Sherzod Kulmatov, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qoʻmita raisi Abu-Bakir Ibragimovlar tuman hokimligida sektor hamda sohalar rahbarlari, deputatlar, tuman faollari bilan yigʻilish oʻtkazib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan suhbatlashdilar.

Yigʻilish mobaynida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar qay darajada samarali hal etilayotganini tahlil etish, tadbirkorlik subʼektlari, aholi vakillari bilan bevosita muloqot qilib, ularni oʻylantirayotgan muammolarni joyiga chiqib oʻrganish, amaliy koʻmak berish masalalariga eʼtibor qaratdilar.

Shuningdek, yigʻilish mobaynida hozirgi pandemiya sharoitida tumanda barcha sohalardagi mavjud muammo hamda kamchiliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning fikrlari tinglandi. Xususan, tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori Toʻramurod Boboniyozov hamda tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Zarif Oʻrazimbetovlar bugungi kunda tumanimizdagi epidemiologik holat hamda pandemiya kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan maʼlumot berdilar.

 

Shundan soʻng, mutasaddilar hokimlik binosidagi deputatlar xonasida tuman Kengashi deputatlari bilan shu kunga qadar amalga oshirgan ishlari xususida suhbatlashdilar. Shuningdek, sektorlarda yuritilayotgan kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalar roʻyxati bilan tanishdilar.

Ishchi guruh aʼzolari tumandagi bugungi kunda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyat hamda shart-sharoitlar, imtiyozlardan oqilona foydalanib, oʻzining samarali tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan tadbirkorlik subʼektlari faoliyati bilan ham tanishdilar.

Xususan, yangidan oʻz faoliyatini boshlagan “Behruz Market” supermarketiga tashrif buyurib, savdo doʻkonining holati, ish jarayoni bilan tanishib, tadbirkor bilan yaqindan suhbatlashdilar. Yosh tadbirkor Abror Matyakubovdan tadbirkorlik faoliyatini olib borishda qanday muammo hamda kamchiliklari borligi, qanday yordam kerakligi bilan qiziqdilar.

Shuningdek, tumanimizda 2016-yildan beri oʻz tadbirkorligini davom ettirayotgan Maqsad Sobirov rahbarligidagi “Doʻstlik-Choykoʻl savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyatidagi ish jarayonlarining tashkil etilishi ham mutasaddilarda katta taassurot qoldirdi. Mazkur tashkilot “Artel” maishiy texnikalar ishlab chiqarish zavodining tuman filiali boʻlib, hozirda u yerda 12 nafar ishchi xodimlar xizmat qilishadi. Filialda ish jarayonlari barcha karantin qoidalariga amal qilgan holda tashkil qilingan.

Soʻngra mehmonlar tumanimizdagi ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Amudaryo tex” xorijiy korxonasining faoliyatini oʻrgandilar. Tashrif chogʻida mazkur korxonada barcha ishchi xodimlar toʻliq karantin qoidalariga amal qilgan holda ish olib borayotganining hamda korxona ish faoliyai natijasida koʻplab yoshlarining bandligi taʼminlanayotganining guvohi boʻlishdi. Korxona rahbari bilan suhbat chogʻida oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldilar. Shuningdek, xorijiy korxonaning kelgusidagi faoliyatiga yangi muvaffaqiyatlar tiladilar.

Aytish kerakki, tumanimizda yoshlar bandligini taʼminash borasida ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday yoshlarimizning olib borayotgan ish faoliyati ham ishchi guruh aʼzolari eʼtibori markazida boʻldi. Xususan, oʻzining bandligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengashiga murojaat qilib, tuman hokimligi tasarrufidagi zahira yerlarida oʻz dehqonchiligini boshlagan Begzod Erkayev bilan suhbat chogʻida yosh tadbirkor bu ish orqali nafaqat oʻzi balki butun oila aʼzolarining bandligi taʼminlanganini taʼkidladi.

Pandemiya sharoitida ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni qoʻllab-quvvatlash, ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019