16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:05
Salomatlik 👁 4,792

OILA VA SALOMATLIK

OILA VA SALOMATLIK

Oilada er-xotin oʻrtasidagi munosabatlar oʻzaro ishonch, sadoqat, sabr-toqat asosida oʻrnatilishi reproduktiv salomatlik va sogʻlom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

OILA - reproduktiv salomatlik va sogʻlom turmush tarzini shakllantiruvchi jamiyatning bir boʻlagi boʻlib, milliy urf-odatlarimiz asosida uzoq yillar mobaynida qatʼiy shakllantirilgan va Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi bilan qonunlashtirilgan, oʻzining avlodi, nasli uchun jismoniy, axloqiy-maʼnaviy va huquqiy masʼuliyatni ixtiyoriy-majburiy ravishda oʻz zimmasiga olgan jamiyatimizning muhim boʻlagidir.

Moʻʼtadil ruhiy vaziyat sogʻlom oilani shakllantirish uchun zarur shartlardan biridir. Oila barpo boʻlgan birinchi kunidan boshlab, kundalik turmushi oila aʼzolari sogʻligi mustahkam boʻlishi uchun harakat qilish zarur. Buning uchun:

- oila aʼzolari sogʻlom turmush tarzi xususida tushunchaga ega, bilimdon va malakali boʻlishlariga erishish;

- profilaktik tibbiy koʻrikdan muntazam ravishda oʻtib borishni kundalik koʻnikmalarga kiritishga erishish;

- kun tartibini toʻgʻri tashkil qilish;

- ruhiy xotirjamlikni taʼminlash va saqlash;

- oila rahbari tomonidan muntazam ravishda oila aʼzolarining dam olishlarini taʼminlash;

- zararli odatlarning boʻlmasligi;

- toʻgʻri ovqatlanishning 12 tamoyiliga rioya qilish;

- jismoniy tarbiya va chiniqtiruvchi mashqlarni oila aʼzolari bilan birgalikda muntazam ravishda olib borish;

- oila aʼzolarida ozodalik va orastalik koʻnikmalarini shakllantirib, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish zarur.

Oila aʼzolarining salomatligini taʼminlash, ularning baxtli boʻlishi, avlodlar iqtidori va nasl-nasabi yaxshilanib borishida har bir oilada yuqoridagi ishlarni oʻz vaqtida toʻgʻri tashkil etilgan taqdirdagina amalga oshadi.

Har qaysi millatning oʻziga xos maʼnaviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning oʻrni va taʼsiri beqiyosdir.

Jamiyatning muqaddas maskani hisoblangan oilada millatning unutilmas qadriyatlari - ahillik, totuvlik boʻlishi lozim. Agar bu narsa boʻlmasa, oilaga putur yetib, uning majburiyatlari buziladi.

Oilaning asosiy vazifasi sogʻlom avlodni kamol toptirishdan iboratdir. Har bir millat va jamiyatning eng qimmatli xazinasi-sogʻlom, axloqiy barkamol oiladir. Hozirgi sharoitda oilalarda umuminsoniy va milliy qadriyatlar ildiziga tayangan xolda, sharqona axloqiy va ruhiy asoslar takomillashib bormoqda. Sogʻlom axloqiy muhit muomala madaniyati, axloqiy tamoyil chuqur ildiz otmasa, bunday oilada salbiy oqibatlarning qaror topishi muqarrar. Chunki axloqiy asoslar sogʻlom boʻlmasa, umr daraxti sinadi va hosil bermaydi. Oila mustahkam poydevorga qurilib, unda sharqona va jahon andozasiga monand axloqiy va maʼnaviy qadriyatlar qaror topsa, sogʻlom avlodni voyaga yetkazishda yetakchi oʻrinni egallasa, bunday oila ostonasidan Vatan, millat, inson kamoloti, sogʻlom avlod kelajagi boshlanadi.

O.Halimov,

tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi, tibbiyot fanlari nomzodi.

(Foto - http://uzssgzt.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019