16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:25
Jamiyat 👁 2,664

Gunoh va savob

Gunoh va savob

Dunyoning ishlari shu ekan-da... Gunoh bilan savobning oʻrtasida faqat bittagina koʻprik bor ekanligini men ilgari bilmasdim, toʻgʻrirogʻi, oʻylamasdim. Bu koʻprikning qaysi tarafiga oʻtish insonning oʻziga bogʻliq ekan...

Oʻshanda u yigirma yoshlarda edi. Yigitchaning ismi Kamron. Ota-onasi unga yaxshiroq qiz topib, uylantirish maqsadida koʻpgina joylarga sovchilikka borishgan-u, ammo oʻgʻli paysalga solavergach, toʻy mavzusi vaqtinchalik toʻxtatildi. Kamron odobli, ziyoli, yaxshi yigit, buning ustiga tayinli ishda ishlaydi, maoshi ham oilasiga yetib turibdi.

Kamronlarning qishlogʻida qoʻshnilar ahillikda hayot kechirishadi. Ularning yonginasidagi uyda, bitta chol va kampir yashardi. Ular yetimxonadan bola asrab olishgan. Aslida-ku oʻzlarining bitta qizlari bor boʻlgan. Lekin u qiz oʻn yetti yoshlarida bitta yigit bilan qochib ketgan. Shundan soʻng ota-onasi qizni "oq” qilishgan. U qiz oʻshandan buyon qaytib kelmagan. Gap-soʻzlarga chidolmagan ota-ona Kamronlarning qishlogʻiga kelib yashay boshlashgan. Kamron bu haqda eshitmagandi...

Kunlari goh iliq, goh salqin, goho quyoshli, goho pagʻa bulutlar bir zumda xoʻmrayib sharros yomgʻir quyib beradi. Mana shunaqangi ob-havo Kamronning salomatligiga taʼsir qildi shekilli, bir zumda mazasi qochib qoldi va kasalxonaga yotdi. Qoʻshni palatada bitta oʻrta yoshli ayol va bitta qiz davolanayotgan ekan. Kamron ular bilan tanishib, hol-ahvol soʻrashib boʻlgach, xonaga vrach kirib keldi va haligi qizning tashxis varaqalarini koʻrsatdi va nimalarnidir uzoq gaplashishdi.

Aytishicha, qizda ogʻirroq kasalning alomati bormish. Bir pasdan soʻng vrach chiqib ketdi. Haligi qiz, chuqur hoʻrsindi-yu yum-yum yigʻlay boshladi. U ogʻir dardga chalinibdi.

Komron:

- Singlim, necha yoshdasiz? – deb soʻradi. Qiz, oʻn toʻqqizga kirganini, bundan uch yil burun bitta yigit bilan qochib ketib, keyin u yigitning oilali ekanligini bilgach, ancha qiynalgani-ni, xullas, hamma dardlarini toʻkib soldi. Uning hasratlarini eshitib oʻtirgan Kamronning chin dildan qizga rahmi keldi. Hattoki uni bu kasaldan qutqarish uchun, hamma narsaga tayyor edi. Rahmdilligi oʻziga dushman boʻlishini bilmagandi-da boyaqish. Kamron qizga savol nigohi bilan qaradi va qanday dardligini soʻradi. Latofat bitta dorisi borligini, ammo bu dorining pulini oʻn yil ishlasa ham topolmasligini aytdi.

Oʻsha kundan boshlab, Kamronning yuragiga gʻulgʻula tushdi. Uni sevib qoldimikan, ismi-jismiga monand latofatli ekan. Uni aldagan ablahni topsammi, tinch qoʻymasdim, degan hayollar ogʻushida chuqur oʻyga choʻmardi va keyinchalik bu qarashlari oʻzgara boshladi. Kamron hayotga yuzaki qarayotganini tushunib yetdi. Kamron kasalxonadan chiqishi bilan haligi qizning aytgan dorisini topish payiga tushib qoldi. Hattoki kechalari ham tinim bilmay ishlardi. Kunlardan bir kuni Kamron yiqqan puli doriga yetmasligini bildi va ichidagi shayton uni yoʻldan urdi. Oʻylanib-oʻylanib, qoʻshnisi boʻlgan haligi chol va kampirning bitta-yu bitta sigirini oʻgʻirlashga qaror qildi...

Dorini sotib olgach, Latofatga uni olib borib berdi-yu lekin "buzoqning yugurgani somonxonagacha” boʻldi. Chol va kampir Kamronni qamatmoqchi boʻldi-yu, ammo Latofat ularning "oq” qilgan qizi ekanligini bilgach, uni kechirdi.

Bu qiz nima boʻlsa ham ularning farzandi, Kamron uni tuzatish uchun bu ishni qildi axir. Qiz tuzaldi, ammo ota-ona uni kechirishmadi. Komron esa savob ish qilaman, deb gunohga botdi.

Qissadan hissa shuki: inson savobli, xayrli ishlarni koʻp qilishi kerak ammo bu ishlarni gunoh soʻqmogʻining yaqiniga yoʻlamasdan qilishi kerak. Ota-onaning duosi – har nedan bebaho, muqaddas.

Zero, ota-ona rozi – xudo rozi.

Aziza MADRAHIMOVA,

Mangʻit iqtisodiyot kasb-hunar kolleji oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026